Ўзбекистон республикаси қишлоқ ХЎжалиги вазирлиги
Amaliyot davrida talabalarga qo‘yilgan talablar
Download 240 Kb.
|
2 Kundalik 3-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. AMALIYOT YUZASIDAN HISOBOT VA HUJJATLAR
2.4. Amaliyot davrida talabalarga qo‘yilgan talablar
Talaba amaliyotni o‘tash davrida quyidagilarga rioya qilishi shart: – amaliyot dasturida qayd etilgan barcha vazifalarni bajarishi; – amaliyot o‘tkazilgan korxonalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga bo‘ysunishi; – mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalarini o‘qib unga rioya qilishi; – amaliyot davrida kundalik daftari doim yonida bo‘lishi va bajariladigan ishlarni yozib borishi; – amaliyot o‘tib bo‘lingach, talabalar amaliyot davrida bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot yozib (ilova 3), uni qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash kafedrasida himoya qiladilar. Hisobotni baholashda to‘plangan ma’lumotlar sifati, mazmuni va boshqa ko‘rsatkichlar e’tiborga olinadi. O‘z vazifasiga sovuqqonlik munosabatida bo‘lgan yoki mehnat intizomini buzgan talabaga nisbatan korxona ma’muriyati jazo qo‘llashi yoki talabalar safidan chiqarilishiga tavsiya etishi mumkin. Amaliyot dasturini bajarmagan, rahbarlarda salbiy taassurotlar hosil qilgan yoki hisobotni qoniqarsiz bahoga himoya qilgan talabalar amaliyotga qaytadan yuboriladi yoki o‘qishdan chetlatiladilar. 3. AMALIYOT YUZASIDAN HISOBOT VA HUJJATLAR Amaliyot davrida har bir talaba kundalik daftar tutadi, unda har kungi muhim qishloq xo‘jalik ishlari va ularda o‘zlarining ishtirok etishlarini (ish me’yori, mashina markasi, ekish me’yori va shu kabilarni ko‘rsatgan holda) yozib boradi, bajarilgan ish sifatiga baho beradi. Kundalikda amaliyotni tekshiruvchi o‘qituvchi amaliyotning borishi haqida o‘z taqrizi va taklifini yozadi. Amaliyot rahbari kundalikni muntazam ravishda tekshiradi va imzo qo‘yadi. Amaliyot oxirida talabalar amaliyot rahbari yoki xo‘jalik tomonidan berilgan va muhrlangan tavsifnomani dekanatga topshiradi. Amaliyotni baholash uchun xizmat qiluvchi asosiy hujjat hisobotdir. Hisobotda talaba xo‘jalik ishlarining eng muhim ko‘rsatkichlarini tahlil etish va baholash bo‘yicha bilimlarini ko‘rsatadi, bu ishda agronomik va iqtisodiy masalalarga alohida ahamiyat berish kerak. Amaliyot o‘tgan talaba o‘z xo‘jaligining faoliyati natijalari va agronomik ko‘rsatkichlarini tuman, viloyat va Respublikadagi eng yaxshi xo‘jaliklarning yutuqlari bilan solishtiradi. Mehnatning progressiv usullariga alohida ahamiyat beriladi, shuningdek, kamchiliklar va ularning kelib chiqish sabablariga ham. Talaba xo‘jalik ishini kelgusida yaxshilash bo‘yicha aniq takliflar berishi kerak, shuningdek kelgusida amaliyotni o‘tkazish haqida o‘z fikrlarini bildirishi kerak. Hisobot jadval, chizma, diogramma, rasmlar va boshqa xar xil sxemalar bilan to‘ldiriladi. Download 240 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling