Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


 “Sabablar va xavflar daraxti”ni qurishga namunaviy misol


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/24
Sana08.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#240931
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
hayot xavfsizligi amaliy

1.  “Sabablar va xavflar daraxti”ni qurishga namunaviy misol. 

 

Kimyoviy reaktorlar bu kimyoviy reaksiyalar o’tkaziladigan apparatlardir. 



Ularning kolonnali, hajmli, quvurli va boshqa turlari bo’ladi. Reaktorlarda 

kimyoviy jarayonlardan tashqari fizik jarayonlar ham sodir bo’ladi. Ular 

yordamida kimyoviy reaksiyalarni o’tkazish uchun eng qulay sharoitlar yaratiladi. 

Kimyoviy reaktorlarning portlash va yong’in xavfini bir qator omillar belgilaydi: 

reaksiya mahsulotlari va kiritilgan reagentlarning fizik-kimyoviy yong’in xavfiga 

tegishli xossalari; reaksiya sodir bo’luvchi muhitda qo’llaniladigan 

 

katalizatorlarning xususiyatlari (xossalari); reaktorda sodir bo’layotgan 



jarayonlarning fizik parametrlari (bosim, harorat, hajmiy va massaviy tezligi); 

reaktorlarning   turi   va   konstruktiv   xususiyati.    

Normal texnologik jarayonda reaktorda yonuvchi muhit yuzaga kelmaydi. 

 

17




Bunga sabab kiritilayotgan reagentlar va reaksiya mahsulotlarida 

oksidlovchilarning yo’qligidir.  

Reaktorning normal ishi jarayoni uning hajmiga reaktorga tushayotgan, 

unda to’planayotgan, undan chiqayotgan moddalar miqdori o’zaro mos kelgan 

taqdirdagina yuzaga keladi. Agar bu aytilgan shartlar bajarilmasa, reaktorning 

material muvozanati buziladi. Bu o’z navbatida, apparatlarning shikastlanishiga, 

avariya yuzaga kelishiga, shuningdek sex va ochiq maydonlarga yong’in 

tarqalishiga olib keladi.  

Yong’inni oldini olish choralari sifatida quyidagilar nazarda tutiladi: 

•   reaktorga tushayotgan va  chiqarilayotgan mahsulotlar miqdorini avtomatik 

ravishda boshqaruvchi qurilmalar bilan jihozlash; 

•  boshlang’ich    mavjud    reagentlar    haroratini    avtomatik    ravishda 

boshqarish; 

•  katalizatorning miqdorini dozatorlar yordamida nazorat qilish; 

•  dozirovka qilib beruvchi nasoslarning avtomatik boshqarilishi

•  reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasini nazorat qilish; 

•  reagentlarni boshqa aralashmalardan tozalab qo’yish; 

•    Reaktorni belgilangan darajada to’ldirilishiga rioya qilish. 

Kimyoviy   reaktorlardagi   avariya   va   yong’in   sodir   bo’lishining   keng 

tarqalgan sabablaridan biri undagi harorat rejimining buzilishidir. Shuning uchun 

kimyoviy reaktorlar haroratini avtomatik boshqarib turuvchi ishonchli qurilmaga 

ega bo’lishi kerak, bu qurilma issiqlik muvozanati saqlanishini ta’minlaydi. 

Kimyo sanoatida qo’llaniladigan kimyoviy reaktorlar ishlaganda asosiy xavf 

uning portlashidir. Kimyoviy agregatda kechadigan texnologik jarayonning 

soddalashtirilgan sxemasi 4-rasmda keltirilgan.  

 

 



 

 

18




 

 

 



 

 

 



Kimyoviy reaktorda portlash sodir bo’lishi uchun unda portlovchi aralashma 

hosil bo’lishi kerak. Portlovchi aralashma esa kimyoviy reaktorni  yonilg’i bilan 

noto’g’ri ta’minlash natijasida hosil bo’ladi. Kimyoviy reaktorni yonilg’i bilan 

noto’g’ri ta’minlash natijasida portlash sodir bo’lishining oldini olish maqsadida 

uning kirish tarmoqiga №1 himoya zanjiri o’rnatilgan. №1 himoya zanjirining 

 

19




asosan qanaqa elementlardan tashkil topganligi 5-rasmda keltirilgan.  

Demak, kimyoviy reaktorda portlash sodir bo’lsa №1 himoya zanjiridagi 

buzilishlar tufayligina bo’ladi. Bu zanjirda buzilishi, noto’g’ri ishlashi yoki ishdan 

chiqishi mumkin bo’lgan quyidagi elementlar mavjud: ikkita sarf datchiki (SD2 

yonilg’i uchun, SD4 oksidlovchi uchun),  va ikkita hisobga oluvchi sarf 

rostlagichlari (hOSR1 yonilg’i uchun, HOSR3 oksidlovchi uchun).  

  

 

 



 

 

Yuqoridagi 6-rasmda kimyoviy reaktorning ishlash jarayonida uning №1 



himoya zanjirida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan turli buzilishlar (sabablar) 

natijasida portlash sodir bo’lishining “sabablar va xavflar daraxti” misol tariqasida 

keltirilgan. “Daraxt”ni qurishda qo’llanmaning 3-amaliy mashg’ulotida keltirilgan 

hodisalar belgilari va mantiqiy amallar qo’llanilgan. Тahlilda A – hodisa, ya’ni 

portlash hodisasi bosh hodisa qilib olinib, unga olib keluvchi sabablar va xavflar 

 

20




ketma – ketligi aniqlangan. 

 

 



 


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling