Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/24
Sana08.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#240931
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
hayot xavfsizligi amaliy

9- amaliy  mashg’ulot 

 

FAOLIYAT XAVFSIZLIGINI  TA’MINLASHDA PSIXOLOGIK 

OMILLARNING AHAMIYATI O’RGANISH 

 

Ishning maqsadi: Ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlashda psixologik 

omillarning ahamiyatini o’rganish. 

 

ASOSIY MA’LUMOTLAR 



 

Mehnat xavfsizligi psixologiyasi-psixologik ilmlarning bir sohasidir. U 

ijtimoiy-tarixiy va aniq ishlab chiqarish sharoitiga, mehnat qurollariga, mehnatga 

o’qitish usullariga va ishlovchilarning shaxsiy psixologik sifatlariga bog’liq holda 

har xil turdagi mehnat faoliyatining  psixologik afzalliklarini o’rganadi. Shuning 

uchun mehnat psixologiyasini o’rganishning ob’ekti na faqat mehnat faoliyati va 

mehnat xavfsizligi bo’lmasdan, balki mehnatkashlarning shaxsiy afzalliklari, 

qisman – uning kasbiy qobiliyatlari mehnat faoliyatida amalga oshiriladigan aniq 

 

37



ishlab chiqarish muhiti, mehnatdagi shaxslararo munosabatlar, predmetlar, 

qurollar, mehnat oziqalari va ishlab chiqarishga o’qitishning usullari  hisoblanadi. 

 

Mehnat psixologiyasining asosiy masalasi – faoliyatining yengil va xavfsiz 



bo’lishiga , uning katta xursandchilik olib kelishiga , korxonalardagi insoniy 

munosabatlarning garmonik va faol bo’lishiga yordam berishdir. 

 

Mehnat xavfsizligi psixologiyasi inson faoliyati  xavfsizligini ta’minlash 



bo’yicha tadbirlar tizimida muhim zvenoni tashkil qiladi. 

 

Zamonaviy ishlab chiqarishlarda buzilish va jarohatlanish muammolarini 



faqat injenerlik usullari bilan yechish mumkin emas. 

 

Тajriba shuni ko’rsatadiki , tez-tez buzilish va  jarohatlanishlar asosida 



injenerlik – konstruktorlik nuqsonlari yotmaydi, balki tashkiliy–psixologik 

sabablar: xavfsizlik masalalari bo’yicha kasbiy tayyorgarlikning past darajasi, 

yetarli tarbiyalanmaganlik, xavfsizlikni kuzatishga mutaxassisni yetarli darajada 

qo’ymaslik, jarohatlanishga xavfi baland shaxslarni xavfli ishlar turiga qo’yish , 

odamlarning ishga faollik faoliyatini pasaytiruvchi charchagan va turli psixologik 

holatlarida kelishi. 

 

Хalqaro tajriba va mutaxassislarning ilmiy izlanishlari shuni ko’rsatadiki, 



bo’ladigan jarohatning 60% dan 90% gacha asosan jabrlanuvchilarning  o’z ayblari 

bilan sodir   bo’ladi. Bu borada Sokratning quyidagi gapini eslaymiz: « Men tirik 

bo’lmagan tabiat bilan shug’ullanishni tugataman deb qaror qildim va nima uchun 

shunday bo’ladi, odam nima yaxshiligini biladi, biroq yomon ishni qilishini» 

tushunishga harakat qilaman 

 

Хavfsizlik psixologiyasi deganda inson faoliyati xavfsizligini ta’minlash 



uchun psixologik bilimlarni qo’llash tushuniladi. 

 

Хavfsizlik psixologiyasi-psixologik jarayonlar va xususiyatlarni o’rganadi 



va mehnat faoliyati jarayonida kuzatiladigan psixologik holatlarning har xil 

shakllarini to’liq tahlil qiladi. 

 

Psixologik faoliyat strukturasida inson 3 ta asosiy guruhni tashkil qiluvchi ( 



komponent)larni ajratadi: psixologik jarayonlar, xususiyatlar va holatlar. 

 

Psixologik jarayonlar psixologik faoliyatning asosini tashkil qiladi. Bularsiz 



bilimning vujudga kelishi va hayot tajribasini orttirish mumkin emas. Psixologik 

jarayonlarning bilishli, emotsional va irodali turlari mavjud (sezish, zehnlash, 

eslash va hakazo). 

 

Psixologik xususiyatlar (shaxs sifati). Shaxs xususiyati – bu uning muhim 



afzalliklari (xarakter, temperament, yo’nalishi). Shaxsning sifatlari ichida 

intellektuallik, emotsionallik, iroda, ahlok va mehnat ajralib turadi. Yana bularga 

barqarorlik va doimiylik xususiyatlari kiradi. 

 

Psixologik holatlar turli–tumanlik va vaqtinchalik xarakteri bilan ajraladi, u 



aniq davrda psixologik faoliyatning afzalliklarini aniqlaydi va butun psixologik 

jarayonlar davomida ijobiy yoki salbiy bayon qilinishi mumkin. Mehnat 

psixologiyasi vazifalari xavfsizlik psixologiyasi muammolaridan kelib chiqqan 

holda, ishlab chiqarish jarohatining oldini olishni tashkil qilishda alohida 

ahamiyatga ega bo’lgan, ishlab chiqarishning psixologik holatlari va boshqa 

maxsus holatlarini aniqlashdan iborat. 

 

38



 

Inson faoliyati (ish qobiliyati)ning samaradorligi psixik kuchlanishning 

darajasiga asoslanadi. 

 

Psixik kuchlanish ma’lum chegaragacha mehnat natijalariga  ijobiy ta’sir 



qiladi. Faollashishning kritik darajagacha ko’tarilishi mehnat natijalarining 

pasayishiga,  ba’zan ishchanlikning to’liq yo’qolishiga olib keladi. Psixik 

kuchlanishning me’yoridan oshgan shakli chegaradan chiqish deyiladi 

Insonning normal yuklanishi maksimal yuksalishga nisbatan 40-60 % dan 

oshmasligi kerak, ya’ni yuklanish chegaradan oshganda ish qobiliyatining  

pasayishi kuzatiladi. 

Psixik kuchlanishning chegaradan chiqqan shakllari psixik faoliyatning  har 

xil tarkibiy qismlarga ajralishiga,  (dezintegratsiyalanishiga) birinchi navbatda 

insonga xos yakka psixik ish qobiliyati darajasining pasayishiga olib keladi. Psixik 

kuchlanishning juda aniq ifodalangan shakllarida harakat koordinatsiyasi va 

chaqqonligi yo’qoladi, balki harakatning samarasiz shakllari va boshqa  salbiy 

holatlar paydo bo’ladi. 

Ishchilarning hatti–harakatini to’g’ri tashkil qilishda, ishlab chiqarishda 

yaxshi psixologik sharoitlarni yaratishda mehnat psixofiziologiyasi ish xavfsizligi 

tajribasi, hamda alohida mehnat xavfsizligi  psixologiyasi katta ahamiyatga egadir. 

Bu muammolar haligacha bizning milliy adabiyotlarimizda yoritilmagan. Shuning 

uchun bu masalalarga to’liq to’xtalib o’tamiz.  

Ishlovchilarning baxtsiz hodisalar xavfi ostida qolishini kuchaytiruvchi 

omillar ikkita katta guruhga bo’linishi mumkin: ishchilarning xavf ostida qolishini 

barqaror kuchaytiruvchi omillar va ishlovchilarning xavf ostida qolishini vaqtincha 

kuchaytiruvchi omillar. 

Birinchi guruh  omillarga quyidagilar kiradi: 

Insonning asab sistemasida yoki boshqa a’zolaridagi doimiy funksional 

o’zgarishlar, kasallik sifatidagi  yoki shunga yaqin bo’lgan holat. Bularning ichida 

bir qator qattiq patologik o’zgarishlar ajralib turadi, vaxolangki bular ish 

qobiliyatining to’la yo’qolishiga olib kelmasada, hulk-atvorga ta’sir qiladi va xavf 

ostida qolishni kuchaytiradi.   

Ishchining baxtsiz hodisa xavfi ostida qolishi.  

Nerv sistemasi oliy bo’limlarining harakatlanuvchi markazlari bilan sensori 

o’rtasidagi aloqalarning buzilishi. Bunday o’zgarishlar oqibatida inson sezish 

organlari bilan qabul qiladigan tashqi ta’sirni aniq va tez faxmlashga loyiq emas

ya’ni ko’pchilik baxtsiz hodisalar sodir bo’lishida funksional buzilishlar bosh rol 

o’ynaydi   

harakat koordinatalarining kelishishida sodir bo’ladigan nuqsonlar.U yoki bu 

harakatni bajaruvchi muskullar odam bosh miya po’stlog’ining har xil 

harakatlanuvchi markazlaridan boshqariladi. Ko’pchilik odamlarda bu 

markazlarning faoliyati yetarsiz  darajada kelishilmasdan kechadi, natijada 

murakkab kombinatsiyalashgan harakatlardan tashkil topgan usullar va 

operatsiyalarni bajarishda insonda ayrim uzilishlarni kuzatish   mumkin, ya’ni 

vaqt-vaqti bilan ishchi o’zini yo’qotadi va u ayrim harakatlarni esdan chiqaradi. 

Bunday holatlarda harakatning kelishilmaganligi  kishining diqqat e’tiboridagi va 

emotsional uyalish holatidagi nuqsonlari bilan qo’shilib ketadi. Koordinatsiyaga 

 

39



ega bo’lmagan harakatdagi odamlarni baxtsiz hodisa xavfi bo’lgan ishlarda iloji 

boricha ishlatish maqsadga muvofiq emas, ayrim hollarda ularni boshqa ishga 

o’tkazish lozim         

 

Arzimas tashqi qo’zg’atuvchiga nisbatan o’tkir emotsional reaksiya. 



Yengiltaklik, oqibatlarni o’ylamaslik, bajarishdagi   shoshma- shosharlik, o’ylash 

jarayonlarining yuzaki xarakteri, fikrlash doirasining yo’qligi ishda xatoning 

bo’lishiga olib keladi. 

Bunday  ishchilarning xavfsizligi uchun maxsus kuzatuv 

lozim. Qayerda himoyalanish tez va aniq xarakatlanishlar hisobiga amalga 

oshiriladigan bo’lsa, bunday joylarga yuqorida qayd qilingan nuqsonlari bor 

kishilarni jo’natish mumkin bo’lmaydi. 

 

Ichkilikka, chekuvchilikka moyillik (qiziqish).Ishdan qoniqmaslik, unga 



nisbatan qiziqishning yo’qligi. Odam ish bilan qiziqmasa, qoniqish hosil qilmasa

harakat va usullarni aniq bajarishga psixologik to’g’ri moslashishga va o’z 

e’tiborini  jipslashtirishga noloyiq bo’lganda uning hulqi ishonchsiz xarakterlanadi, 

e’tibori esa parishon bo’ladi.Shuning uchun mehnat xavfsizligi nuqtayi nazaridan, 

bir tomondan, inson o’zining qiziqishi va moyilligini qanoatlantiradigan ish turini 

qabul qilishi kerak. 

Ikkinchi guruhga kiruvchi psixologik omillarga: ish 

jarayonining ma’lum davrida paydo bo’ladigan va bir necha soat yoki minutlarda 

hisoblangan qisqa vaqt ichida odam hulq- atvoriga ta’sir qiladigan omillar kiradi. 

Bularga tajribasizlik, ehtiyotkorsizlik va charchash kabi omillar kiradi. 

 

Тajribasizlik  – ish joyida ishchining butun hulkiga ta’sir qiladi va ish 



jadalligi, su’rati va bir maqomligi bilan ifodalanadi. Тajribasiz ishchi texnikaning 

har xil kamchiliklaridan paydo bo’lgan ishdagi uzulishlarga, atrof muhitning 

yomon ta’siriga moslashishga tez yo’l topaolmaydi, ko’p charchaydi va buning 

bilan o’z ishining xavfsizligini kamaytiradi. 

 

N A Z O R A Т      U ChHU N    S A V O L L A R 



1.  Mehnat xavfsizligi psixologiyasi nima? 

2.  Mehnat psixologiyasining asosiy masalasi nima? 

3.  Psixologik jarayonlar, xususiyatlar va holatlar nima? 

4.  Ishchilarning xavf ostida qolishini barqaror kuchaytiruvchi omillar qanaqa?  

5  Ishlovchilarning xavf ostida qolishini vaqtincha kuchaytiruvchi omillar 

qanaqa? 


 

40



 


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling