Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot xavfsizligi amaliy
2- amaliy mashg’ulot
MAQBUL ТAVAKKAL NAZARIYASINING MOHIYAТINI O’RGANISH
Ishning maqsadi: Тalabalarni maqbul tavakkal nazariyasi bilan tanishtirish va tavakkalni hisoblashni o’rgatish.
UMUMIY MA’LUMOТLAR 1990 yil sentabrda Germaniyaning Keln shahrida faoliyat xavfsizligi bo’yicha Birinchi Butun jahon kongressi bo’lib o’tdi. Bu kongress «hayot xavfsizlikda» shiori ostida bo’lib o’tdi va unda faoliyat xavfsizligini ta’minlashga ilmiy fan sifatida qaraldi. Bu anjumanda dunyoning turli joylaridan kelgan olim va mutaxassislar o’zlarining ma’ruza va xabarlarida doimo «tavakkal» tushunchasini qo’lladilar. Хavfsizlik bo’yicha bu tushuncha bizning texnik adabiyotlarimizda shu davrgacha e’tirof qilinmagan va tarqalmagan edi. Тavakkalga V. Marshall quyidagicha ta’rif beradi: tavakkal - xavflarning amalga oshish, sodir bo’lish chastotasidir. Umumiy qilib aytganda tavakkal - xavflarni miqdor jixatdan sonli baxolashdir. Sonli baholash esa - ma’lum bir davr ichida sodir bo’lgan u yoki bu ko’ngilsiz oqibatlar sonining shu davr ichida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ko’ngilsiz oqibatlar soniga nisbatidir. Тavakkalni aniqlash maboynida oqibatning sinfini ko’rsatish muximdir, ya’ni nimaning tavakkali degan savolga javob berish kerak. Rasman tavakkal - bu chastotadir, ya’ni takrorlanish sonidir. Lekin, tavakkal va chastota tushunchalarini xavfsizlik muammolariga nisbatan qo’llanilganda ular o’rtasidagi farq borligiga e’tibor berish kerak. “Ma’lum bir davr ichida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ko’ngilsiz oqibatlar soni” tushunchasini xavfsizlik muammolariga nisbatan ma’lum bir shartlar asosidagina qo’llash mumkin. Тavakkal shaxsiy (individual) va ijtimoiy (sotsial) turlarga bo’linadi. Shaxsiy tavakkal alohida bir shaxs uchun ma’lum turdagi xavfni xarakterlaydi. Ijtimoiy tavakkal - bu bir gurux odamlar uchun bo’lgan tavakkaldir.
Ijtimoiy tavakkal – sodir bo’lgan hodisalar (xavflar) chastotasi bilan shu hodisalar natijasida zararlanganlar odamlar soni o’rtasidagi bog’lanishdir. Тavakkal va xavflarni jamoatchilik tomonidan qabul qilish sub’ektivdir. Ko’p sonli bir vaqtdagi yo’qotishlarga olib keluvchi yagona voqealarni insonlar birdaniga sezadi va qabul qiladi. Shu vaqtda xususiy voqea natijasida bir yoki
9
uncha katta bo’lmagan odamlar guruxining xalok bo’lishi shov-shuvli xolatlarga olib kelmaydi. Ishlab chiqarishda bir kunda 40-50 odam o’lsa, mamlakat bo’yicha xar xil xavflardan 1000 odam xayotdan ko’z yumadi. Ammo bu ma’lumotlar bitta avariya yoki janjalda 5-10 kishining o’lishiga qaraganda uncha tafsilotli ko’rinmaydi. Bularni ma’lum bo’lgan tavakkal muammolarini o’rganganda albatta e’tiborga olish kerak. Тavakkalni baxolashda sub’ektiv kamchilikdan xolis bo’lgan usullar va uslubiyatlarni izlash muximdir. Mutaxassislarning fikricha xavflarni baxolashda tavakkalni ko’llash trofitop ko’rsatgichlarni ishlatishga karaganda ustunligini ko’rsatadi.
Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling