Ўзбекистон Республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
HISOBLASH-TUSHUNTIRISH QISMINI BAJARISH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR
Download 0.58 Mb.
|
Sardor Q tayyor
1. HISOBLASH-TUSHUNTIRISH QISMINI BAJARISH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR
1.1 Kirish Talabalar tasdiqlangan o‘quv rejaga asosan «Chorvachilikni mexanizatsiya-lash» fanidan kurs loyihasini tayyorlaydilar. Kurs loyihasini muvaffaqiyatli tayyorlash darajasi talaba tomonidan ushbu ishlarni bajarishga qo‘yilgan talablarni bilishligi va uni qat’iy bajarishligi muhimdir. Kurs loyihasini yozishdan maqsad nazariy bilimlarni hamda ko‘nikmalarni chuqurlashtirish, amaliy mashg‘ulotlarni ilmiy tahlil qilish ko‘nikmasini egallash, moliyaviy muammolarni yechishda mustaqil qaror qabul qila olish va mustaqil fikrlash ko‘nikmasini namoyon qilish va tahlil qilingan materiallarni umumlashtira olishdan iborat. Kurs loyihasini tayyorlash jarayonida talaba tanlangan mavzu bo‘yicha ish rejasini tuzishi, mavzuga tegishli adabiyotlarni chuqur o‘rganish, mavzu bo‘yicha shu kungi muammolarni zamonaviy omillarni hisobga olgan holda yetarli o‘rganish va tanqidiy tahlil etishi, amaliy ma’lumotlardan keng foydalanishi va ularni yetarli tahlillar asosida yoritish hamda ma’lumotlar asosida turli jadvallar, diagrammalar va chizmalar berish lozim. Shuningdek tahlillar yakunlariga to‘liq va yetarli bo‘lgan ilmiy va innovatsion hisoblangan takliflar va xulosalarni berishi lozim. Kurs loyihasi referatlarga nisbatan ko‘proq mustaqilligi, uning ilmiy yangiligi va tahlillar uchun ma’lumotlarning etarli ta’minlanganligi, tanlangan mavzuning chuqurroq o‘rganilganligi va bajarilgan ishning sifati va hajmining ko‘pligi hamda mustaqil fikrlay olishi bilan xarakterlanadi. Talaba tomonidan har bir kurs loyihani tayyorlash uchun bir semestr yoki o‘quv yili bilan teng vaqt ajratiladi. Bundan asosiy maqsad talabaga kurs loyiha tayyorlash uchun qo‘yilgan barcha savollar bo‘yicha fikrni jamlashtirish orqali uni kengroq yoritish, mavzu bo‘yicha nazariy va metodik savollarni o‘rganish, nazariyaning amaliy vazifalarini hal etish uchun qo‘llanish imkoniyatlarini o‘rganish va milliy iqtisodiyotdagi rolini ko‘rib chiqish, jahon tajribalaridan misol keltirish, zarurat bolsa eksperiment o‘tkazish, amaliy ma’lumotlarni jamlash va umumlashtirish hamda shu asosda tayyorlangan kurs loyihasi mavzusi yuzasidan o‘zining ilmiy qarashi asosida xulosa va takliflarni ishlab chiqishga imkoniyat yaratishdir. Talabalar kurs loyihasini tayyorlash jarayonida adabiyotlardan, amaliy ma’lumotlardan ishlash bo‘yicha ko‘nikma va tajribaga ega bo‘ladi, o‘z ilmiy qarashlarini, mavzuga mos agroinjenerlik terminlarga ta’rif va izoh berish, mantiqan fikrlash hamda mavzu bo‘yicha eng zarur holatlarni aniqlay olish qobiliyatini kuchaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari kurs loyiha tayyorlash jarayonida talaba nazariy ma’lumotlarni chuqur tahlil etish asosida metodologik majmuani yaratish va yetarlicha tahlillar natijasida masalalarni hal etish bo‘yicha aniq amaliy takliflarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling