Ўзбекистон республикаси халқ


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106
Bog'liq
Binder1

Vuayerizm 

jinsiy aloqa yoki tanlangan jinsning yalang‘och vakillarini 
yashirincha kuzatishga moyillik, pornografik tasvirlar, filmlar va hokazolar bilan 
haddan ortiq qiziqishdir. Yashirincha kuzatish odatda, to‘satdan qo‘lga tushib 
qolishdan qo‘rqish bilan kechadi, bu esa jinsiy maylni yanada ko‘proq kuchaytiradi 
va yorqin orgazm olishni osonlashtiradi. Vuayerizm yuzaga kelishi variantlaridan 
biri bolalik (ko‘pincha o‘smirlik) davrida to‘satdan jinsiy aloqa ustidan chiqib 
qolgan va agar bu jinsiy to‘lqinlanishga olib kelgan taqdirda kelgusida shartli refleks 
mexanizmi kabi o‘rnashib qolgan bo‘lishi mumkin. 
Deviantlar kiyim almashtirayotganlarni yashirincha kuzatish yoki yalang‘och 
jinsiy a’zolarni ko‘rish uchun plyajlar, hojatxonalar oldida uzoq vaqt kutib turishlari 
mumkin. Ulardan ayrimlari muntazam ravishda ginekologik kabinetlarning oynalari 
tagida paydo bo‘ladilar, kechalari shahar bo‘ylab daydib yurishadi va 
xonadonlarning derazalaridan mo‘ralashadi. Vuayerizm odatda masturbatsiya bilan 
kechadi. 
Fetishizm (fransuzchadan fetiche - sanam, tumor) – jinsiy sherikni ifodalovchi 
turli jonli va jonsiz buyumlarga sig‘inish va jinsiy junbushga kelish bilan 
kechadigan, ularga bo‘lgan jinsiy moyillik. Fetish sifatida kiyim-boshlar 
(dastro‘mollar, ichki kiyim, kiyim, poyafzal) yoki tananing ma’lum qismlari 
(oyoqlar, sochlar, sut bezlari, jinsiy a’zolar va hok.) bo‘lishi mumkin. 
Fetish odatda, aniq bir sevgi obyektini, yoxud “butun o‘rniga bir qism” 
tamoyili bo‘yicha afzalroq obyektlarning jamlanma qiyofasini ifoda etiladi. Bunda u 


126
moyillik obyektiga aylangan holda sevgi obyektining o‘rnini bosadi, deviantning 
shahvoniy fantaziyalarini ishga soladi, maksimal jinsiy junbushga kelishga erishish 
uchun yordam beradi. Bunda jinsiy faollik xuddi fetishning o‘zi bilan bo‘lgani kabi, 
unga ega bo‘lgan, barcha shaxsiy o‘ziga xosligi deviant tomonidan rad etilayotgan 
istalgan odam bilan amalga oshishi mumkin. Uning farqlovchi xususiyatlari fetish 
bilan shaxsiyatsiz moyillik obyekti sifatida sodir etilayotgan harakatlarning to‘liq 
erkinligidan, 
sherigidan 
maksimal 
darajada 
mustaqil 
ekanidan, 
sevgi 
munosabatlarining kommunikativ boshlanishining buzilishidan, unda qanday bo‘lsa 
ham hissiyotli munosabatga umuman imkon yo‘qligidan iborat. Jinsiy qoniqishga 
shunchaki istalgan predmetga ega bo‘lish bilan emas, balki uni hidlash, sezish, 
jinsiy a’zolariga tekkizish, “masturbatsiya” bilan uyg‘un ravishda to‘shakka 
“yotqizish” yo‘li bilan erishiladi. “Ichki kiyimli” fetishizm ko‘pincha qarama-qarshi 
jinsning ichki kiyimini kiyish bilan kechadi, bu esa transvestizmni esga soladi. Farqi 
shundaki, fetishizmda o‘zini qarama-qarshi jins rolida tasdiqlashga intilish mavjud 
emas. Qiyinchiliklarni yengish zarur bo‘lgan fetishga ega bo‘lish jarayonining o‘zi 
lazzatlanishni sezilarli darajada kuchaytiradi, shuning uchun fetishni sotib 
olishmaydi, uni o‘g‘irlashadi. Fetishistlar ajrata oluvchi bo‘ladilar, ularning har 
birida o‘z afzal ko‘rgani bo‘ladi. Ayollar ko‘pincha soqol, mo‘ylov, chandiqlar, 
tatuirovkalar, ovoz tembri, mundirlarga intiladilar. Fetishizmning alohida shakllari 
geteroxromofiliya – sherigining boshqacha rangdagi terisi jinsiy rag‘bat bo‘lib 
xizmat qiladi, pigmalionizm - haykallarga moyillik, retifizm - poyafzalga moyillik, 
ayolning oyog‘idan o‘z qo‘li bilan yechib olingan tufli fetish bo‘lib xizmat qilishi 
mumkin. Ba’zan fetishizmni mazoxizm bilan birlashtirish kuzatiladi, bunda 
hissiyotning alohida o‘tkirligiga erishish uchun fetish bilan azob berishni iltimos 
qilishadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling