Zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tasnifi


Download 1.69 Mb.
bet14/61
Sana17.01.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1097250
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61
Bog'liq
3 5 SOG\'LOMLASHTIRISH JISMONIY TARBIYA TADBIRLARINI TASHKIL ETISH

2. Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tasnifi.


Jismoniy tarbiya vositalariga quyidagilar kiradi:

  1. Gigienik omillar.

  2. Tabiatning tabiiy kuchlari (quyosh, havo, suv).

  3. Jismoniy mashqlar.

  4. Xilma-xil faoliyat turlari.

  5. Uqalash.

Gigienik omillarga:
a) mashg‘ulotlar rejimi;
b) dam olish;
v) ovqatlanish;
g) uyqu;
d) kiyim bosh, poyabzal;
e) jismoniy jihozlar, xonalar, maydonchalar h.k. kiradi.
Ular jismoniy mashqlarning shug‘ullanuvchilar organizmiga ta’siri samaradorligini oshiradi.
Gigienik omillari barcha organ va tizimlarning yaxshi ishlashiga Yordam beradi. Masalan, muntazam sifatli ovqatlanish ovqat hazm qilish organining faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi va boshqa organlarga zaruriy oziq moddalarning o‘z vaqtida etib borishini ta’minlaydi, bolaning rivojlanishi va o‘sishiga yordam beradi. To‘laqonli uyqu nerv tizimiga dam beradi va uning ish qobiliyatini oshiradi. Xonalar, jismoniy jihozlar, atribut, o‘yinchoqlar, bolalar kiyimlari va poyabzalining tozaligi kasalliklarning oldini oladi.
Xonalarni to‘g‘ri yoritish ko‘z kasalliklari (shabko‘rlik va boshqalar)ning sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kun tartibiga qat’iy rioya qilish uyushqoqlikka, intizomlilikka o‘rgatadi.
Tabiatning tabiiy kuchlari.
Tabiatning tabiiy kuchlariga quyosh, havo, suv kiradi, ular jismoniy mashqlarning organizmga ta’sirini kuchaytiradi va kishi ish qobiliyatini oshiradi.
Quyoshli, ochiq havoda yoki suvda (suzish) bajariladigan mashqlar jaraYonida ijobiy emotsiyalar paydo bo‘ladi (ko‘proq kislorod yutiladi, modda almaShuvi kuchayadi h.k.)
Quyosh, havo, suv organizmni chiniqtirishga, uni yuqori va past
temperaturaga moslaShuv qobiliyatini oshirishga yordam beradi.
Bular natijasida issiqlikni idora qiluvchi apparat harakatga keladi, ya’ni kishi organizmi turli xil meteorologik omillarning o‘zgarishiga o‘z vaqtida javob bera oladigan darajaga keladi.
Quyosh nuri teri ostida D vitaminining saqlanishiga xizmat qiladi, turli mikroblarni o‘ldiradi va bolalarni kasallik (raxit va boshqa)lardan saqlaydi.
Jismoniy mashqlar.
Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning kishiga har tomonlama ta’sir etuvchi asosiy o‘ziga xos shaklidir. Ulardan jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini hal etishda foydalaniladi: aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling