Ўзбекистон республикаси қишлоқ ХЎжалиги вазирлиги


Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish


Download 240 Kb.
bet4/10
Sana18.06.2023
Hajmi240 Kb.
#1576271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 Kundalik 3-kurs

2.2. Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish
Ishlab chiqarish amaliyoti O‘zbekiston fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minot ilmiy ishlab chiqarish markazi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ishlab chiqarishi sohasida strategik tahlil va prognozlash boshqarmasi, Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti, “AGROBANK” aksiyadorlik tijorat banki, “Agrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati, “AGROBANK” aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati boshqarmasi, MCHJ shaklidagi «Agrovir» qo‘shma korxonasi va MCHJ shaklidagi «Bek klaster» qo‘shma korxonalarida hamda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani “Navigul” MChJ kabi va boshqa mos keluvchi ob’ektlarda o‘tkaziladi.
Amaliyot bo‘yicha rahbarlik Agrobiznes va marketing kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Amaliyot boshlanishi oldidan dekanat va tegishli kafedralar tomonidan mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, amaliyotni borishi, kun tartibi kundalik yuritish va hisobotlarga oid tushuntirishlar o‘tkaziladi. Amaliyot kun tartibi qayta ishlash korxonalari va saqlash ombori rahbariyatlari bilan kelishilgan holda tashkil qilinadi.
Korxona va amaliyot rahbarlari talabalarni amaliyot dasturi va kundalik rejimlarda ko‘rsatilgandek qishloq xo‘jalik ishlari bilan ta’minlashlari lozim.
Amaliyot jarayonida o‘qituvchi (rahbar) talabalar faoliyatini tekshiriishi bilan birga, har bir texnologik tadbirni bajarish hajmi va sifatini aniqlab, talabalarning ko‘nikma hamda mahoratini baholaydi.
Amaliyot davomida talabalar mehnatga jiddiy va mas’uliyat bilan yondoshishlari hamda ish qurollari, texnika va boshqa vositalarga ehtiyotkorlik bilan qarashlari zarur.
Talabalar muntazam ravishda har bir ish kunining oxirida kundalik daftariga texnologik tadbirlarning nomi, ahamiyati, bajarilish tartibi, hajmi, sifati va boshqalarni yozib boradilar.
Ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qiladigan o‘qituvchi talabalarning kundalik bajargan ishlari hajmi, sifati va boshqa xususiyatlarini tahlil qilgan holda belgilab boradi. SHuningdek talabalarning har bir texnologik jarayonda qatnashishlarini ta’minlaydi. YUzaga kelgan muammo va masalalarni tegishlicha hal qiladi, talabalarning kundalik daftariga amaliyot mobaynidagi faoliyati haqidagi o‘z fikr mulohazalarini yozib, imzo qo‘yib boradi.



Download 240 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling