Zbekiston respublikasi kasaba uyushmalari federatsiyasi mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi
Download 184.32 Kb.
|
huquqiy munosabatlarning tushunchasi tuzulishi va turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odatdagi daraja
- Nazariy daraja
- Huquqiy tarbiya
Jamiyatning huquqiy madaniyati – bu jamiyat yaratgan ma’naviy qadriyatlarning tarkibiy qismidir. U o‘z ichiga huquqiy muloqot va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning huquqiy vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq xulq – atvor hamda harakatlarning barcha turlarini qamrab oladi. U ijtimoiy ong darajasi, qonunchilikning holati va xususiyati, mamlakatda mavjud huquqiy tartibotning mustahkamlik darajasi bilan belgilanadi. Jamiyatning huquqiy madaniyati aholining umumiy madaniy darajasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, aholi madaniyatining siyosiy, ma’naviy, estetik va boshqa turlari bilan o‘zaro aloqador hamda inson (fuqaro) huquqlari va erkinliklarining to‘liqligi, rivojlanganligi va ta’minlanganligi; qonuniylik va huquqiy tartibot holati; jamiyatda yuridik fan va yuridik ta’limning rivojlanish darajasi bilan tavsiflanadi.
YUqoridagilar bilan birga, sub’ektlarning huquqiy madaniyati saviyasiga (darajasiga) ko‘ra uning odatdagi, professional (kasbiy), nazariy turlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Odatdagi daraja huquqiy madaniyat kishilarning kundalik hayoti doirasi bilan chegaralanadi. Kishilar undan o‘z kundalik faoliyatida sub’ektiv huquqlarni ro‘yobga chiqarish, yuklatilgan vazifalarni bajarishda foydalanadilar. Kasbiy darajadagi huquqiy madaniyat yuridik faoliyat bilan o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida doimiy shug‘ullanuvchi shaxslarga xosdir. Mazkur daraja huquqni bilish va huquqiy muammolar, huquqiy faoliyatning maqsad va vazifalarini tushunish darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Nazariy daraja – bu nafaqat huquqni bilish, balki uning teran xossalari va qadriyatlari, amal qilish mexanizmi, huquqning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tushunishning yuksak darajasidir. Huquqiy tarbiya – bu jamiyat a’zolarining yurish-turish madaniyatiga va ongiga huquq haqidagi bilimlarni doimiy ravishda maqsadga muvofiq ta’sir etish orqali singdirib borish jarayonidir. Huquqiy tarbiya – bu huquqiy tajriba almashish bo‘yicha davlat, jamoat tashkilotlari, alohida fuqarolarning bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati: huquqiy normalarga rioya qilish, ularni bajarish va bu normalardan foydalanishni ta’minlovchi muayyan ijobiy tasavvurlar, qarashlar, qadriyatlarni tushunish, yo‘l-yo‘riqlarni shakllantirish maqsadida shaxs ongi va xulq-atvoriga doimiy ta’sir o‘tkazib borishdir. Huquqiy targ‘ibot, huquqiy ta’lim, yuridik amaliyot va o‘zini o‘zi tarbiyalash huquqiy tarbiya vositalariga kiradi. Huquqiy ta’sir mexanizmining tarkibiy elementi bo‘lgan huquqiy tarbiyaga, shuningdek, huquqiy munosabatlarda sub’ektlarning axloqi va huquqiy ongiga ta’sir qiluvchi vosita sifatida ham qarash mumkin. YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha vositalarni qo‘llash asosida huquq haqidagi axborotlarni etkazish, qabul qilish, o‘zgartirish va undan foydalanish hamda uni amalda ro‘yobga chiqarishni ko‘zda tutuvchi huquqiy xabardorlikni amalga oshirish masalalari yotadi. Huquqiy tarbiya huquqiy ong va huquqiy madaniyatning shakllanishi va o‘zgarishida muhim vosita hisoblanadi. Huquqiy tarbiya huquqiy bilimlarni yoyish, to‘g‘ri xulqning muhimligi va qimmati, ularni qabul qilish va keyinchalik o‘zlashtirib olish maqsadida shaxs va jamiyat hayotidagi qonuniylik va boshqa huquqiy holatlardan iborat. Download 184.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling