Ўзбекистон республикаси халқ
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Binder1
Eksgibitsionizm (lotincha exhibitio - chiqarib qo‘yish, taqdim qilish) – jinsiy
yaqinlik vaziyatidan tashqarida u yoki boshqa jins vakillari oldida jinsiy a’zolarini yalang‘ochlashga moyillik. Eksgibitsionizm ko‘pincha erkaklarda uchraydi, biroq aytish mumkinki, professional ravishda striptiz bilan shug‘ullanuvchi yoki ko‘kragi 125 va bo‘ksalarini ochib yurishni yoqtiradigan ayollar eksgibitsionistik moyillikka egadirlar. Eksgibitsionistlar ko‘pincha sevgiga bo‘lgan ehtiyojlari qonmagan va o‘zida qoniqish topishga layoqatsiz bo‘lgan “vital-toraygan” tabiatli bo‘ladilar. Ular uchun eksgibitsiyalashtirish muloqot izlash yoki o‘zini namoyon etishning autistik shakli bo‘lib xizmat qiladi. Eksgibitsionistning tipik taktikasi hech nimadan shubha qilmayotgan ayol yoki bolani poylash va kutilmaganda o‘z jinsiy olatini namoyish qilishdan iborat. Ba’zi deviantlar ruhiy orgazm holatidan lazzat oladilar, boshqalari esa bu holatda masturbatsiya qiladilar. Bunda ayollardagi qo‘rquv muhim ahamiyatga ega bo‘ladi va eksgibitsionistlar to‘satdan butalar orqasidan, deraza o‘rnidan, uy yo‘lagida paydo bo‘lishga intiladilar. Ayrim eksgibitsionistlar kechqurunlari, plash yoki palto kiyib olib, jinsiy a'zolarini yalang‘ochlab, shahar transporti, elektropoyezdlarning ovloq bekatlari soyasida yashirinib turishadi, so‘ngra, to‘satdan fonarlar yorug‘ida paydo bo‘lib, kiyimlarini ochib tashlaydilar. Ba’zan eksgibitsionizm holatlari jamoat transportida kechki vaqtlarda kuzatiladi. Faqat bitta ayolga ko‘rinadigan joyni tanlab, deviant xulqli shaxs unga yalang‘och jinsiy a’zolarini namoyish qiladi. Bunday axloqiy buzuqlikning bezorilik sifatida jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini bilgan holda, eksgibitsionistlar tegishli choralarni ko‘rib qo‘yadilar. Ehtimol, aynan jazolanmasligi tufayli yalang‘och bo‘lish ko‘pincha bolalar oldida sodir etiladi. Eksgibitsionizmning sadizm bilan birlashishida deviantni birinchi navbatda ayoldagi qo‘rquv va uyat hissi o‘ziga rom etadi, mazoxizm bilan ulanib ketganda esa, aksincha, unda jazo oldidagi shaxsiy uyat va qo‘rquv hissi ustun keladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling