Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалик вазирлиги
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish
Download 410.79 Kb.
|
BMI uslubiy ko\'rsatma (Iqtisod)
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilishBelgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bitiruv malakaviy ishi (kompyuterda bajarilgan holda uning elektron varianti bilan birga) talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan soʻng, ishni oʻz taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va bitiruv malakaviy ishining boshqa ijobiy tomonlari aks etilgan materiallar asosida, bitiruv malakaviy ishini talaba tomonidan DAKda himoya qilishga kiritish haqida qaror qabul qilinadi. Agar, kafedra mudiri talabaning malakaviy ishini himoyaga kiritish mumkin emas deb hisoblasa, masala kafedra majlisida, rahbar ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra majlisining bayonnomasi fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun rektoratga taqdim etiladi. Himoyaga ruxsat etilgan malakaviy ish taqrizga yuboriladi. Taqrizchilar tarkibi asosan bitiruvchilarni ish bilan ta’minlovchi soha mutaxassislari safidan tanlanadi. Taqrizchilar sifatida oliy oʻquv yurtlarining professor va oʻqituvchilari ham jalb etilishi mumkin. Fakultet dekani bitiruv malakaviy ishini taqriz bilan himoya uchun DAKga yuboradi. Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi «Oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi toʻgʻrisidagi Nizom»da belgilangan. Bitiruv malakaviy ishi himoyadan soʻng (kamida 10 yil) oliy oʻquv yurtida saqlanadi. Har xil sabablar boʻyicha bitiruv malakaviy ishini boshqalarga topshirish zaruriyati mavjud boʻlgan holda (tadbiq etish, tanlovlar va hokazo), ishdan nusxa olinadi (ishning asl nusxasi oliy oʻquv yurtida qoldiriladi). Bitiruv malakaviy ishini rasmiylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: titul varagʻi (3-ilova); mundarija (reja); kirish; ishning boblari; xulosa va takliflar; foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati; ilovalar. topshiriq varaqasi, dastlabki himoya boʻyicha kafedraning ruxsatnomasi ilmiy rahbar taqrizi va tashqi taqriz bitiruv malakaviy ish jildining ichki tomoniga yelimlangan konvertga solib qoʻyiladi. Standart qogʻoz chetidan boʻshliqlar quyidagicha boʻlishi kerak: chapdan – 3 sm, pastdan – 2 sm, yuqoridan – 2,5 sm, oʻngdan – 1,5 sm. Sitatalar qoʻshtirnoq ichida boʻlishi va sahifa oxirida manbasi koʻrsatilishi kerak. Varaqlar raqamlangan boʻlishi shart. Ilovalar himoyaning ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ulardagi ma’lumotlardan jadval yoki slayd shaklida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ilmiy rahbarning taqrizi ishning rasmiy tavsifi hisoblanadi. Asosiy diqqatni talabaning mavzu savollarini qanchalik chuqur oʻrganganligi va ishning qoʻyilgan talablarga javob bera olishiga hamda himoyaga qoʻyish mumkinligiga qaratish lozim. Bajarilgan bitiruv malakaviy ishi rahbarning yozma taqrizi va tashqi taqriz (tashqi taqrizchi kafedra yigʻilishida tasdiqlanadi) bilan birgalikda kafedra rahbariga topshiriladi, qaysiki u taqrizni olgandan soʻng ishni himoyaga qoʻyish yoki qoʻymaslik masalasini hal qiladi. Bitiruv malakaviy ishini himoyaga qoʻymaslik toʻgʻrisidagi masala talaba bilan birgalikda kafedra yigʻilishida koʻrib chiqiladi. Kafedra yigʻilishining bayonnomasi dekanat orqali institut rektoriga yuboriladi. Oʻz vaqtida bitiruv malakaviy ishini bajarmagan talaba talabalik safidan chiqariladi va u 3 yil ichida bitiruv malakaviy ishini himoya qilishi mumkin. Taqrizchi bitiruv malakaviy ishining mazmun va sifatiga baho beradi. Shuning uchun taqrizchi bitiruv malakaviy ishini quyidagi reja boʻyicha tekshirib baho berish kerak: ish mavzusining muhimligi, dolzarbligi; yozilgan matnning mavzuga mosligi; ishlanishni yoʻnalishga muvofiqligi; talabaning xulosa va takliflarining haqqoniyligi, ularning ilmiy, nazariy va amaliy qiymati; bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi va bahosi. Taqriz (kompyuterda terilgan 1-3 bet) bitiruv malakaviy ishi qoralama nusxalari bilan kafedraga topshiriladi. Ilmiy rahbar va talaba taqriz mazmuni bilan tanishib chiqishadi. Bitiruv malakaviy ishi Davlat attestasiya komissiyasi oldida himoya qilishi uchun rektor buyrugʻi bilan ruxsat beriladi. Bitiruvchi talaba tomonidan yozilgan bitiruv malakaviy ishi Davlat attestasiya komissiyasining yigʻilishida umumiy himoyaga qoʻyiladi. Har bir bitiruv malakaviy ishi himoyasining kuni va vaqti kafedra rahbari tomonidan belgilanadi. Bitiruvchi talaba himoya kuniga qadar, Davlat attestasiya komissiyasi yigʻilishga ma’ruza va bitiruv malakaviy ishining himoyasiga kerakli materiallarni (jadvallar, chizmalar, slaydlar va boshqalarni) tayyorlashi kerak. Bitiruv malakaviy ishining himoyasi jarayonida quyidagi bosqichlar boʻladi. talaba himoya uchun material tayyorlaydi; keyin Davlat attestasiya komissiyasiga 10-15 minut ichida bitiruv malakaviy ishning tarkibi, qilingan izlanishlarning mohiyati va ularning natijalari (xulosa va takliflar) haqida ma’ruza(taqdimot) qiladi. Shundan keyin ilmiy rahbarning va tashqi taqrizchilarning «Bitiruv malakaviy ish boʻyicha taqrizini» komissiya kotibi oʻqib eshittiradi. Talabaga himoya davomida komissiya raisi va a’zolari bitiruv malakaviy ishi yuzasidan, shuningdek, ilmiy rahbar taqrizi va tashqi taqriz boʻyicha savollar berishlari mumkin. Bitiruv malakaviy ishi himoyasining natijasi Davlat attestasiya komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Download 410.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling