Ўзбекистон республикаси халқ


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106
Bog'liq
Binder1

Gerontofiliya – keksaygan shaxslarga jinsiy moyillik. Gerontofiliya negizida 
bolaning katta yoshdagi odamga idealga, butga taqlid qilish namunasi sifatidagi 
munosabati yotadi. E’tiborning yetishmasligi, ota-onalari bilan aloqalarning 
buzilishi, kattalar tomonidan g‘amxo‘rlik yo‘qligi tufayli bolalar ko‘pincha mustaqil 
ravishda buning o‘rnini to‘ldirishga urinadilar. Ayrim hollarda ular maktabgacha 
ta’lim muassasalari tarbiyachilariga mehr bilan munosabatda bo‘ladilar, ularning 
bag‘riga yopishadilar, ularga muloyim so‘zlarni aytadilar. Maktab yillaridagi ilk 
muhabbat, ayniqsa qizlarda, ko‘pincha o‘qituvchi, artist va hokazoga qaratilgan 
bo‘ladi. Gerontofiliyaning rivojlanishiga o‘zidan katta do‘st topishga, holbuki jinsiy 
sherik emas, balki unga g‘amxo‘rlik bilan homiylik qiluvchi kishini topishga intilish 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu ba’zan infantil shaxslarda, birinchi navbatda jinsiy 
moyilligi zaif bo‘lgan qizlarda ayniqsa aniq ko‘rinadi. 
Gerontofiliya kattalar tomonidan bolalar va o‘smirlarni yo‘ldan urish va o‘ziga 
og‘dirish natijasida shakllanishi mumkin. U yoki bu sababga ko‘ra katta yoshdagi 
odamlar bilan bog‘liq ilk jinsiy tashvishlar mustahkamlanishi va kelgusida jinsiy 
mayl yo‘nalishini belgilashi mumkin. Katta yoshdagi erkaklarga moyillik ba’zan 
yosh ayollarda o‘xshash sherikni izlash jarayonida paydo bo‘ladi, bu esa 
tengdoshlari bilan jinsiy aloqadagi omadsizliklar bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Gerontofillar yoshi o‘zlaridan ancha katta bo‘lgan odamlar orasidan tanlashadi. 
Gerontofillar tengdoshlari bilan jinsiy aloqalarda jinsiy qoniqishni his etmaydilar


129
yoki u uncha jo‘shqin bo‘lmaydi. Erkaklarda ko‘pincha o‘z yoshidagi ayol bilan 
yaqinlik qilishga urinishlar jinsiy moyillik bilan kechmaydi va ereksiyalar 
yetishmasligi oqibatida omadsizlik bilan tugaydi, ayollarda esa to‘lqinlanish va 
orgazm sodir bo‘lmaydi. Agar gerontofiliya sadistcha odatlar asosida yuzaga kelsa, 
unda jinsiy faollik keksa odamlarning nomusiga tegish, azoblash va tahqirlash bilan 
bog‘liq bo‘ladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling