Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot xavfsizligi amaliy
Хavfsizlik - bu faoliyatning shunday bir xolatiki, bunda ma’lum bir
ehtimollik bilan xavflarning yuzaga kelishi bartaraf qilingan bo’ladi. Хavfsizlik bu insonlar oldiga ko’yilgan maqsaddir. HFХ esa maqsadga erishishning vositasi, yo’li va usullaridir. Хavflar taksonomiyasi tushunchasi xavflarni ma’lum bir belgisi bo’yicha klassifikatsiyalash, sinflash yoki guruhlashdir. Хavf ko’p belgilarga ega bo’lgan murakkab iyerarxik tushunchadir. Modomiki shunday ekan, faoliyat xavfsizligi soxasida ilmiy bilimlarni tashkil qilishda, xavflarning tabiatini chuqur aniqlashda va bilishda xavflarni taksonomiyalash muxim rol o’ynaydi
nomi, tushunchalari ro’yxatidir. Xozirgi kunda xavflar nomi bo’yicha alfavit tartibida nomenklatura qilingan. Хavflar nomenklaturasining bir qismi quyida keltirilgan. Ajal, alanga, alkogol, buzilish, vakum, vulqon, vaxima, gaz, gerbitsid, daxshat, dard, dinamik zo’riqish, yemirilish, yomg’ir, yong’in, zo’riqish, zaxar, zilzila, ifloslanish, ichkilik, kasallik, kamchilik, kuyish, loy, lat yemoq, loyqalanish, lazer nurlari, magnit maydoni, momaqaldiroq, meteoritlar, mikroorganizmlar, namlanish, pulsatsiya, pasayish, radiatsiya, rezonans, sogaymoq, saqlanish, sirpanish, tebranish, tok urishi, toymoq, uzilish, urmoq, ultratovush, xujum, xavf, charchash, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, yaxmalak, yadro. Aniq, maqsadli ilmiy izlanishlar olib borilganda xar bir aloxida ob’ektlar uchun (ishlab chiqarish, sexlar, ish joylari, jarayonlar, kasblar va x.k.) xavflar nomenklaturasi tuziladi.
sifat jihatdan aniqlash uchun sonli tavsiflarni joriy qilishdir. Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli va boshqa usullari qo’llaniladi.
6 Хavflarni baxolashning eng keng tarqalgan usuli “tavakkal”dir. Хavflarni identifikatsiyalash – xavflarni identifikatsiyalash deganda hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan oldini olish va tezkor tadbirlarni amalga oshirish uchun xavflarning zarur va yetarli bo’lgan miqdoriy (sonli), vaqtiy, fazoviy va boshqa tavsiflarni topish, aniqlash va belgilash jarayoni tushuniladi. Identifikatsiya jarayonida aniq masalalarni yechish uchun muxim bo’lgan xavflar nomenklaturasi, xavflarning sodir bo’lish extimolligi, fazoviy lokalizatsiyasi, ya’ni yuzaga kelish joyining koordinatalari, ko’riladigan taxminiy zarar va shunga o’xshash ko’rsatkichlar aniqlanadi.
tajribasi shuni ko’rsatadiki faoliyatning har qanday turida potensial xavf mavjuddir. Demak, faoliyatning hech qanday bir turida mutloq (absolyut) xavfsizlikga erishib bo’lmaydi. Bu tasdiq aksioma xarakteriga ega. Bu aksiomaning metodologik va evristik ahamiyati kattadir.
Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling