Ўзбекистон республикаси халқ
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Binder1
Vuayerizm
– jinsiy aloqa yoki tanlangan jinsning yalang‘och vakillarini yashirincha kuzatishga moyillik, pornografik tasvirlar, filmlar va hokazolar bilan haddan ortiq qiziqishdir. Yashirincha kuzatish odatda, to‘satdan qo‘lga tushib qolishdan qo‘rqish bilan kechadi, bu esa jinsiy maylni yanada ko‘proq kuchaytiradi va yorqin orgazm olishni osonlashtiradi. Vuayerizm yuzaga kelishi variantlaridan biri bolalik (ko‘pincha o‘smirlik) davrida to‘satdan jinsiy aloqa ustidan chiqib qolgan va agar bu jinsiy to‘lqinlanishga olib kelgan taqdirda kelgusida shartli refleks mexanizmi kabi o‘rnashib qolgan bo‘lishi mumkin. Deviantlar kiyim almashtirayotganlarni yashirincha kuzatish yoki yalang‘och jinsiy a’zolarni ko‘rish uchun plyajlar, hojatxonalar oldida uzoq vaqt kutib turishlari mumkin. Ulardan ayrimlari muntazam ravishda ginekologik kabinetlarning oynalari tagida paydo bo‘ladilar, kechalari shahar bo‘ylab daydib yurishadi va xonadonlarning derazalaridan mo‘ralashadi. Vuayerizm odatda masturbatsiya bilan kechadi. Fetishizm (fransuzchadan fetiche - sanam, tumor) – jinsiy sherikni ifodalovchi turli jonli va jonsiz buyumlarga sig‘inish va jinsiy junbushga kelish bilan kechadigan, ularga bo‘lgan jinsiy moyillik. Fetish sifatida kiyim-boshlar (dastro‘mollar, ichki kiyim, kiyim, poyafzal) yoki tananing ma’lum qismlari (oyoqlar, sochlar, sut bezlari, jinsiy a’zolar va hok.) bo‘lishi mumkin. Fetish odatda, aniq bir sevgi obyektini, yoxud “butun o‘rniga bir qism” tamoyili bo‘yicha afzalroq obyektlarning jamlanma qiyofasini ifoda etiladi. Bunda u 126 moyillik obyektiga aylangan holda sevgi obyektining o‘rnini bosadi, deviantning shahvoniy fantaziyalarini ishga soladi, maksimal jinsiy junbushga kelishga erishish uchun yordam beradi. Bunda jinsiy faollik xuddi fetishning o‘zi bilan bo‘lgani kabi, unga ega bo‘lgan, barcha shaxsiy o‘ziga xosligi deviant tomonidan rad etilayotgan istalgan odam bilan amalga oshishi mumkin. Uning farqlovchi xususiyatlari fetish bilan shaxsiyatsiz moyillik obyekti sifatida sodir etilayotgan harakatlarning to‘liq erkinligidan, sherigidan maksimal darajada mustaqil ekanidan, sevgi munosabatlarining kommunikativ boshlanishining buzilishidan, unda qanday bo‘lsa ham hissiyotli munosabatga umuman imkon yo‘qligidan iborat. Jinsiy qoniqishga shunchaki istalgan predmetga ega bo‘lish bilan emas, balki uni hidlash, sezish, jinsiy a’zolariga tekkizish, “masturbatsiya” bilan uyg‘un ravishda to‘shakka “yotqizish” yo‘li bilan erishiladi. “Ichki kiyimli” fetishizm ko‘pincha qarama-qarshi jinsning ichki kiyimini kiyish bilan kechadi, bu esa transvestizmni esga soladi. Farqi shundaki, fetishizmda o‘zini qarama-qarshi jins rolida tasdiqlashga intilish mavjud emas. Qiyinchiliklarni yengish zarur bo‘lgan fetishga ega bo‘lish jarayonining o‘zi lazzatlanishni sezilarli darajada kuchaytiradi, shuning uchun fetishni sotib olishmaydi, uni o‘g‘irlashadi. Fetishistlar ajrata oluvchi bo‘ladilar, ularning har birida o‘z afzal ko‘rgani bo‘ladi. Ayollar ko‘pincha soqol, mo‘ylov, chandiqlar, tatuirovkalar, ovoz tembri, mundirlarga intiladilar. Fetishizmning alohida shakllari geteroxromofiliya – sherigining boshqacha rangdagi terisi jinsiy rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi, pigmalionizm - haykallarga moyillik, retifizm - poyafzalga moyillik, ayolning oyog‘idan o‘z qo‘li bilan yechib olingan tufli fetish bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ba’zan fetishizmni mazoxizm bilan birlashtirish kuzatiladi, bunda hissiyotning alohida o‘tkirligiga erishish uchun fetish bilan azob berishni iltimos qilishadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling