Ўзбекистон Республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
Chorvachilikda qurilishlari oralig‘idagi masofalar
Download 0.58 Mb.
|
Sardor Q tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mollar turlari va ularning to‘yimli
- Mollar turlari
- Xo‘jalikda bor ozuqalar va ularning to‘yimdorligi
Chorvachilikda qurilishlari oralig‘idagi masofalar
1- jadval Yong‘inga qarshi oraliq masofalar
2 - jadval Zooveterinariya oraliqlari, m
Eslatma: YOQOM – Yong‘inga qarshi oraliq masofa 3.2. Fermada poda tarkibi, yillik ozuqa sarfi, asosiy va yordamchi xonalar, qurilishlarni tanlash, ozuqa saqlagichlar sig‘imi va sonini aniqlash bilan ferma bosh rejasini ishlab chiqish 3.2.1. Fermada poda tarkibi. Berilgan: Mollar bosh soni: sog‘in sigirlar - 490. Chorvador fermer xo‘jaligini tashkil etish uchun asosiy kriteriyalardan biri da’vogar kamida 30 shartli molga ega bo‘lishi kerak. Shu sababli chorvachilik fermasida poda tarkibini 490 bosh sog‘in sigirga moslab aniqlaymiz [4;5] 3-jadval
Fermada poda tarkibi
1.2.2. Yillik ozuqa sarfi Yillik ozuqa sarfi (qish fasli uchun) chorvachilik fermasidagi poda tarkibi bo‘yicha har bir turdagi chorva moli uchun tuzilib, bosh sonlariga ko‘paytirilib, so‘ng umumiy jamlanib topiladi. Chorva mollari turlari bo‘yicha ularning to‘yimli moddalarga bo‘lgan talabi tavsiya va ko‘rsatmalardan olinadi [2; 3]. 4-jadval
moddalarga bo‘lgan talabi
5- jadval Xo‘jalikda bor ozuqalar va ularning to‘yimdorligi
Qora mollarga ozuqalarning sutkalik berilishining taxminiy me’yori: Sog‘in sigirlar uchun (100 kg tirik vazniga): dag‘al-2…2,5 kg, sersuv-shirali ozuqalar: silos-4…6 kg, ildiz-mevali-3…4 kg, em ozuqalar-bir litr sut berishga-100…300 g. Somon to‘yimdorligi bo‘yicha dag‘al ozuqalarning 1/3 qismini tashkil qilish kerak. Sog‘ilmaydigan bug‘oz sigirlar uchun (100 kg tirik vazniga): dag‘al-2,5…3 kg; ildiz-mevali-4…5 kg, silos-3…4 kg; em oziqalar-kerakligicha ratsionini to‘ldirish uchun. 7-12 oylik buzoqlar uchun: pichan va sersuv-shirali oziqalar –65-70 %; emlar-25-35 %. Somon berilmaydi. Bir yoshdan katta buzoqlar uchun: pichan va sersuv-shirali ozuqalar 85-90 %; emlar-10…15 %. Somonni iloji boricha kamroq berish kerak. Yosh mollar uchun 100 kg tirik vazniga dag‘al va sersuv-shirali ozuqalar sog‘ilmaydigan bo‘g‘oz sigirlarnikiga o‘xshash bo‘ladi. Buqalar uchun: sifatli pichan-10…15 kg (jami); sersuv-shirali ozuqalar-100 kg tirik vazniga 1…2 kg; oqsili ko‘p emlar zarurligiga qarab. Osh tuzi-qora mollar uchun 100 kg tirik vazniga-5 kg/yil. Ozuqa ratsionini tuzish Qora mollar va otlar uchun ozuqa berilishi dag‘al ozuqalar bo‘yicha aniqlaniladi. Keyin sersuv-shirali ozuqalar bo‘yicha aniqlaniladi. Dag‘al va sersuv-shirali ozuqalar to‘yimdorligi bo‘yicha jami chiqarilib bir molga bo‘lgan me’yori bilan solishtiriladi. To‘yimli moddalar bo‘yicha farqni emlar bilan to‘ldirish kerak. Agar ratsion me’yordan ozuqa birligida ± 0,1 kg va hazm bo‘ladigan protein bo‘yicha ± 100 g orasida farq qilsa ratsion to‘g‘ri tuzilgan hisoblanadi. Misol: 460 kg og‘irlikdagi sigirning to‘yimli moddalarga bo‘lgan talabi 10 kg ozuqa birligi, tarkibida 980 g hazm bo‘ladigan protein bo‘lishi kerak (5- jadval). Xo‘jalikdagi bor ozuqalarni bilgan holda (6-jadval) ozuqalar ratsioni tuzishga kirishamiz. Tuzilgan ratsion 10,11 ozuqa birligi 983 g hazm bo‘ladigan proteinni tashkil qiladi, yoki to‘g‘ri tuzilgan. Ratsionni jadvalga tushiramiz. 6-jadval Sog‘in sigirlar ratsioni (og‘irligi 460 kg)
Eslatma: Xuddi shunday qilib mollarning boshqa turlariga ham tuziladi va umumiy jadvalga (9-jadval) tushiriladi 7-jadval
Bir yoshdan katta buzoqlar uchun ozuqa ratsioni
8-jadval
Bir yoshdan kichik buzoqlar uchun ozuqa ratsioni
9 – jadval Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling