Ўзбекистон республикаси халқ


Norma inson xulqi va munosabatlarini boshqaruvchi sifatida


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106
Bog'liq
Binder1

2.2. Norma inson xulqi va munosabatlarini boshqaruvchi sifatida.
Shaxs va ijtimoiy normalar 
Jamiyat hayotidagi sodir bo‘layotgan turli o‘zgarishlar, barcha (iqtisodiy, 
ijtimoiy, siyosiy, diniy) tizimlarga nafaqat ijobiy balki, sezilarli darajadagi ijtimoiy-
salbiy ta’sir qilmoqda. Bugungi kunda dunyo miqyosida kuzatlayotgan iqtisodiy 
inqiroz, ijtimoiy 
anomiya, turmush darajasidagi tafovutlar bu deviant 
muammolardir. Salbiy omillar natijasida jamiyat a’zolari o‘zlarini ojiz va 
xo‘rlangan, ijtimoiy loqayd, jismoniy va ma’naviy zararlangan hisoblashadi. 
Devaint xulq-atvor tip bu ko‘pincha yoshlar hisoblanadi. Yoshlar o‘rtasida og‘ish 
holatlariga esa ota-onalarning o‘z bolalariga e’tiborsizligi, nazoratsiz va qarovsiz 
bolalarning ko‘payishi sabab bo‘ladi. Yuqoridagi salbiy omillar ta’sirida 
yoshlarimizda giyohvandlik, ichkilikbozlik, fohishabozlik, jinoyatchilik kabi illatlar 
tobora avj olib bormoqda. Yoshlarimiz orasida bunday holatlarning kuzatilish 
jamiyati taraqqiyoti, mamlakat mustaqilligi oilalar forovonligiga jiddiy xavf deyish 
mumkin. Deviant xulq-atvorning bir qancha salbiy jihatlarini eslash lozim (tibbiyot 
nuqtai nazaridan siptomlarning “xastalanishi”, huquqiy jihatdan “huquqbuzarlik”). 
Mavjud ijtimoiy normalar jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida o‘zining aniq, 
murakkab xususiyatiga ega bo‘lib, inson faoliyati davomida ijtimoiy guruh, ijtimoiy 
tashkilotlarda turli uzilishlar orqali shakllanib boradi. Tabiyki, ijtimoiy normalar 
biologik normalardan farqlanib, ijtimoiy guruh yoki tizimning individ xulqiga 
ijtimoiy ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishiga nisbatan reaksiyasi tushuniladi. 
Ijtimoiy norma jamiyat hayotini boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 
shaxsning ijobiy xatti-harakati uchun rag‘batlantirish yoki yomon salbiy xatti-
harakati uchun jazo belgilash bilan ijtimoiy nazorat vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 
Ijtimoiy norma jamiyat boshqaruvining boshqa normalaridan farqlanib, aniq holatlar 
va yagona tizimga keltirlishi bilan, aniq ijtimoiy qadriyatlarning boshqarish vositasi, 
aniq ijtimoiy normalarda aks etish shakliga ko‘ra tashqi (misol uchun, huquqiy 
norma huquqiy aktlarda, jamoatchilik fikri xulqida, an’analarda, odatlarda, diniy – 
muqaddas manbalarda nasihatlarda, estetik ijodiy prinsiplarda, jamiyat me’yorlarida 
davlat tashkilotlarida va muassasalarida qonunlar, nizom) bilan farqlanadi. Ijtimoiy 
norma ko‘pincha ijtimoiy munosabatlarda aks etib (ishlab chiqarish, huquqiy, 
boshqaruv, ma’naviy, ideologik), shaxs shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir qiladi. 
Ijtimoiy normalarni o‘zlashtirish natijasida kundalik turmush talablari jamiyat orqali 
ochib beriladi (sinf, guruh, jamoa). Shaxs xulqi u yoki bu guruh, sinf, ijtimoiy 
institut bilan aloqalari natijasida shakllanadi. Har bir ijtimoiy norma imkoniyat 
beradi, ta’qiqlaydi, talab qiladi yoki xohish-istaklarni ifodalaydi. Shaxs hayoti 
davomiligini ijtimoiy me’yorlar asosida shakllantirib, ijtimoiy muhitga moslasha 
boradi. 
Jamiyatda insonlar faoliyati xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy 
me’yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me’yor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi 
bo‘lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhitga 


35
moslashtiruvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy me’yorning xulqiy, ahloqiy, diniy 
hamda urf-odatlariga oid turlari mavjud. Ijtimoiy me’yorning afzalligi shundaki, 
yoshligidanoq muayyan moslashtirib borilgan shaxslar ko‘pchilik tomonidan qabul 
qilingan tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi. 
Jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmasdan, balki unga to‘siq bo‘luvchi me’yordan 
og‘ish holatlari ham mavjud bo‘lib, psixologiyada bu narsa “deviantlik holatlari”, 
undan tug‘iluvchi xulq-atvorni “deviant xulq-atvor” deb nomlanadi. Deviant xulq-
atvor jamiyatda o‘rnatilgan ahloq me’yorlarga mos kelmaydigan insoniy faoliyat 
yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘rilik, 
ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi 
holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi. Deviant xulq-atvor deganda 
quyidagilar nazarda tutiladi: 
A) Jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va me’yorlarga nisbatan 
ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi 
hisoblanadi.
B) Ichkilikbozlik. 1) Alkogolni har zamonda iste’mol qilish. 2) Alkogolni ko‘p 
istemol qilish. 3) Alkogolizm, spirtli ichimliklarga patologik o‘rganib qolish bilan 
tavsiflanuvchi kasallik.
C) Giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga doimiy ruju 
qo‘yish va tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste’mol qilish.
D) Fohishabozlik. U ikki turga bo‘linadi. 1-komkubinat – nikohsiz birga yashash. 2-
fohishabozlik – pul uchun o‘z tanasini sotish. G‘arb mamlakatlarida asosan 
ikkinchisi qoralansa-da, sharqda ikkala holatga ham me’yordan og‘ish sifatida 
qoralanadi. Ulardan tashqari, xalqimizni mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, 
boqimandalik kabi salbiy holatlar ham me’yordan chekinishning diqqat talab 
qiladigan ko‘rinishlaridan hisoblanadi. Deviant xulq-atvor bir shaxsning salbiy xulq-
atvordan iborat faoliyatini, shuningdek, muayyan guruhni og‘ma xulq-atvorlarini 
ham ifodalovchi tushunchadir. 
Ma’lumki, ijtimoiy me’yorlik va ulardan chekinishlar haqidagi qarashlar 
insonning ijtimoiylashuv jarayoni bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Qadimgi 
xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, xususan Misr, Hindiston va Xitoy diniy 
qonun-qoidalaridagi ahloqiy me’yorlar bu sohadagi dastlabki qarashlar edi. O‘rta 
asrlarda ahloq me’yorlari diniy qarashlar ta’siri ostida rivojlandi va ulardan 
chekinish diniy nuqtai nazardan baholangan. Yevropada xristian dini barcha sohada 
hukmronlik qilgan bo‘lsa, sharq dunyosida ahloqiy-huquqiy me’yorlar va ular 
haqidagi ta’limotlar rivojlandi. XVIII asr mutafakkirlari ijtimoiy me’yoriy va undan 
chekinish muammosini yanada chuqurroq tahlil qildilar. Monteske, Russo, 
Bekkorio, Gelvesey, Didro, Golbax, Morelli va Furelar o‘z ilmiy izlanishlaridan 
ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlarini topishga 
intildilar. XIX-asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy fanlar 
taraqqiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, sotsiologiyada ijtimoiy 
me’yordan og‘ish holatlarini tushunturuvchi dastlabki ta’limot E.Dyurkgeymning 
“anomiya” g‘oyasi edi. Dyurkgeym fanga o‘zi kiritgan “anomiya” atamasi orqali 
qonunchilikni, qonunlarning tan olinmasligi va ularga amal qilnimaslikni tushunadi. 


36
Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda R.Merton ishlab chiqqan 
ta’limot sotsiologiyada yetakchi o‘rin tutadi. Dyurkgeymning “anomiya” g‘oyasini 
rivojlantirib, R.Merton deviant xulq-atvoriga quyidagicha ta’rif beradi: “Deviant 
xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari 
bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud imkoniyatlarni bir-biriga mos 
kelmay qolishi natijasidir”.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling