Ўзбекистон республикаси халқ
Deviant xulqli o‘smirlarning o‘zaro muloqotidagi qarama-qarshiliklar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Binder1
8.5. Deviant xulqli o‘smirlarning o‘zaro muloqotidagi qarama-qarshiliklar
va kelishmovchiliklar Avvalo shuni aytish lozimki, yosh yigit-qizning o‘smirlik davri bizning sharoitimizda asosan oilada, mahalla, maktab, turli xil ta’lim-tarbiya muassasalari, sport, ko‘ngilochar joylardagi jamoalarda kechadi. Agar tarbiya uchun mas’ul bo‘lgan mana shu zanjirning biror bo‘g‘ini zaif bo‘lib, o‘smir bu yerda o‘ziga nisbatan e’tibor, izzat, g‘amxo‘rlik va mehribonlik, unga nisbatan bo‘layotgan nazoratni sezmasa, u boshqa narsalarni o‘ylay boshlaydi. O‘zining dunyoqarashi, intilishi, borliqni o‘zida idrok etishi nuqtai nazardan kelib chiqqan holda kattalarga taqlid qilishga urinadi, ichishni, chekishni, o‘zgalardan zo‘rroq bo‘lishni xohlab qoladi. Niyatini amalga oshirish uchun chora izlaydi, o‘zgalar ta’siriga beriladi. Ijobiy muhitga tushmagan, e’tibordan chetga qolgan bolani yomonlar tez fursatda o‘zlarining davrasiga qo‘shib oladilar. Natijada u salbiy illatlarning qurboniga aylanishi, jamiyat uchun xavfli insonlar safiga qo‘shilishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, keyingi paytda huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar orasidagi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tartibbuzarlikning o‘sish tendensiyasi kuzatilgan: To‘liq oilalardagi huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar tartibbuzarligining o‘sishi; Har xil ta’lim muassasalari (maktab, kollej, institut va b.) o‘quvchi-yoshlari orasidagi tartibbuzarlikning o‘sishi; Huquqbuzarlikning katta (16-17 yosh) o‘spirinlar orasida o‘sishi; Qizlar orasida huquqbuzarlikning o‘sishi; 149 Narkobiznes bilan bog‘liq huquqbuzarlikning o‘sishi (yoshlardan narkokurer sifatida foydalaniladi) va boshqalar. Bu borada olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni keng jamoatchilikni jalb qilgan holda jonlantirish zarur va buning uchun: 1. Targ‘ibot-tashviqot ishlarini nafaqat huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti- harakatli voyaga yetmagan yoshlar orasida, balki jamiyatning barcha a’zolari orasida olib borish. 2. Xotin-qizlar orasida bu ishga ko‘proq e’tibor berish va bu ishga butun jamoatchilikni jalb qilish lozim bo‘ladi. Olib borilayotgan profilaktika ishlari (targ‘ibot-tashviqot hamda tushuntirish ishlari) qachonki ushbu soha mutaxassis-olimlarining tadqiqotlariga, tajriba-sinovda olingan natijalarga suyanilsa, kutilgan natijani berishi mumkin. Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash jarayonida quyidagi pedagogik jihatlarga e’tiborni kuchaytirish lozim: 1. Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash maqsad va vazifalarining aniq belgilab olinganligi; 2. Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlarning yosh xususiyatlari, individual o‘ziga xosliklari hamda imkoniyatlarining e’tiborga olinganligi va ulardan maksimal foylalanish; 3. Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash jarayonining tizimlashtirilganligi; 4. Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash jarayonida ilg‘or va yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsion metodikalardan foydalanish; 5. Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash jarayonida ular bilan do‘stona munosabatda bo‘lish, yoqimli muhit, qulay sharoit, emotsional-psixologik vaziyatning ta’minlanishini e’tiborda tutish lozimligi; 6. Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash jarayonida namuna va misollar ko‘rsatish, turli axborot-ko‘rgazmali, shu jumladan, kompyuterli vositalardan foydalanish o‘zining ijobiy natijasini berishini ko‘zda tutish lozim. Mutaxassislar huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar tartibbuzarligining sabablarini o‘rganib, quyidagi xulosaga kelishgan: 1.Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar tartibbuzarligining asosiy sabablaridan biri jamiyatda yangi shakllanayotgan qadriyatlar me’yorlariga ularning moslasha olmasligi, unga nisbatan javob reaksiyasi sifatida qaralmoqda; 2. Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar tartibbuzarligining asosiy sabablaridan yana biri – ushbu jamiyatning (o‘zining) stabillashmaganligida ko‘rinadi. Jamiyat o‘zgarishi bilan uning barcha tizimlari o‘zgaradi va o‘zaro moslashadi (o‘tish davri muammolari); 150 3. Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar tartibbuzarligining yana bir sababi – o‘zgarayotgan (rivojlanayotgan) jamiyatdagi har qanday o‘zgarishga yaxshilik ustidan yomonlikning g‘alabasi sifatida qarash (ilgari hamma narsa yaxshi- yu, hozir yomon tarzida), bu o‘zgarishlarga kimdir aybdor sifatida qarashning vujudga kelishi; 4. Huquqbuzarlikka moyil hamda deviant xatti-harakatli voyaga yetmagan yoshlar tartibbuzarligining yana asosiy sababi-sababchisi jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikning mavjudligidir; 5. O‘zaro muloqot qiyinchiligi tashxisi. O‘smirlarning o‘qituvchilari, ota-onalari, sinfdoshlari bilan bo‘lgan qarama-qarshiliklarini yakka tartibdagi tahliliy suhbatlar davomida namoyon qilish mumkin. Muloqotdagi qiyinchiliklar o‘smirning muomala uchun yopiq fe’li bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun suhbat boshidanoq o‘smirning muloqot uchun qay darajada ochiqligini aniqlash kerak. Suhbat uchun ochiqlik belgilari: muloqotga tez kirishuvchan, kelishuvchan, vaziyatdan tez chiqib ketish mahorati; psixologlikda bu sifatlar quyidagicha talqin qilinadi: muloqotga tez kirishuvchanlik yoki kirishimlilik - bunday insonning shaxsiy sifati shundan iboratki, boshqa insonlar bilan oson muomalaga kirishish, boshqalarning tasavvurida kerakli inson bo‘lishga intilishdir. Kelishuvchanlik bu shaxsning shunday sifatiki, u quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi: istalgan odam yoki auditoriya bilan tez chiqishib keta olish; boshqa insonning fikriga ta’sir o‘tkaza olish; istalgan savolga dalillar bilan javob berish; muammolardan yomon oqibatsiz chiqib keta olish. Tez chiqishib keta olish mahorati – ongli ravishda boshqariluvsiz bo‘ladigan vositalardan foydalana olish imkonini beradi. Bunday xususiyatlar boshqa odamlar bilan muomalaga kirishishda zarur bo‘ladi. Kommunikatsiya lotincha “kommuniko” so‘zidan olingan bo‘lib, bog‘layman, umumiy ish qilaman, degan ma’noni anglatadi. Kommunikatsiya – o‘zaro nutq orqali ma’lumotlarni almashishdan iborat. Kommunikativ mahorat – kommunikativ bilim, tajribadan kelib chiqib, odamlarning o‘zaro muloqot, muomala vositasi. Kommunikativ mahoratni turmush jarayonida, maxsus treninglar, psixologlik kurslarida o‘zlashtirish, takomillashtirish mumkin. Bu mahorat orqali inson o‘ziga tanish va nota-nish holatlarda, favqulotda holatlarda muomala qilib, ma’lum xulq ko‘rinishini namoyon qiladi. Psixolog o‘smirlarning kirishimlilik sifatlarni aniqlash uchun quyidagi savollardan foydalaniladi. U o‘z ota-onasi, o‘qituvchilari, sinfdoshlari bilan muloqot qilishga qiynaladimi? Qiynalsa nima sababdan? O‘zini kirishimli inson deb hisoblaydimi? Atrofdagilar uni kirishimli deb hisoblaydilarmi? U osonlikcha istagan inson bilan muloqotga kirisha oladimi? Sinfda uyga berilgan vazifaga javob berishga tortinadimi? O‘z fikrlarini tushunarli bayon qila oladimi, uning bayonini o‘qituvchilari, ota-onasi, do‘stlari qabul qiladimi? Uning uchun ko‘chada do‘stlari bilan muloqot qilishi yoki biron ish bilan 151 mashg‘ul bo‘lish muhimroqmi? Qarama-qarshi jins vakili bilan do‘stlashganmi? Mobil telefoni bormi? Yuqoridagi savollarga javob olib, o‘smirning kommunikativ xususiyatlari, kamchiliklari haqida aniq xulosa qilish mumkin. Suhbat davomida quyidagi holatlarga ahamiyat berish lozim: Savollarga u qaysi holatda reaksiya bildiradi? Nutq tezligi qay darajada? O‘z fikrini to‘g‘ri va aniq izhor qila oladimi? Nutqida atrofdagilarning kulgusiga sabab bo‘luvchi kamchiliklari, defektlari yo‘qmi? Deviant xulqli o‘smirlarga xos bo‘lgan qo‘l, barmoqlar harakatlaridan qay darajada nutqi davomida foydalanadi? Ko‘cha tilidan, jargon so‘zlardan foydalanadimi? Psixolog bilan bo‘lgan suhbatga o‘smirning munosabati qanday - jiddiy, manfaatdor, befarq, shubhali, qo‘rquv bilan. Yuqoridagi xususiyatlar o‘smirning suhbat davomidagi javoblarini to‘ldirishga xizmat qiladi. Tahliliy tashxis qo‘yuvchi suhbatdan so‘ng o‘smirning kommunikativ darajasini aniqlovchi V.Ryaxovskiy uslubida tuzilgan testlarni o‘tkazish tavsiya etiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling