Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
Statik va moslashuvchan byudjetlarni tuzish uslublari
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
6.3. Statik va moslashuvchan byudjetlarni tuzish uslublari Byudjetlarni shakllantirish tartibi va uning bajarilishi ustidan nazorat qilish bosqichlarini, pirovard natijada, boshqaruv hisobi tizimining tarkibiy qismi sifatida baholash maqsadga muvofiqdir. Biroq, korxonalar amaliyotining ko‗rsatishicha, ular xalqaro tajribadagi byudjetlashtirish tamoyillarini qo‗llash o‗rniga, rejalashtirishning «Biznes-reja» tuzish amaliyoti bilan cheklanib qolmoqdalar. Bu ham bo‗lsa, qisqa muddatli maqsadlar uchun (bankdan kreditlar olish, investorlar uchun va h.k.) mo‗ljallangan, xolos. 167 Fikrimizcha, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida byudjet tayyorlash tizimini takomillashtirish va uning asosida samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun moslashuvchan byudjetlar tizimini ishlab chiqish va tuzish uslublarini shakllantirish lozim. Iqtisodiy adabiyotlarda moslashuvchan byudjetlarni shakllantirish masalasi- ga katta e'tibor qaratilmoqda. Moslashuvchan byudjetlar tuzishga o‗tishdan oldin korxonalarda xarajatlar smetasi korxona boshqaruvining turli bo‗g‗inlari va xarajat turlari (ustama, ishlab chiqarish, tijorat, ma'muriy) bo‗yicha tuzilgan. Ushbu hisob- kitoblar ishlab chiqarish va sotishlarning reja hajmi asosida bajarilgan. Aslida statik byudjet asosida rejalashtirilgan ma'lumotlar bo‗yicha amalda chetlanishlar yuz berishi tufayli moslashuvchan byudjetlar ishlab chiqiladi va ularda byudjet bajarilishi bajarilishining bir necha muqobil variantlari belgilab beriladi. Shuni ham ta'kidlab o‗tish joizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot narxlarining o‗zgarishi va mijozlar holatini prognoz qilish murakkab masala hisoblanadi. Shu sababli byudjetlashtirish jarayonida sotish hajmi, mablag‗lar va tayyor mahsulot bahosi bo‗yicha muqobil variantli bir necha omilli byudjetlarni tuzish ko‗zlangan samaraga erishish imkonini beradi. Biroq, bunda barcha omillarning o‗zgarishini inobatga olishning imkoniyati yo‗q, shuning uchun amaliyotda bitta omilga, masalan, mahsulot hajmiga qarab o‗zgaradigan moslashuvchan byudjetni tuzish lozim. Moslashuvchan byudjet korxonalarning samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur bo‗lgan vazifalarni bajarish bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlarni nazorat qilish hamda ularga tegishli tuzatishlar kiritib borish vositasi sifatida qo‗llaniladi. Moslashuvchan byudjet xo‗jalik yurituvchi sub'ektlarning mahsulot sotishdan olinadigan tushumi (sotish hajmi) bilan xarajatlari o‗rtasidagi bog‗liqlikdan kelib chiqqan holda tuziladi. Aslida moslashuvchan byudjetni tuzishdan maqsad-korxonadagi real sharoitdan kelib chiqib daromadlarni xarajatlar bilan mos kelishi tamoyiliga rioya qilish, ya'ni mahsulot sotishdan olingan tushum (sotish byudjeti) bo‗yicha reja 168 bajarilmagan taqdirda xarajatlarni oshib ketishiga yo‗l qo‗ymaslikdan iboratdir. Eng muhimi moslashuvchan byudjetni shakllantirish statik byudjetlarga asoslanishi kerak. Ko‗rib chiqilayotgan uslubga asos qilib olingan analitik yondashuv universal yondashuv hisoblanadi. Har qanday ishlab chiqarish faoliyati darajasiga oid umumiy byudjet xarajatlarini aniqlaydigan moslashuvchan byudjetning formulasi quyidagi ko‗rinishga ega: Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling