Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


- ilova Boshqaruv hisobining vazifalari haqidagi ta'riflar


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/105
Sana07.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1753475
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   105
Bog'liq
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2

5- ilova
Boshqaruv hisobining vazifalari haqidagi ta'riflar 
№ 
Olimlarning 
F.I.Sh. 
Ta'riflarning mazmuni 
1. 
Zakirova A. 
Boshqaruv hisobining vazifalari quyidagilardan iboratdir: 
1. 
Korxona faoliyati xarajati, daromadi va natijalarini 
boshqarish maqsadlari uchun ma'lumotlarni shakllantirish; 
xarajatlar hisobi ob'ektlari, mas'uliyat markazlari va xarajat 
markazlarini aniqlash, xarajatlarni turkumlashning belgilarini 
ishlab chiqish; xarajatlarni elementlar, moddalar, turlari, aniq bir 
mahsulotlar, mas'uliyat markazlari bo‗yicha baholash; 
kal'kulyasiyalash ob'ektlari va ustama xarajatlarni 
kal'kulyasiyalash ob'ektlari bo‗yicha taqsimlash metodlarini 
aniqlash; ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligini 
kal'kulyasiyalash metodlarini aniqlash; mas'uliyat markazlari va 
xarajat markazlari bo‗yicha faoliyat natijalari va xarajatlarini 
taqqoslash; boshqaruvni rejalashtirish va nazorat qilish uchun 
xarajatlar haqidagi ma'lumotlarni taqdim etish. 
2. Byudjetlarni prognozlashtirish, rejalashtirish va 
shakllantirishda ko‗maklashish, joriy xarajat va daromadlarni 
prognozlashtirish, korxonani strategik va tezkor maqsadlariga 
erishishini ta'minlovchi detallashtirilgan, kompleks va har 
tomonlama puxta rejalarni ishlab chiqish, byudjetlashtirish 
metodlarini joriy etish. 
3. Korxonaning ijrochi organlari bajaradigan funksiyalar bilan 
bog‗liq moliyaviy-xo‗jalik faoliyat ustidan olib boriladigan 
boshqaruv nazoratini ta'minlash: har bir xarajat turi bo‗yicha 
nazorat metodlarini tanlash; korxona faoliyati natijalarini tahlil, 
nazorat va tartibga solishga imkon beradigan boshqaruv 
hisobotlarini shakllantirish. 
4. Korxona faoliyatining haqiqiy natijalarini tahlil qilish va 
baholash: korxonani rivojlanish holati, mavjud mablag‗lari, 
ishlab chiqarish quvvati, raqobatdagi afzalliklari va kuchsiz 
tomonlarini baholash. 
5. Korxonaning rezervlarini aniqlash va ishlab chiqarish 
faoliyatini rivojlantirish bo‗yicha taktik va strategik qarorlarni 
ishlab chiqish 
2. 
Chupaxina N. 
Boshqaruv hisobining vazifalariga quyidagilar kiradi: 
• korxona rahbariyatini ko‗p sonli yuridik shaxslar va tarkibiy 
bo‗linmalardan tashkil topgan biznesini umumlashtirilgan 
natijalari haqidagi ma'lumotlar bilan ta'minlash; 
• biznes tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar o‗rtasida 


253 
taqsimlanishidan qat'i nazar alohida bir yo‗nalishlar (faoliyat 
turlari, tovar guruhlari yoki biznesning xususiyatiga qarab 
boshqa elementlari) natijalarini ko‗rsatib berish; 
• tarkibiy bo‗linmalar (bo‗lim, yuridik shaxslar)ning ishlari 
natijalarini ko‗rsatib berish; 
• xarajat turlari va xarajat markazlari bo‗yicha hisob yuritish 
orqali xarajatlar ustidan nazorat olib borish; 
• korxonalarning daromad va xarajatlari haqidagi statistik 
ma'lumotlarni ma'lum bir kesimda to‗plash va umumiy 
tendensiyalarni aniqlash; 
• biznes va alohida bir xarajat markazlari bo‗yicha byudjet 
rejalashtirilishini amalga oshirish va uning bajarilishini nazorat 
qilish; 
• kontragentlar bilan hisob-kitoblar va o‗ziga qarashli yuridik 
shaxslar o‗rtasidagi o‗zaro hisob-kitoblarning tezkor hisobini olib 
borish 
3. 
Bulgakova S. 
Boshqaruv hisobi vazifalarini korxonalarning strategik, taktik 
va tezkor maqsadlari aniqlashtirib beradi 
4. 
Pizengol's M. 
Asosiy vazifasi marjinal daromadni hisoblashga asos bo‗ladigan 
to‗liq va qisqartirilgan tannarxni shakllantirishdan iboratdir 
5. 
Ivashkevich 
V. 
Boshqaruv hisobining asosiy vazifalariga belgilangan 
maqsadlarga erishishga e'tiborni qaratish, belgilangan vazifalarni 
yechishni muqobil variantlarini ta'minlash zarurligi, optimal 
variant va uni bajarishni normativ parametrlari hisob-kitobini 
aniqlashda ishtirok etish, ko‗rsatkichlar bajarilishining 
belgilangan topshiriqlardan chetlanishlarini aniqlashga diqqatni 
qaratish, aniqlangan chet-lanishlarni izohlash va tahlil qilish 
kiradi 
6. 
Nikolaeva S. 
Boshqaruv hisobi vazifalariga quyidagilar kiradi: 
• faoliyat natijalari va ichki xo‗jalik jarayonlari haqidagi aniq va 
to‗liq ma'lumotlarni shakllantirish va ichki boshqaruvga taqdim 
etish orqali rahbariyatga ma'lumotlarni taqdim etish; 
• korxona va uning mas'uliyat markazlari faoliyatini iqtisodiy 
samaradorligini rejalashtirish va nazorat qilish; 
• mahsulot(ish, xizmat)ni haqiqiy tannarxini hisoblash va 
o‗rnatilgan norma, standart, smetadan chetlanishlarni aniqlash; 
• mulk, material, pul va mehnat resurslarining butligi va 
harakati ustidan nazoratni ta'minlash; 
• qarorlar qabul qilish uchun axborot ta'minotini shakllantirish; 
• korxona faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyatlarini 
aniqlash. 

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling