Ўзбекистон республикаси халқ


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106
Bog'liq
Binder1

Fatalizm holatidagi o‘z-o‘zini o‘ldirish sabablari anomiya holati sabablarining 
aksidir. Bu formadagi o‘z-o‘zini o‘ldirish individ ustidan kuchli nazoratning
ortiqcha tartibotining mavjudligi, individ uchun chidab bo‘lmas holatning 
mavjudligi bilan bog‘liq. Individning barcha harakati, istagi ma’lum doira atrofida 
qat’iy belgilanadi. 
Dyurkgeymning ta’kidlashicha, o‘z-o‘zini o‘ldirish sotsial intizom, tartibot 
asosida individ tomonidan amalga oshirilgan ongli va maqsadli hodisa hisoblanadi.
Normal sotsial sub’ekt, normal sotsial xulq-atvor normal sotsial holatdan kelib 
chiqadi. Jamoa kuch va nazorat individni o‘z-o‘zini o‘ldirishga olib boradi. 
Individning psixologik motivlari ham sotsial muhitdan kelib chiqadi. 
Dyurkgeym o‘z-o‘zini o‘ldirishga olib keladigan omillardan qutilish uchun 
ko‘ngilsiz hodisaning oldini olish va inqiroz holatdan chiqish uchun ahamiyatning 
axloqiy tartibini mustahkamlashga qaratilgan ishlab chiqarish korporatsiyalarini 
ko‘rsatib bergan. 
O‘z-o‘zini o‘ldirish holatlari keskin ko‘payadi. Dyurkgeym fikricha, 
anomiyaga xos belgilar:
 mamlakatdagi axloqiy inqiroz;
 normativ xulq, tartibot buzilishining kuchayishi;
 insonlarda hissiyot va tajovuzkorlikni yaqqol namoyon bo‘lishi;
 shaxsiy muvozanat buzilishining kuchayishi;
 shaxsning oila, jamoa va jamiyatga bo‘lgan tobeligini tobora 
kuchsizlanishi, shaxsning ulardan chiqishga intilishi;
 boshqaruv, tartib intizomning haddan tashqari kuchsizlanib borishi;
 ularning o‘z funksiyalarini bajara olmay qolishi yoki ularni ishlamay 
qolishi;
Bunday holat eng xavfli illat bo‘lib, u individual jamiyatdan ajratadi, 
jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, sotsial, ma’naviy tomonlardan begonalashtiradi. 
Ayniqsa, shaxsning mehnatdan, hokimiyatdan, jamoadan begonalashuvi kuchayadi. 
Jamiyat axloqi buziladi, qonun-qoida, tartib-intizom, farmoyishlari o‘z ta’sirini 
yo‘qotadi. Omma kuchga intiladi, ommaviy tartibsizlik, janjallar, guruhbozlik, 
sotsial tartibsizlik mamlakat bo‘ylab keng yoyila boshlaydi.
Dyurkgeym mehnat taqsimotidagi “nonormal” shakllarni qanday qilib bartaraf 
etish mumkin, degan masalasni qo‘ydi va shu masala bilan shug‘ullandi. Uning 
fikricha, bu masalani hal etish uchun:
 konfliktni tinch yo‘l bilan kapitalizm doirasida hal qilish;
 kurash va raqobatlarning amal qilish usullari, hajmi va ta’sirini pasaytirish; 


72
 qoidalar to‘plami ishlab chiqish;
 adolat va tenglik joriy etilishi kerak.
Sotsial og‘ish sabablarini individ uning motivi va g‘oyasidan izlamasdan, 
sotsial muhitning har xil holatidan, bunga ishonish, oila siyosiy faoliyat, turmush, 
professional guruh va boshqalardan izlash kerak, chunki ana shu sabablarga ko‘ra, 
o‘z-o‘zini o‘ldirish sodir bo‘ladi, ko‘p va ozligi ham belgilovchi faktlar rolini 
o‘ynaydi.
Bundan tashqari u jamiyatning progressiv yo‘nalishi bo‘yicha rivojlanishi 
uchun imkoniyat beruvchi vosita hisoblanadi.
Dyurkgeym fikricha, yashash uchun kurashning boshqa bir nechta shakllari ham 
mavjud. Ularga: 
A) aholi migratsiyasi;
B) kuchsizlar va ojizlarni zo‘rlik asosida jismoniy yo‘qotish;
C) fuqarolar (fuqarolik, rangli inqiloblar, siyosiy va ma’naviy inqirozlar 
nazarda tutilgan) urushini uyushtirish;
D) jinoyatchilik va boshqa salbiy harakatlarni kuchaytirish.
Lekin bu ishlarni amalga oshirish uchun individlarni qadriyatli yo‘nalishini 
o‘zgartirish talab etiladi. Chunki bu harakatning oqibati umumiy qadriyat tizimi 
bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham yagona yo‘l professional va mutaxassislar 
funksiyalargina jamiyat qadriyatlarni oqlaydi, mustahkamlaydi va unga nisbatan 
ijobiy intilishlarni kuchaytiradi.
Dyukrgeym anomiya holatidan qanday qutilish mumkin degan savolga javob 
berishga harakat qiladi va bu kasallikdan tinchlik yo‘li bilan qutilish mumkin, 
buning uchun shaxsni ezmaslik, uni mashina holatiga olib bormaslik kerak degan 
xulosaga keldi. 
Jamiyat gullab yashnashi uchun har bir shaxs ravnaq topish kerak. Jamiyat 
differensiallashuvi va zarar, uning asosida sotsial imtiyozlar emas, balki shaxsning 
individial qobiliyati yotishi kerak. Shundagina tenglik, odillik va erkinlik kabi 
asoslarda eng ilg‘or jamiyat barpo etilishi mumkin. Hozirgi kapitalistik jamiyatni 
takomillashtirib, shu uch asosiga qurmoq kerak deb yozdi. 
“O‘z-o‘zini o‘ldirish” asarida esa anomiya, bu - axloq inqirozi, chunki bu 
davrda individual ehtiyojlarni, hissiyotlarni boshqaradigan tizim buziladi. Shaxs 
muvozanati chayqaladi. Shaxs qaysi guruhga mansubligini his qilish qobiliyatini 
yo‘qotadi. Intizom va birdamlik buziladi. Natijada xulq, fe’l-atvor chetga og‘ish 
hollari ro‘y beradi, irq va etnoslar o‘rtasida ommaviy tartibsizlik harakati kelib 
chikadi. Eng harakatlisi - jamiyat va shaxs o‘rtasida ajralish, axloqiy bo‘shlik 
vujudga keladi. Chunki norma va qadriyatlar o‘z vazifasini bajara olmay qoladi. 
Yangilari esa hali mukammal ishlab chiqilmagan, mavjudlari ham o‘z ta’sirini 
jamiyatga, ommaga, individga o‘tkaza olmay turgan davr hisoblanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling