Ўзбекистон республикаси халқ
Huquqqa qarshi motivatsiya
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Binder1
7.3. Huquqqa qarshi motivatsiya Yuqorida ko‘rib chiqilgan tashqi va ichki sharoitlar delinkvent xulq-atvor shakllanishiga ko‘maklashadi. Delinkvent xulq-atvorning o‘rnatilishida shaxsning jamiyatga qarshi yo‘naltirilganligi asosiy rol o‘ynaydi. Bu yerda, huquqqa qarshi xulq-atvorning asosiy sababi bo‘lmish - maxsus motivatsiya haqida fikr yuritiladi. V.N.Kudryavsev shaxsning jamiyatga qarshi yo‘naltirilishi haqida fikr yuritadi. Boshqa mualliflar o‘xshash atamalarni qo‘llaydilar: shaxsning kriminogen o‘zgarishi, jamiyatga qarshi ko‘rsatma, ijtimoiy qarshi yo‘naltirish, huquqbuzar motivatsiyasi. Ushbu atamalar ustivorlik qiladigan va mustahkam shaxs motivlari 139 tizimini belgilab beradi – ichki xohishlar, ehtiyojlar, ko‘rsatmalar, qadriyatlar, qiziqishlar va e’tiqodlar. Huquqqa qarshi motivatsiyaning turli manbaalari, shakllari va ifodalanish darajalari bo‘lishi mumkin. V.V.Luneyev huquqbuzar harakatlarning quyidagi yetakchi motivatsiyalarini ko‘rib chiqishni taklif etadi: g‘araz-ochko‘zlik, zo‘ravonlik–egoistik, anarxistik-individuallik, yengil xayol – mas’uliyatsizlik, qo‘rqoqlik-irodasizlik. A.I.Dolgova o‘smirlar misolida, shaxsda zo‘ravonlik va g‘arazlik turlarini ajratadi. Zo‘ravonlik turida o‘z mavqeini aniqlab olishga intilish, o‘zini kuchli, adolatli, ko‘ngilchan, doim yordamga tayyorligini namoyon qilish o‘rinlidir. Biroq, bunday shaxslarda adolat haqida tasavvurlar noto‘g‘ri, ularning ma’naviyati, haqiqatdan olganda – jinoyatchi ma’naviyati. Ularga xos xususiyatlar – guruh egoizmi, noan’anaviy guruhga qattiq bog‘lanib qolgani, vahshiylik, kuch yakkaligi, o‘z xulq-atvorining haq ekanligiga ishonchi. G‘arazli turi uchun guruhdagi emas, ko‘proq individual egoizm xosdir. Uning vakillarida qadriyat yo‘naltirishlari zaifroq, ular o‘z xulq-atvorining huquqbuzar ekanligini to‘la to‘kis anglaydilar. Bunday o‘smirlarning farqlari mahfiylik, ma’naviyatsizlik, g‘arazli ko‘rsatmalar mavjudligi, yuqori darajada ijtimoiy qarovsizlik. Amaliyotda keltirilgan turlarning qo‘shma turlari bilan ko‘proq to‘qnash kelishimiz mumkin. Huquqqa qarshi motivatsiya, aniq bir shaxs ustivor sabablarining mustahkam tizimi sifatida, uning huquqiy ongi bilan bevosita bog‘liq. Huquqiy ong quyidagilarni taxmin qiladi: 1) qonunlarni bilish va ularni tushunish; 2) qoidalarni shaxsga ahamiyatli sifatida qabul qilish, ularning foydali va adolatli ekanligiga ishonch; 3) qonun va qoidalarga muvofiq, harakat qilishga tayyorgarligi, odati va mahorati. Shubhasiz, me’yoridagi ijtimoiy rivojlanish madaniy me’yorlarni (shu bilan birga huquqiy) individual qadriyatlarga aylantirish jarayonini tahmin qiladi. Shaxsiyat mazmunlari tizimi orqali singdirilgan huquqiy me’yorlar, iroda boshqarishi bilan qo‘shilganda, qonunga bo‘ysinish kabi shaxs xususiyatini paydo bo‘lishini ta’minlaydi. Shunday qilib, qoidalarni bajarish yoki buzish turlicha bo‘lishi mumkin. Huquqbuzar harakatlarga undaydigan alohida sabablar: darhol rohatlanishga intilish, o‘zini namoyon qilishga intilish, qulayliklarga yoki yuqori ijtimoiy mavqega intilish, oppozitsion xulq-atvor (ta’qiqlarni buzishga ichki intilish), xulq-atvor stereotiplari (kriminal muhitda orttirgan tajribasi), agressiya va sadistik moyilliklar, ijtimoiy stereotiplarga va an’analariga amal qilish, guruhga tegishliligini his etish ehtiyoji va uning ma’qullashiga sazovor bo‘lish, zerikish, tavakkalchilikka va o‘tkir hissiyotlarga intilish, frustratsiya, majburiy himoyaga zaruriyat, altruizm (yuqori maqsad yoki boshqa insonlar uchun huquqbuzarlikni sodir etish). Shubhasiz, delinkvent xulq-atvor bilan to‘qnashganimizda, biz eng avvalo, uning ortida turgan sabablarni o‘rganishimiz zarurdir. 140 Ongsiz motivatsiyasini ochib beruvchi, psixoanalitik tadqiqotlarda, delinkventlik – ichki nizolar va primitiv himoyalar mahsuli sifatida o‘rganiladi. Jamiyatga qarshi xulq-atvor holatida esa, delinkventlikning quyidagi ongsiz sabablari ishtirok etishi mumkin: - tezkor qoniqishni talab qiladigan xohishlar; - behuda jahlning kechinmalari, namoyish talab qiluvchi tushkunlik-agressiyasi; - qasos talab qiluvchi, xafagarchilik; - adolatni tiklashga undaydigan, hasad; - ishonchsizlik va masofa saqlashga intilish; - cheksiz qudratlilik va buyuklik xayollari. A.Ayxorn ko‘rsatganidek, shaxs dinamikasi nuqtai nazaridan delinkventlikning ikkita asosiy turi mavjud: – chegaradagi (me’yoridagi) nevrotik holat, jamiyatga qarshi belgilari bilan, qachonki shaxs ichki nizo holatida bo‘lsa va uning qaysidir qismi, aybdorlik hissini keltirib, delinkvent xulq-atvorni ta’qiqlasa. Aybdorlik hissi ustivorligida delinkvent o‘zini g‘ayrioddiy tutadi, masalan, o‘g‘irlangan shapkani kiyib yuradi yoki undan foyda ko‘rmaydi. U ochiqchasiga o‘g‘riligi fosh etilishini kutadi va odatda qo‘lga tushadi. Uyqusida u bostiriqadi. Jazolanishidan so‘ng u yengil tortadi. Bir qator vaziyatlarda aybdorlik hissi jinoyatchilarda jinoyatni sodir etishdan oldin paydo bo‘ladi. Bu yerda delinkventlik individning Super Ego bosimidan yengil tortish xohishi tufayli paydo bo‘ladi; – nevroz belgilarisiz jamiyatga qarshi xulq-atvor. Ushbu vaziyatda nizo “tashqariga chiqarilgan” bo‘ladi – bu libido xohishlarining erta frustratsiyasi sababli atrofidagilari bilan ochiq nizo. Ammo, jazolashda ongsiz ehtiyoj va rohatlanish prinsipining ustivorlik bosqichida o‘rnatilishi, ikkala vaziyatda ham namoyon etilgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling