Zbekiston respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi
Download 234.03 Kb. Pdf ko'rish
|
tqtXXX
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘tkazilgan sana
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUQUQNI MUHOFAZA QILISH AKADEMIYASI 3-kurs talabalari uchun Modul nomi: Tergovga qadar tekshiruv Ish turi: Oraliq nazorat O‘tkazilgan sana: 01.05. 2023-yil Sizning javobingiz quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi: 1. Muammoli masalaning mohiyati to‘g‘ri tushunilganligi va javobning to‘liqligi hamda masala mazmuniga mos kelishi 0 1 2 3 4 5 2. Mustaqil fikrlar, nazariy qoidalar, olimlarning ilmiy qarashlari bayon etilganligi 0 1 2 3 4 5 3. Huquqni qo‘llash amaliyotidagi misollar asosida ijodiy bayon qilinganligi, normativ-huquqiy hujjatlar normalaridan foydalanilganligi 0 1 2 3 4 5 4. Normativ-huquqiy hujjatlarning to‘g‘ri qo‘llanilganligi va sharhlanganligi, shuningdek matnda grammatik, orfografik va stilistik xatolarning mavjud emasligi 0 1 2 3 4 5 Oraliq nazorat bo‘yicha qo‘shimcha taqriz: Umumiy ball Tekshiruvchi imzosi:___________ _______________________ _________ Talabaning F.I.O. Kurs Modul nomi: _________________________________________________________________ 2 Kazus 3 Toshkent viloyati Oxangaron tumani Qurama mahallasida yashovchi fuqaro D.Fozilovning oʻz uyida pichoqlab oʻldirib ketilgan. Ushbu vaqtda fuqaro D.Fozilovning oʻzi uyda yolgʻiz boʻlgan, uning oilasi, ya’ni xotini hamda farzandlari Toshkent shahrida boʻlgan. Hodisa sodir boʻlgan joyga yetib kelgan tergov-tezkor guruhi tomonidan mazkur hodisa boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida 3 nafar shaxslar ushlangan va barmoq izlari olingan? Olingan barmoq izlari kim tomonidan qanday dasturlar asosida tekshiriladi? 3 Taʼkidlash joizki, hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, bozor munosabatlariga oʻtish hamda xalqaro huquqning teng huquqli aʼzosi sifatida jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallash yoʻlida jadal islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvarda “2022 — 2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida’’gi PF 60- son farmoni tasdiqlandi. Unda mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish davlat dasturi belgilandi. Jumladan, sud va boshqa organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash ushbu davlat dasturining maqsadlaridan bir hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida soʻnggi yillarda jamiyat hayotining barcha jabhalarida, jumladan sud-huquq sohasida ham bir qator muhim oʻzgarishlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev jinoyat protsessida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida, jumladan shunday deydi: “...huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan shaxsning oila aʼzolari bu haqda darhol xabardor qilinishi kerakligi, buni surishtiruvchi, tergovchi va boshqa vakolatli shaxsning majburiyati sifatida qonunda aniq belgilab qoʻyish taklif etildi. Bundan tashqari, shaxsni ushlab turish va uning huquqini cheklaydigan boshqa protsessual majburlov choralarini qoʻllash holatlarini hisobga olishning elektron tizimiga oʻtish zarurligi, bu jarayonda inson omili ishtirokini iloji boricha kamaytirish lozimligi qayd etildi”. Bunday holat tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv sohasida ham oʻzining asoratini koʻrsatayotganligini inkor etib boʻlmaydi, ularni bartaraf etish uchun kurashni kuchaytirishni davrning oʻzi taqozo etmoqda. Tergovga qadar tekshiruvni yanada takomillashtirish kelajakda jinoyatlarning to’liq ochilishi hamda jinoyat sodir etgan shaxslarga mamalakatimizda belgilab qo’yilgan qonunlarga ko’ra jazo tayinlashi uchun xizmat qilib beradi. Tergovga qadar tekshiruv - serqirrali tushuncha bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida jinoyat protsessini amalga oshirish bilan bog’liq muhim masalalar hal etiladi. Shuningdek, tergovga qadar 4 tekshiruv – to‘plangan materiallar yuzasidan jinoiy qilmish mavjudligi yoki yo‘qligini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlarini amalga oshirishning huquqiy asosi bo‘lib hisoblanadi. U dastlab jinoyat-protsessual institut sifatida namoyon bo‘lib, ya’ni jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi haqidagi masalaning yechilishi tartibini belgilovchi protsessual normalar yig‘indisini tashkil qiladi. Tergovga qadar tekshiruv bosqichidagi protsesual faoliyat JPKda belgilab qo‘yilgan mansabdor shaxs (tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va prokuror)lar tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur jarayon belgilangan sharoitlarda va maxsus protsessual shakllarda yuritiladi. Jinoyat protsessining ushbu shaklida kelib tushgan ariza yoki xabar bo‘yicha to‘plangan materiallar yuzasidan keyinchalik amalga oshiriladigan harakatlarning yo‘nalishini belgilovchi aniq protsessual qaror bilan yakunlanadi. Tergovga qadar tekshiruv quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi: ❖ ichki ishlar organlari; ❖ harbiy qismlar, qo‘shilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va harbiy o‘quv yurtlarining boshliqlari — ularga bo‘ysunuvchi harbiy xizmatchilar, shuningdek o‘quv mashqlari o‘tkazilayotgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining xizmat majburiyatini bajarish bilan bog‘liq jinoyatlari yoki qism, qo‘shilma, muassasa yoxud o‘quv yurti joylashgan yerda sodir etgan jinoyatlariga doir ishlar bo‘yicha; ❖ davlat xavfsizlik xizmati organlari — qonunga ko‘ra ularning yuritishiga berilgan ishlar bo‘yicha; ❖ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov hibsxonalari hamda turmalarning boshliqlari — shu muassasalar xodimlari xizmatni o‘tashning belgilangan tartibiga qarshi 5 qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha; ❖ davlat yong‘indan nazorat qilish organlari —yong‘inlarga doir va yong‘inga qarshi qoidalarni buzganlikka doir ishlar bo‘yicha; ❖ chegarani qo‘riqlash organlari — davlat chegarasini buzganlikka doir ishlar bo‘yicha; ❖ olis safarda bo‘lgan dengiz kemalarining kapitanlari; ❖ davlat bojxona xizmati organlari — bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar bo‘yicha; ❖ O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari — byudjet, soliq va valyuta to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar bo‘yicha; ❖ O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi bo‘linmalari — voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashga, sud qarorini bajarmaslikka, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etishga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek elektr, issiqlik energiyasi, gaz, suvdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bo‘yicha; ❖ O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari — bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga doir ishlar bo‘yicha. 6 ❖ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning joylardagi bo‘linmalari — qishloq va suv xo‘jaligi, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablari buzilishi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha. ❖ O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi bo‘linmalari — qonun bilan ularning ish yuritishiga berilgan ishlar bo‘yicha. 1 Yuqorida bizga berilgan kazusga tahlil qiladigan bo’lsak, TTG tomonidan olib borilgan chora- tadbir natijalariga ko’ra fuqarolar qo’lga olingan va shu asosda ulardan barmoq izlari olingan. Barmoq izalarini tekshirish ekspirtiza orqali aniqlanadi bunga ko’ra. Izlarni aniqlash ekspirtizaning “Shaxsni avtomatlashtirilgan daktiloskopik identifikatsiya qilish tizimi” orqali tekshiruv oʻtkaziladi. Matematik metodlarini amaliyotga tatbiq etish, ikkinchi tomondan, barmog izlarini kodlash va tekshirish uchun avtomatlashtirilgan tizimlar yaratish bo’yicha dolzarb ilmiy tadqigotlar boshlandi. ichki ishlar idoralarining ekspertiza amaliyotida barmoq izlarining tadqiq etishga juda katta ahamiyat berilmoqda. Chunki hodisa sodir bo’lgan joyda qoldirilgan barmoq va kaft izlari jinoyatchining shaxsiyati bo’yicha juda qimmatli va keng tarqalgan ma’lumotlar manbai bo’lib hisoblanadi, Ushbu holat barmoq va kaft izlarining aniqifodalangan alohidaligi va barqarorligi bilan izohlanadi. O’zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika markazining ma’lumotlariga ko’ra, daktiloskopik ekspertiza va tadqiqotlat, ekspert-kriminalistika xizmatlari tomonidan o’tkaziladigan jami ekspertizalar va tadqiqotlarning deyarli 60%ni tashkil qiladi. Ta’kidlash joizki, daktiloskopik ma’lumotlardan nafaqat jinoyatlarni ochish va tergov qilishda, balki jangovar harakatlar davrida, aviahalokatlar yoki boshqa halokatlarda halok bòlganlarning shaxsini aniqlash maqsadida ham foydalanish mumkin. Odam qo’l va oyoq izlari 1 https://lex.uz 7 insonning o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi va jinoyatning quyidagi sharoitlari va holatlarini aniqlashga imkon beradigan axborotlarni olishga ta’sir ko’rsatadi: ✓ tekshirilayotgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslar doirasini aniqlash; ✓ ma’lumotlar banki va daktiloskopik hisoblar yordamida jinoyatchini aniqlash; ✓ ochilmagan jinoyatlar subyektini aniqlash, ya’ni boshqa jinoyatni sodir etgan va ushlangan jinoyatchini, ilgari sodir etilgan jinoyat joyida qoldirilgan izlariga ko’ra aniqlash; ✓ hodisa sodir bo lgan joyda izlar qoldirilgan shaxsning anatomik, yoshi va boshqa funksional xususiyatlarini aniqlash; ✓ bir shaxsni bir necha jinoyatlarni sodir etganligini aniqlash; ✓ shaxsni hodisa sodir bo’lgan joydagi obyektlar bilan ta’sirlashish holatini aniqlash; ✓ jinoyatchining, hodisa sodir bo’lgan joydagi harakatlarining mazmuni va ketma-ketligini aniqlash; ✓ jinoyatni sodir etishda ishtirok etgan shaxslarning sonini aniqlash; ✓ shaxsi noma’lum murdalar va bedarak yo’qolganlaring shaxsini aniqlash. 2 Yuqoridagilarga asoslanib shuni aytish mumkin. Daktilaskopiya barmoq izlari hamda qòl izlari va oyoq izlarini òrganadigan soha. Endi òz navbatida ushbu izlarni qanday aniqlash mumkin degan savol tuĝilishi mumkin. Ekspertizalarni o'tkazish va daktiloskopik hisoblarni yuritishda avtomatlashtirilgan daktiloskopik identifikatsion tizim (ADIT)dan foydalanish jinoyatchilikka qarshi kurashda monodaktiloskopik hisoblar samarali vosita hisoblanadi. Ushbu turdagi hisoblar 2 Daktiloskopik ekspertiza: Darslik R.R.Shafigulin, T.B.Mamatqulov, SH.X.Xasanov, L.Y. Yugay, A.D.Xusanov. T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. - 160 b. 8 yordamida go') barmoqlari papillyar naqshlari bo'yicha shaxslarni identifikatsiya qilish maqsadidagi tekshiruvlar va shaxsi noma'lum shaxs (murda)larning shaxsini aniqlash amalga oshiriladi. Bu turdagi hisoblar asosi personal kompyuterlarda ishlashga mo’ljallangan avtomatlashtirilgan daktiloskopik informatsion tizim(ADITADIS (avtomatizirovannaya daktiloskopicheskaya informatsionnaya sistema))dan iborat maxsus maqsadli dasturiy-texnik majmua bazasida yuritiladi. Hozirgi vaqtda tajribalarda tekshirilgan eng samarali tizimlardan biri Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk oblasti Miass shahrida joylashgan «Sledopit» qo'shma korxonasida ishlab chigilgan «SONDA-PLUS» avtomatlashtirilgan daktiloskopik information tizim (ADIT) hisoblanadi. Ushbu tizim hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining barcha markaziy va o'rta bo'g'in ekspert- kriminalistika xizmatlarida o'rnatilgan. Ushbu tizim haqida quyidagilarni keltirib o’tish joiz; Download 234.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling