Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалик вазирлиги


Bitiruv malakaviy ishining mavzusi


Download 410.79 Kb.
bet2/8
Sana31.01.2024
Hajmi410.79 Kb.
#1833120
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BMI uslubiy ko\'rsatma (Iqtisod)

Bitiruv malakaviy ishining mavzusi


Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi qishloq xoʻjalik korxonalarida mavjud boʻlgan muammoning zamonaviy holatini hisobga olish, audit etish va iqtisodiy tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish masalalarini aks ettirishi kerak.


Bitiruv malakaviy ishlari mavzusi mutaxassis tayyorlovchi «Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti» kafedrasi tomonidan belgilanadi va institutning ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda uch yilda bir martadan ortiq qayta koʻrib chiqilmaydi.
Bitiruv malakaviy ishlari mavzusining yillik roʻyxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga qadar yoki bitiruv kursining boshida e’lon qilinadi.
Talabalarga (reytinglari boʻyicha kamayish tartibida) bitiruv malakaviy ishlarining mavzularini tanlash huquqi beriladi. Bitiruv malakaviy ishlarining mavzularini tanlashda ilgari talaba tomonidan bajarilgan kurs ishlari va ilmiy ma’ruzalar mavzulariga mos kelishligi hamda fanlarni oʻzlashtirish darajasi hisobga olinadi. Talaba yoki talabaning oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt (shartnoma) mablagʻini toʻlovchi buyurtmachi zaruriy asoslar bilan bitiruv malakaviy ishlari mavzusi
boʻyicha oʻz variantlarini taklif etishlari mumkin. Tanlangan mavzuni rasmiylashtirish uchun kafedra mudiri nomiga talaba ariza bilan murojat qiladi. Arizada ilmiy rahbarning roziligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Talabalarga bitiruv malakaviy ishlari mavzularini biriktirish va ilmiy rahbarlarni tayinlash kafedra mudirining roziligi va fakultet dekanining taqdimnomasiga binoan institut rektorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Ish rahbari, biriktirilgan mavzuga muvofiq talabaga malakaviy ishga tegishli materiallarni toʻplash boʻyicha (jumladan, malakaviy amaliyot oʻtkazish davrida ham) topshiriq va yoʻl-yoʻriqlar beradi. Topshiriqning shakli «topshiriq varaqasi» tariqasida (2-ilova) oʻquv boʻlimi tomonidan belgilanadi. Bitiruv malakaviy ishini bajarishga doir topshiriq varaqasi oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlangandan soʻng ilmiy rahbar tomonidan ishni bajarish boʻyicha kalendar reja ishlab chiqiladi va shu asosida talaba tomonidan bajarilishi nazorat qilinadi.
«Topshiriq varaqasi» bitiruv malakaviy ishi bilan birgalikda Davlat attestasiya hay’atiga taqdim etiladi.



Download 410.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling