Ўзбекистон Республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 0.58 Mb.
|
Sardor Q tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xo‘jalik mashinalari”
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
“CHORVACHILIKNI MEXANIZATSIYALASH” TOSHKENT-2020 KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonni rivojlantitrishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida va boshqa qarorlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha va qishloq xo‘jaligini hamda sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlarini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, jahon talablari va standartlariga javob beradigan zamonaviy yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash darajasini tubdan oshirish, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash vazifasi qo‘yilgan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun hozirgi davrdagi eng muhim vazifa energiya va resurslardan oqilona foydalanish, ularni tejaydigan texnologiya va texnika vositalarini ishlab chiqish hamda joriy etishdan iboratligi ko‘rsatib o‘tilgan. Qishloq xo‘jalik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish, ya’ni o‘z xalqimizni Respublikamizda yetishtirish mumkin bo‘lgan chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlash Respublika oziq-ovqat bazasini mustahkamlash asoslaridan biridir. Kurs loyihasida to‘rt yuz bosh sog‘in sigiri bo‘lgan chorvachilik fermer xo‘jaligi bosh rejasini ishlab chiqish uchun fermada poda tarkibi, ozuqa ratsionlari tuzilib yillik ozuqa sarfi, ozuqa saqlagichlar sig‘imi va soni, ozuqaning yillik sarfi, pichan g‘aramlari va silos transheyalari soni topilish hamda asosiy va yordamchi xonalar, qurilishlarni tanlash va uni joylashtirish talabalar uchun misol tariqasida ishlab chiqilgan. Topshiriq bo‘yicha berilgan “RSS-6B” somon-silos qirqgich mashinasiga qo‘yiladigan zootexnik talablar, mashinaning tuzilishi va ishlashi, mashinani rostlash va undan texnik foydalanish qoidalari, mashinaning detalini yoki ayrim qismining asosiy parametrlari hisobi keltirilgan. Tanlangan ozuqalarga ishlov berish texnologik chizmalari ishlab chiqilgan. Hayot faoliyati xavfsizligi qismida chorvachilikda xavfsizlik choralari va somon-silos qirqgichni xavfsiz ishlashga tadbiq etish bo‘yicha chora tadbirlar bayon etilgan. Foydalanilgan adabiyotlar va boshqa loyihalash uchun normativ materiallar ilovasi berilgan.
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling