Ўзбекистон Республикаси Маданият ва спорт ишлари вазирлиги
“Ijodkor dunyoqarashi va badiiy mazmunning oziga xos xususiyatlari
Download 80.32 Kb.
|
Nutq Maftuna
2.2. “Ijodkor dunyoqarashi va badiiy mazmunning oziga xos xususiyatlari nomli faslida Ogahiyning qalbida quloch yozgan milliy hislar nihoyatda toza va samimiy, dard va iztiroblari hayotiy. Fikrlari tarixiy ildizlardan ajralmagan marifatdan tugilgandir. Ogahiyda ulug vatandoshi Najmiddin Kubroga yaqinlashtiradigan oriflik shavqi va salohiyati bor. Ogahiy shaxsiyatida uning Pahlavon Mahmudga vorisligini tasdiqlovchi javonmardlik fazilatlari shakllangan. Masalan, shoirning:
Himmat agar baland esa bevahm qilgusi, Mori zaif sheri jiyon birla ixtilot, - degan fikrlari Pahlavon Mahmudning «Gar dar safi mo morchai girad joy, On morcha sher gardad az davlati mo» («Agar safimizdan chumoli orin olsa, ul chumoli bizning davlatimizdan sherga aylanadi») satrlarida ifodalangan haqiqatning davomiga oxshab korinishi tasodifiy emas. Najmiddin Kubroning tasavvufning on asosi izohlangan mashhur «Usuli ashara» risolasida shunday sozlar bor: «Vujudning sultoni ruhdir, sultonga tobe bolish va erk-u ixtiyorni unga topshirish vujudga maqbul kelmas. Qalbning haq yoldan boshqa bir yolga yonalish xastaligini yuzaga chiqaruvchi yomon hulqlar esa jaholat, ziqnalik, qorqoqlik, munofiqlik, fitnakorlik, kibr, xudbinlik, jizzakilik, manmanlik, molparastlik, martaba sevgisi kabilardurki, bulardan jahannam eshigi ochilur». Ogahiy uchun ham vujudning sultoni ruh edi. Shoir «Yo rab, meni nafs bandidan ayla xalos» yoki «Ruhimni hamisha nafsga golib et», deya iltijolar 5 qilganda aynan ruh hukmronligini nazarda tutgan. Najmiddin Kubro jahannam eshigining «ochqichi» olaroq tilga olingan biror bir axloqiy tubanlik yoqki, Ogahiy ularni qoralab satrlar bitmagan bolsin. Uningcha, xudbinlik hatto kofirlikdan ham yomon: Kibru naxvatdur batar insonga kufru shirkdin, Kofir olsang ol va lek bolma xudbin, ey kongul. Umumiy manoda olib qaraganda, shoir lirikasining oziga xosligini taminlagan xususiyatlar yaqqol kozga tashlanib turadi. Tabiat tasviri, fasllar tarifi, ijtimoiyaxloqiy mavzudagi gazallarida shoirning shaxsiy tarjimai holiga doir chizgilar qator boy korsatadi. Tabiat injiqliklari oldidagi jismoniy xastaligi, ruhiy bezovtaliklari, oddiy inson sifatidagi kechinmalari shoirni talqinsiz togri tushunishga yol ochadi. Maishiy turmush tarzi ifoda etilgan gazallarni shoirning shaxsiy tarjimai holi bilan bogliq holda biografik tahlil tamoyillariga kora bemalol tahlil qilish mumkin Download 80.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling