Ўзбекистон республикаси халқ


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106
Bog'liq
Binder1

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI 
 OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
BUXORO DAVLAT UNIVЕRSITЕTI 
 
L.YA.OLIMOV, O.R.AVEZOV, E.S.ESHOV 
DEVIANT XULQ-ATVOR 
PSIXOLOGIYASI 
O‘quv qo‘llanma 
Buxoro-2017 


2
Mazkur o‘quv qo‘llanmada psixologiya fani sohasida deviant xulq-atvor 
muammosi va deviant xulqli bolalarni psixodiagnostika qilish usullari hamda 
psixokorreksion, psixoprofilaktik, psixokonsultatsiyon tadbirlar xususida mulohaza 
yuritiladi. O‘quv qo‘llanma maktab, akademik litsey va kasb hunar kollejlari
psixologlari, pedagoglar, magistrantlar va shu sohaga qiziquvchilar uchun 
mo‘ljallangan.
 
 
 
 
Mas’ul muharrir: 
Psixologiya fanlari doktori, professor Sh.R.Barotov 
Xalqaro Psixologiya Fanlari Akademiyasi haqiqiy a’zosi (akademigi)
 
 
Taqrizchilar:
E.M.Muxtorov - psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
E.Z.Xalimov - psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ushbu o‘quv qo‘llanma Buxoro davlat universiteti Ilmiy Kengashida ko‘rib 
chiqilgan va nashrga tavsiya qilingan (Ilmiy 
Kengashning 2017 yil 
___________________dagi -sonli yig‘ilish bayonnomasi). 
 
 


3
KIRISH 
Inson xulq-atvori, psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq masala insoniyatni 
qadim zamonlardan buyon qiziqtirib kelgan. Bu sohada izlanish olib borgan 
ko‘plab olimlar insonning tug‘ilganidan boshlab shakllanishi bilan bog‘liq barcha 
hodisalarni o‘rganishni tadqiq qilish orqali uning o‘ta murakkab jihatlarini kashf 
etgan. Haqiqatdan ham, inson xulq-atvorining jamiyatda belgilangan hayotiy 
normal mezonlardan og‘ishi, buzilishi bilan bog‘liq muammoni psixologiya fani 
o‘rganadi.
Dеviantlik, og‘ishgan xulq psixologlar, shifokorlar, pеdagoglar, huquq 
tartibot organlari xodimlari, sotsiologlar, faylasuflarda qiziqish uyg‘otib kеlgan. 
Og‘ishgan 
xulq mavzusi sohalararo va munozarali xaraktеrga ega. 
Yondashuvlarning turli-tumanligi shaxs xulqini og‘ishganligini tashhis qilish, uni 
profilaktikalash va ijtimoiy psixologik yordam ko‘rsatish davomida bartaraf etish 
kabi amaliy vazifalarni yеchishda ham ko‘zga tashlanadi.
Deviant xulq-atvor psixologiyasi fanining asosiy maqsadi talabalarda shaxs 
og‘ishgan xulqi muammolarining zamonaviy holati haqida ilmiy asoslangan, yaxlit 
tasavvurning shakllanishida yordamlashishda ko‘rinadi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma Deviant xulq-atvor psixologiyasi fani dasturiga 
asoslangan holda yaratilgan bo‘lib, talabalar uchun zarur materiallar izchil ravishda, 
muayyan tartibda joylashtirilgandir. Nazariy va amaliy materiallar nisbati maqsadga 
muvofiq taqsimlangan bo‘lib, nazariya bilan amaliyot birligi prinsipiga to‘la rioya 
qilingan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling