Ўзбекистон республикаси халқ


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106
Bog'liq
Binder1

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


33
2-BOB. IJTIMOIY NORMALAR 
 
2.1. Ijtimoiy norma jamiyatdagi tarixiy shakllangan 
xulq-atvor me’yori sifatida 
Bugungi kunda deviant xulq-atvor muammosi sotsiologiya, psixologiya, 
tibbiyot fani sohalarning tadqiqot ob’ektiga aylangan. Deviant xulq-atvor asosan 
ijtimoiy muhitda shakllanadi, ijtimoiy muhit normalari asosida tartibga solinadi. 
Muammoni o‘rganishda e’tibor bersak, asos me’yor (ijtimoiy me’yor) termini 
o‘zagini tashkil etadi. Me’yor xulq-atvorni tartibga soladi va ijtimoiy nazoratni 
amalga oshiradi. Bunda faqatgina fikr emas, iroda ham ifodalanadi. Irodaning 
individual ifodalanishidan farq qilib, me’yor tipik ijtimoiy aloqalarni ifodalaydi. 
Me’yor g‘oyalar, ideallar kabi baholab, yo‘naltirib qolmaydi, balki, buyruq, 
farmoyish ham beradi. Uning xarakterli xususiyati qat’iylik va keskinlik 
hisoblanadi. Ijtimoiy me’yor boshqa qadriyatlar kabi shaxs va umumiylikni 
baholash funksiyasini bajaradi. Ijtimoiy me’yor jamiyat boshqaruvining ajralmas 
qismi bo‘lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhitga 
moslashtiruvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy me’yorning bir necha turlari mavjud 
bo‘lib, huquqiy, axloqiy, diniy hamda urf-odatlarga oid me’yorlar shular 
jumlasidandir. Ijtimoiy me’yorning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan 
me’yorga moslashtirib borilgan shaxslar umumjamiyat tomonidan qabul qilingan 
tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi. Jamiyat 
taraqqiy etib borgan sari o‘rnatilgan me’yorlar ham eskirib boradi va yangi 
me’yorlar o‘rnatiladi. Yangi me’yorlarni o‘rnatish jarayoni jamiyatda o‘rnatilgan 
mavjud me’yorlar doirasini kengaytirish va o‘zlashtirishdan iboratdir. Jamiyat 
a’zolarni mazkur ijtimoiy me’yorlarga amal qilib yashashlarini nazorat qilib 
boruvchi institutlar ijtimoiy nazorat institutlari deyiladi. Ushbu institutlarga oila, 
maktab, mahalla, huquqni muhofaza qilish organlari va hokozolar kiradi. Insonlar 
bolalarga ijtimoiy me’yorlarni o‘rgatib borish bilan birga, xulq-atvor me’yoriy 
talablarning to‘g‘ri bajarilishni nazorat etishadi va bu bilan ijtimoiy nazorat vakili 
vazifasini bajaradi. Nazoratni yakka shaxs amalga oshirsa, bu individual tavsifga 
ega bo‘ladi, agar butun bir jamoa, oila, do‘stlar, maktab, mahalla (qo‘ni-qo‘shnilar) 
tomonidan amalga oshirilsa, ijtimoiy tavsif ega bo‘ladi hamda u ijtimoiy nazorat 
deyiladi. Ijtimoiy nazorat vakillari insonlar xulq-atvorini boshqarishning eng muhim 
vositasi bo‘lib, deviant xulq-atvorning oldini olishda ham ushbu jamoalarning o‘rni 
katta bo‘ladi. Inson tarbiyasidagi eng birinchi muhim nazorat instituti bu – oiladir. 
Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishda sog‘lom oila muhitining 
o‘rni kattadir. Afsuski, oramizda shunday insonlar ham borki, ular jamiyat 
taraqqiyotiga xizmat qilmasdan, balki unga to‘siq bo‘luvchi me’yordan og‘ish 
holatlarini yuzaga keltiradi. Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga 
chiqish holatlari psixologiyada “deviantlik holati” undan tug‘uluvchi xulq-atvorni 
“deviant xulq-atvor” deb nomlanadi. Deviant xulq-atvor - jamiyatda o‘rnatilgan 
axloq me’yolariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy 
hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘irlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, 


34
fohishabozik, o‘z joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-
atvor xususiyatlari hisoblanadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling