Ўзбекистон республикаси қишлоқ ХЎжалиги вазирлиги
Hisobotni bajarilish tartibi
Download 240 Kb.
|
2 Kundalik 3-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kundalikni tuzish va to‘ldirish tartibi
Hisobotni bajarilish tartibi
Talaba ishlab chiqarish amaliyoti dasturini bajarish haqida yozma hisobot tayyorlaydi. Hisobot uchun asosiy axborot sifatida xo‘jalikning biznes rejasi, oxirgi uch yillik hisoboti, fermer xo‘jaligini yuritish tizimi bo‘yicha tavsiyanomalar, metrologiya stansiyalari ma’lumotlari, dastlabki hisobot ma’lumotlari va talabaning shaxsiy kuzatishlari natijalaridan foydalaniladi. Hisobotni tayyorlashda Respublika Prezidenti tomonidan qabul qilingan Farmonlar, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va tegishli me’yoriy hujjatlar, sohaga tegishli adabiyotlar hamda uslubiy qo‘llanmada berilgan jadval namunalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Hisobotda talaba: - xo‘jalikning tavsifi; - ishlab chiqarish ixtisosligi; - mahsulot ishlab chiqarish va iqtisodiy natijalari bo‘yicha tahlili; - xo‘jalik faoliyati holatlarini umumlashtirish natijalari; - xo‘jalik yuritishning foydali va salbiy tomonlarini aniqlash va baholash; - mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha tavsiya va tadbirlarni belgilash; - ishlab chiqarishning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini miqdori va uni ko‘paytirish yo‘llarini belgilash; - qishloq xo‘jalik mahsulotlari tannarxini kamaytirish; - dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi texnologiyalarni joriy etish orqali samaradorligini oshirish; - ishlab chiqarishni tashkil etish, me’yorlash, rag‘batlantrish va boshqalar bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliy nuqtai nazardan asoslashlari zarur. Agar fermer xo‘jaligi yangidan tuzilgan bo‘lsa, ushbu bo‘limda fermer xo‘jaligi faoliyati yakuni bo‘yicha daromad keltirishni o‘rganishi kerak. Ushbu sohada fermerning qachondan buyon ishlayotganligi, chorvachilik va dehqonchilikda ishlab chiqarishni yuritish borasida tajribalarini batafsil yoritishi maqsadga muvofiq. Kundalikni tuzish va to‘ldirish tartibi Amaliyot o‘tash davrida kundalik asosiy hujjat hisoblanadi. Institut joylashgan shahardan tashqarida o‘tilgan amaliyot uchun kundalik va safar guvohnomasi – moliviy hujjat bo‘lib qoladi. Talaba amaliyot o‘tash davrida har kuni bajarilgan ishlarni kundalikka qisqa, tushunarli ravishda yozib boradi. Talabaning kundaligini har haftada rahbarlar nazorat qiladi. Rahbarlar kundalikni tekshirib, qo‘shimcha ko‘rsatmalar beradi va imzolaydilar. Amaliyot tugaganda korxona va muassasa tomonidan rahbarlar kundalikni amaliyot hisoboti bilan birgalikda ko‘rib chiqib, taqriz va tavsifnoma berishadi. To‘ldirilgan kundalik amaliyot hisoboti bilan birgalikda kafedraga topshiriladi. To‘ldirilmagan kundalik bo‘yicha amaliyot hisobga olinmaydi. Download 240 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling