Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалик вазирлиги


Bitiruv malakaviy ishi uchun material yigʻish, ularni tizimlashtirish va


Download 410.79 Kb.
bet4/8
Sana31.01.2024
Hajmi410.79 Kb.
#1833120
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BMI uslubiy ko\'rsatma (Iqtisod)

Bitiruv malakaviy ishi uchun material yigʻish, ularni tizimlashtirish va


umumlashtirish.

Bitiruv malakaviy ishi uchun materiallar tanlash va toʻplash har qanday mustaqil ish kabi ijodiy jarayondir. Ushbu materiallar bitiruv malakaviy amaliyot paytida kutubxonalarda va bevosita amaliyot oʻtash joylaridan olinadi. Kutubxonalardan mavzuga tegishli adabiyotlar olinadi, amaliyot oʻtash joylardan iqtisodiyot, fermer xoʻjaligi boʻyicha statistik hisobotlar, korxonaning resurslar salohiyati (Yer-suv resurslari, moddiy resurslar va boshqalar) va iqtisodiy darajasini tavsiflovchi ma’lumotlar, biznes reja ma’lumotlari, nizom va yoʻriqnomalar olinadi.


Toʻplangan materiallarni tizimlashtirish va umumlashtirish, bu bitiruv malakaviy ishda koʻrib oʻtiladigan muammoli masalalarni ma’lum bir belgilariga qarab guruhlashtirishdir. Materiallar yigʻish jarayonida guruhlashtiriladi. Har bir masalalar boʻyicha toʻplangan materiallarni umumlashtirish, guruhlashtirish amalga oshirilgandan soʻng bajariladi.
Yigʻilgan materiallar ikki bosqichda tizimlashtiriladi va umumlashtiriladi: ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash jarayonida va malakaviy ishni yozish jarayonida. Birinchi bosqichda amaliy misollar ham tanlab olinishi kerak.

Bitiruv malakaviy ishini bajarishga rahbarlik qilish va rasmiylashtirish


Bitiruv malakaviy ishi rahbarlari mutaxassis tayyorlovchi (5230100- “Iqtisodiyot” yoʻnalishi boʻyicha «Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti» kafedrasi) kafedralarning professorlari, dotsentlari, katta oʻqituvchi va assistentlari, yetuk ilmiy xodimlari, hamda boshqa tashkilot va korxonalarning yuqori malakali mutaxasislari safidan rektorning buyrugʻi bilan tayinlanadi. Boshqa kafedralardan ilmiy rahbar tayinlangan talabalar uchun rektorning buyrugʻi bilan ilmiy maslahatchilar tayinlanadi


Bitiruv malakaviy ishi rahbarining vazifalari:

  • topshiriq beradi;

  • malakaviy ishning bajarilish jadvalini rejalashtiradi;

  • asosiy adabiyotlar, biznes-rejalar, buxgalteriya va statistika hisob va hisobotlari ma’lumotlarini hamda mavzu boʻyicha boshqa manbalarni tavsiya etadi;

  • talabalarga bilan muntazam ravishda yoʻl-yoʻriqlar berib boradi;

  • bitiruv malakaviy ishining bajarilish jarayonini nazorat qiladi..

Talaba bajargan bitiruv malakaviy ishining sifati va muallifligiga javob beradi, mavzularining qaytarilishiga yoki koʻchirilishiga yoʻl qoʻymaydi.
Ilmiy rahbar talaba bilan birgalikda bitiruv malakaviy ishi mavzusi boʻyicha rejani shakllantiradi, uni bajarish uchun topshiriqlarni belgilaydi, tavsiya etiladigan adabiyotlar roʻyxatini, hujjatlar va boshqa materiallar tartibini tuzadi.
Ilmiy rahbar rahbarligida talaba ma’lumotlar toʻplaydi, adabiyotlar tanlaydi. Bitiruv malakaviy ishining joriy tekshiruvini ilmiy rahbar amalga oshiradi: u reja- grafik bajarilishini nazorat qiladi. Talaba tomonidan taqdim etilgan bitiruv malakaviy ish boʻlimlarini oʻqish jarayonida undagi ma’lumotlar tarkibini va ularni ish mavzusiga toʻgʻri kelishini hamda keltirilgan ma’lumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi.
Talaba bitiruv malakaviy ishning oxirgi nusxasini Davlat attestasiya komissiyasi ish boshlashidan 15 kun oldin qayta koʻrib chiqib, toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish maqsadida oʻz ilmiy rahbariga topshiradi.
Bitiruv malakaviy ishining boʻlimlari boʻyicha maslahatchilar etib oliy oʻquv yurtlarining professorlari va dotsentlari, ilmiy xodimlari hamda boshqa muassasa va korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari tayinlanishi mumkin. Maslahatchilar talaba bajargan ishning muvofiq qismini tekshiradilar.
Bitiruv malakaviy ishi berilgan topshiriq asosida shaxsan talaba tomonidan bajariladi.
Bitiruv malakaviy ishining har bir boʻlimi ularga mos boʻlgan asoslar, qarorlar va xulosalar bilan yoritiladi. Bitiruv malakaviy ishida, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (ilmiy ma’ruzlari va maqolalari, hisob
grafika ishlari, kurs ishlari va loyihalari, albatta, nomlari koʻrsatilgan holda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining taqdimoti (*.ppt yoki *.pptx formatda) kompyuterda bajariladi. Mazkur taqdimot asosida DAK hay’ati a’zolari soniga mutanosib tarqatma materiallar BMIni topshirish paytida taqdim etiladi
Asosiy qism 10-15 ming soʻzdan kam boʻlmasligi kerak.
Chizmalarning formati, shartli belgilari, shrift va masshtablari amaldagi Davlat standartlari talablariga qat’iy muvofiq kelishi zarur. Odatda, chizmalar texnika vositalari orqali bajariladi.
Kafedraning tavsiyasiga binoan bitiruv malakaviy ishi chet tillarning birida bajarilishi mumkin. Chet tilda bajarilgan ishga davlat tilidagi annotasiya ilova etiladi va himoya vaqtida tarjima ta’minlanadi.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida (topshiriqni tayyorlashdan himoyagacha) talaba «Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti» kafedrasi oʻqituvchilari maslahatlaridan va malakaviy amaliyot oʻtayotgan korxonalarning mutaxassislari takliflaridan foydalanadilar.

Download 410.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling