Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалик вазирлиги
Bitiruv malakaviy ishining bajarilishi
Download 410.79 Kb.
|
BMI uslubiy ko\'rsatma (Iqtisod)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishlari mazmuni.
- ASOSIY BOʻLIMLAR MAZMUNI
Bitiruv malakaviy ishining bajarilishiBitiruv malakaviy ishi kafedra qoshida ilmiy rahbar yordamida maxsus ajratilgan oʻquv – uslubiy xonalarda bajariladi. Ayrim hollarda, u qishloq xoʻjalik korxonalari, fermer va shirkat xoʻjaliklarida, agrofirmalarda bajarilishi mumkin. Ish biznes-reja hisob va hisobot ma’lumotlari asosida bajarilishi kerak. Ushbu ma’lumotlar ishga ilova qilinishi shart. Bitiruv malakaviy ishining bajarilishi boʻyicha talabaning hisobot berish muddatlarini kafedra mudiri va dekanat nazorat etadi. Talaba bitiruv malakaviy ishning bajarilishi haqida rahbar va kafedra mudiri oldida hisobot beradi. Kafedra mudiri bitiruv malakaviy ishining tayyorlik holatini belgilaydi. Talaba tanlangan mavzuning toʻgʻriligiga va uning «topshiriq varaqasi»ga muvofiqligiga, malakaviy ishda koʻchirmachilik holatining yoʻqligiga shaxsan javob beradi. Bitiruv malakaviy ishlari mazmuni.Bitiruv malakaviy ishining asosiy mazmuni tanlangan mavzuni toʻla aks ettirishi kerak. Ma’lumotlar qisqa va hammaga tushunarli tarzda yetkazilishi lozim. Soʻz va nomlarni qisqartirish mumkin emas, shuningdek, matnda oʻqishni murakkablashtirib turadigan maxsus terminlarni haddan tashqari koʻp ishlatish tavsiya etilmaydi. Bitiruv malakaviy ishida dastlabki va yigʻma hujjatlar, iqtisodiy hisob-kitoblar, jadval, diagramma, chizmalar, grafiklar va hokazolar keltirilishi kerak (6-ilova). Bitiruv malakaviy ishi talaba tomonidan qoʻlda yoki kompyuterda bajarilgan boʻlishi kerak. Bitiruv malakaviy ishi hajmi turli jadval, chizma, grafik va adabiyotlar roʻyxatini oʻz ichiga olgan holda 70-80 bet boʻlishi kerak. U faqat standart format(A4)dagi oq qogʻozda yozilishi kerak. Bitiruv malakaviy ishi kirish, bir necha boblar, paragraflardan hamda xulosa va takliflardan iborat boʻladi, ularning soni va bir-biriga mosligi tanlangan mavzu bilan aniqlanadi. ASOSIY BOʻLIMLAR MAZMUNIBitiruv malakaviy ishi mundarija asosida rasmiylashtiriladi (namuna 5-ilovaga qarang). Mundarija quyidagilardan tashkil topadi: Kirish. Kirishda tanlangan mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ahamiyati oʻrganish usullari yoritiladi hamda mavzuda qamrab olingan va oʻrganilgan masalalarning tarkibi koʻrsatiladi. bob. Dastlab tanlangan mavzuning nazariy asoslari va foydalanilgan adabiyotlarning sharhi yoritiladi. Keyin mavzuga tegishli boʻlgan Oʻzbekiston Respublika qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar mahkamasining qarorlari, vazirliklar va tegishli idoralarning yoʻriqnomalari, Respublika va xorijiy davlvtlardagi taniqli iqtisodchi olimlarning ilmiy asarlari va risolalariga hamda darslik va oʻquv qoʻllanmalariga sharhlar berilishi va muallifning ushbu adabiyotlar toʻgʻrisidagi ilmiy fikr-mulohazalarini keltirilishi kerak. bob. Hisobot ma’lumotlari va ishni bajarishda asos boʻladigan qishloq xoʻjalik korxonasi va tashkilotining iqtisodiy – tashkiliy tavsifi hamda uning umumiy holatini baholash masalalari ushbu bobda aks ettirilishi kerak. bob. Ushbu bobda tanlangan mavzuning asosiy mazmunini qamrab olgan masalalar yoritiladi. Bu masalalar muhim qismlarga boʻlinib, alohida paragraflarda aks ettirilishi kerak. Har bir masalaning hozirgi holati har xil usullarni qoʻllash orqali oʻrganilishi, yechimi koʻrsatilishi va xulosalar qilinishi kerak. bob. Tanlangan muammo va uning yechimini ifodalovchi koʻrsatkichlarni takomillashtirish yoʻllari va ularni hal qilish masalalari yoritiladi. Eslatma: boblar BMIda “bob” soʻzisiz yoziladi. BMIda rim raqamlari ishlatilmaydi. bob sifatida Hayot faoliyati xavfsizligi qismi talablardan kelib chiqib qo’shiladi. Xulosa va takliflar. Bitiruv malakaviy ishining xulosa va takliflar qismida fermer va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarida iqtisodiy fanlar boʻyicha tanlab oʻrganilgan muammoning umumiy holatiga baho berilishi va uni takomillashtirish, yaxshilash hamda samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy asoslangan fikrlar berilishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati. Bu roʻyxatda bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida foydalanilgan barcha adabiyotlar sanab oʻtiladi, ularning tartibi quyidagicha keltirilishi lozim (7-ilova): Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, yuqori organlar yoʻriqnoma va boshqa me’yoriy hujjatlari. Prezidentning farmonlari, nutqlari va asarlari. Olimlarning asarlari: monografiyalar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va boshqa manbalar, jurnal va gazetalardan olingan maqolalar. Manbalar: statistik, moliyaviy va boshqa hisobotlar Internet saytlari. 1-, 2-bandlar materiallari xronologik (davriy) tarzda, 3-, 4-, 5-bandlar esa alfavit ketma-ketligida keltiriladi. Har bir manba quyidagicha ketma-ketlikda keltirilishi lozim: muallif (yoki mualliflar) ism shariflari; asar, maqola yoki hujjat nomi, nashriyot nomi va yili, kitobning umumiy sahifa miqdori. jurnal yoki gazetaning nomi, nashr qilingan sanasi, nomeri, maqola chop etilgan sahifalar nomeri. Agar talabaga mutaxassis chiqaruvchi kafedra («Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti»)dan boshqa kafedra rahbarlik qilayotgan boʻlsa, unda bitiruv malakaviy ishida iqtisodiy qism ham boʻlishi shart. Download 410.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling