Zbekiston respublikasi kasaba uyushmalari federatsiyasi mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi


Download 184.32 Kb.
bet13/14
Sana14.05.2023
Hajmi184.32 Kb.
#1461463
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
huquqiy munosabatlarning tushunchasi tuzulishi va turlari

Huquqiy nigilizm jamiyat huquqiy taraqqiyotining tizimli hamda maqsadga muvofiq rivojlanishiga jiddiy xavf tug‘diruvchi hamda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning yuksalishiga to‘siq bo‘luvchi salbiy hodisalardan biridir.
Nigilizm (lotincha “nihil” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “hech narsa”, “inkor” degan ma’noni anglatadi). Huquqiy nigilizm shaxslarning, ijtimoiy guruhlarning muayyan huquqiy qadriyatlarga, normalarga, belgilangan tartib – qoidalarga salbiy munosabatini, mensimaslik va ishonchsizlik kayfiyatini ifodalaydi.
Huquqiy nigilizm quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:
- nazariy shakli (olimlar, mutafakkirlar, siyosatshunoslar tomonidan muayyan manbalarda huquqni inkor qilinishi);
- amaliy shakli (faol va sust (passiv)).
Faol huquqiy nigilizm - ijtimoiy munosabatlarda huquqni ochiqdan ochiq inkor qilish;
Sust huquqiy nigilizm - jamiyatdagi kishilar tomonidan amaldagi huquq normalarini mensimaslik.
Huquqiy idealizm – huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlariga ortiqcha baho berib yuborilishi bilan ajralib turadigan huquqiy ong holatidir. Huquqiy nigilizm va huquqiy idealizm bitta ildizdan, ya’ni, huquqiy bilimsizlikdan, rivojlanmagan va buzilgan huquqiy ongdan, siyosiy-huquqiy madaniyat etishmasligidan kelib chiqadi.
Huquqiy nigilizm ho­latida qonunlar nazar-pisand qilinmaydi, ular ochiq-oydin buzi­ladi, ijro etilmaydi, qadrlanmaydi, izzat-hurmat qilinmaydi. Huquqiy idealizmda esa aksincha, qonunlarga barcha muammolarni bir zumda hal qilishga qodir mo‘‘jizakor kuchga ega bo‘lgan hujjat sifatida qaraladi.
Huquqiy nigilizm jamiyat huquqiy taraqqiyotining tizimli hamda maqsadga muvofiq rivojlanishiga jiddiy xavf tug‘diruvchi hamda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning yuksalishiga to‘siq bo‘luvchi salbiy hodisalardan biridir. Bu boradagi muammolarga to‘xtalib o‘tar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov jumladan quyidagilarni ta’kidlab o‘tgan edi: “Individualizm har bir kishining psixologiyasiga kirib boradi, bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Inson tabiatidagi ongli va ongsiz xatti-harakatlarning hammasidan foydalanadi. YOshlarning ayrim qismi o‘qishga, yuksak kasb mahoratini egallashga intilish o‘rniga engil-elpi hayotni izlashga, bozorda savdo-sotiq qilib, mo‘may daromad orqasidan quvib, bozor munosabatlarining ibtidoiy yo‘llaridan foydalanib, mol-dunyo orttirishga intilayotganligi tasodifiy emas. Nigilizm, shafqatsizlik darajasiga borib etayotgan xudbinlik hollari yuz berayotganligi ham tasodifiy emas. Bularning barchasi, bizning nazarimizda, yana o‘sha individualizmning buzilgan ko‘rinishi, tarbiyadagi nuqsonlar va atrof muhit ta’siridan boshqa narsa emas1.
Bugungi kunda mamlakatimizda huquqiy nigilizm holatlarini oldini olish masalasiga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Uni mumkin qadar kamaytirishning maxsus vositalariga: qabul qilinayotgan qonunlarning lozim darajadagi sifatini ta’minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash, sudning rolini oshirish va sud-huquq islohotlarini amalga oshirish, aholini huquqiy tarbiyalash, yuridik ta’lim va tarbiyani davr talablari bilan muvofiq holatga keltirish kabilar kiradi. SHu bilan birga, huquqni muhofaza qilish tizimi barcha sub’ektlarining huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha izchil ish olib borish lozim bo‘ladi. Bevosita maqsad – qonuniy xulq-atvorga, shu jumladan fuqarolarning qonuniy xulq-atvori, yuristlar va boshqa davlat xizmatchilarining o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida yuridik ahamiyatga molik vaziyatlarda kasbiy faolligiga erishishdir.
SHu jihatdan olganda, mamlakatimizda davlat idoralari, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida qator institutlar va markazlar faol ish olib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi, Adliya vazirligi huzuridagi Respublika yuristlar malakasini oshirish Markazi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi qoshidagi Ichki ishlar idoralari rahbar xodimlarining malakasini oshirish Oliy akademik kurslari, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona va Soliq akademiyalari shular jumlasidandir.a
Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq shaxsni huquqiy ongi va madaniyatini, uning huquqiy faolligini, huquqiy ta’lim va tarbiya tizimining mustahkam qonunchilik asoslarini belgilovchi qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligini alohida qayd etib o‘tish joiz.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 iyundagi “YOshlarning huquqiy ta’limini takomillashtirishning Kompleks dasturi to‘g‘risida”gi 296-sonli Qarori, 1997 yil 29 avgustda tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 29 maydagi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 235-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida” 1997 yil 25 iyun Farmoni, “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish” to‘g‘risidagi 1997 yil 6 oktyabr Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2001 yil 4 yanvar Farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Voyaga etmagan ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida”gi 2000 yil 21 sentyabr Qarori shular jumlasidandir.
Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish jarayonida olib borilayotgan islohotlar ijtimoiy munosabatlarning, shu jumladan, shaxs-jamiyat-davlat munosabatlari tizimining mazmun va mohiyatini muayyan darajada o‘zgarishiga olib kelganligini qayd etish joiz. Ayniqsa, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolarning ishtiroki doirasining kengayayotganligi, bunda fuqarolik jamiyati institutlari, ya’ni siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining ham shaxs siyosiy-huquqiy faolligini kafolatlovchi, ham davlat hokimiyati va mansabdor shaxslar ustidan jamoat nazoratini o‘rnatuvchi tuzilma sifatidagi o‘rni va ahamiyati oshib borayotganligini kuzatish mumkin.

Download 184.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling