Ўзбекистон республикаси халқ


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106
Bog'liq
Binder1

Zoofiliya – hayvonlarga bo‘lgan jinsiy moyillik va ular bilan aloqadan jinsiy 
lazzat olish. Zoofiliya ko‘proq chorvachilik zonalarida uchraydi. Garchi zoofiliya 
barqaror mustahkamlanishi va to‘g‘ri jinsiy hayotning o‘rnini to‘liq bosishi mumkin 
bo‘lsada, ko‘proq bunga aqli cheklangan shaxslar duchor bo‘ladi. Odatda kishida 
hayvonga turg‘un jinsiy moyillik yuzaga kelmaydi va to‘g‘ri jinsiy qoniqish olish 
imkoniyati paydo bo‘lganda aloqa to‘xtaydi. 
Erkaklarga jinsiy lazzat olish obyekti sifatida uy hayvonlari: echkilar, qo‘ylar, 
urg‘ochi eshaklar, otlar, sigirlar, cho‘chqalar xizmat qiladi, lekin kazuistika sifatida 
uy parrandalari (tovuqlar, g‘ozlar) va mayda jonivorlar (quyonlar, mushuklar va 
hokazo) bilan jinsiy aloqa qilish holatlari ham uchrab turadi, bu esa odatda sadizm 
alomatlari bilan kechadi. Aksariyat hollarda erkaklarning hayvonlar bilan muloqoti 
jinsiy aloqa ko‘rinishida o‘tadi. Ayollar orasida zoofiliya ancha kam tarqalgan 
bo‘lib, ko‘pincha itlar va mushuklar bilan kunnilingus sifatida o‘tadi. 
Nekrofiliya – murdalarga jinsiy moyillik va ular bilan shahvoniy harakatlar 
sodir qilish. Ikkala jins bolalaridagi orgazm ko‘pincha qo‘rquv va xavotir affekti 
bilan birlashadi, shuning uchun jinsiy qoniqish uchun bola ba’zan qo‘rqinchli 
hikoyalar o‘qish yoki xayoliga shunga xos tasavvurlarni keltirish yo‘li bilan o‘zini 
xavotir holatiga olib keladi. Bu holatning yuzaga kelishida nafaqat bolalarni 
qabristonlar, murdalar va o‘liklar bilan qo‘rqitish, balki aksariyat bolalarning 


127
rivojlanishning mazkur bosqichida bu hikoyalarni o‘zlashtirish, “qo‘rquvni his qilish 
tashvishlariga bo‘lgan ehtiyoj”ga intilishi ma'lum ahamiyatga egadir. Ko‘pincha 
nekrofiliya ruhiy kasallar, birinchi navbatda, aqli zaiflik yoki psixopatik doira bilan 
kasallangan bemorlarda uchraydi. Bundan tashqari, nekrofiliyaning shakllanishida 
murdani xor qilish va tahqirlashda namoyon bo‘ladigan sadizm yoki murda bilan 
aloqa qilishdagi jirkanish va fosh bo‘lishdan qo‘rqish bilan bog‘liq mazoxizm 
ma’lum rol o‘ynaydi. 
Murda bilan jinsiy aloqa qilish uchun obyekt izlash ma’lum qiyinchiliklarni 
namoyon qiladi. Nekrofillar murdalarni poylab yuradilar, o‘lik bor uylarga kirib 
olishga urinadilar, ular o‘likxonalarga ishga joylashadilar. Favqulodda kam hollarda 
nekrofillar lazzat olish obyektini izlab qotillikka qo‘l uradilar, shundan so‘ng 
qurbonning murdasi bilan jinsiy aloqa qiladilar. Bunday hollarda qotillik sadistcha 
odatlarni qondirish bilan bog‘liq bo‘lmaydi, balki oldiga qo‘yilgan maqsadga 
erishish vositasi sifatida xizmat qiladi. 
 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling