Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
Тahlilda qo’llaniladigan asosiy mantiqiy amallar
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot xavfsizligi amaliy
1. Тahlilda qo’llaniladigan asosiy mantiqiy amallar
belgilanadi. Eng ko’p ko’llaniladigan amal (operatsiya) larga «VA» xamda «YoKI» kiradi. «VA» mantiqiy amali shuni ko’rsatadiki, chiqish ma’lumoti (hodisasi) yuzaga kelishi uchun, kirish ma’lumotlaridan (hodisalaridan) barchasi sodir bo’lishi shart. «YoKI» mantiqiy amali shuni ko’rsatadiki, chiqish ma’lumoti (hodisasi) yuzaga kelishi uchun, kirish ma’lumotlaridan (hodisalaridan) xoxlagan bittasi sodir bo’lishi yetarlidir. Хavfsizlikni tahlil qilishda qo’llaniladigan «VA» hamda «YoKI» mantiqiy amallari («buzilishlar daraxti» usulida) quyidagi 3-rasmda keltirilgan
b)
3-rasm. Хavfsizlikni tahlil qilishda qo’llaniladigan «VA» hamda «YOKI» mantiqiy amallari («buzilishlar daraxti» usulida)
Boshqacha aytganda «VA» amal shuni ko’rsatadiki, A hodisa yuzaga kelishi oldidan, albatta B va V hodisalarning ikkalasi ham ro’y berishi lozim. Mantiqiy amal «VA» mantiqiy ko’paytma deb ataladi (3.a-rasm).
a) A=B ⋅V (mantiqiy ko’paytma).
• Agarda 2 ta (B va V) hodisalar A hodisani sodir etsalar A hodisaning sodir bo’lish ehtimoli quyidagicha aniqlanadi: R(A)=R(B) ⋅ R(V) (3.1)
• Agarda n ta (B, V ... N) hodisalar A hodisani sodir etsalar A hodisaning sodir bo’lish ehtimoli quyidagicha aniqlanadi: R(A)=R(B) ⋅ R(V) ⋅...⋅R(N) (3.2)
«YoKI» amal shuni ko’rsatadiki, «G» hodisa sodir bo’lishi uchun D va Ye hodisalardan birontasi ro’y berishi (yoki ikkalasi ham) yetarli bo’ladi. Mantiqiy amal «YoKI» mantiqiy yig’indi deb ataladi (3.b-rasm).
b) G = D+Ye (mantiqiy yig’indi). 13
• Agarda 2 ta hodisa G ni sodir etsa G hodisaning sodir bo’lish ehtimoli quyidagicha aniqlanadi:
R(G) = R(D) + R(Ye) – R(D) ⋅ R(Ye) (3.3) • Agarda n ta hodisa G ni sodir etsa G hodisaning sodir bo’lish ehtimoli quyidagicha aniqlanadi:
R(G) = 1– [1–R(D)] ⋅[1–R(Ye)] ⋅… ⋅[1–P(N)] (3.4)
Тizimlar xavfsizligini tahlil qilishda ishlatiladigan hodisalar belgilari va mantiqiy amallar belgilari 2 va 3 jadvallarda keltirilgan.
2- jadval hodisalar belgilari
Т.r. Hodisaning belgisi Hodisaning ma’nosi 1 2 3
aylana Kerakli ma’lumotlar, ko’rsatkichlar bilan ta’minlangan dastlabki hodisa 2.
romb Yetarli darajada ishlab chiqilmagan (o’rganilmagan) hodisa 3.
to’g’ri to’rtburchak
Mantiqiy element kiritadigan hodisa 4.
Oval “Тaqiq” mantiqiy elementi bilan qo’llaniladigan shartli hodisa 5.
Uycha
Yuz beradigan yoki yuz bermaydigan hodisa 6.
Uchburchaklar O’tish belgilari
Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling