Ўзбекистон Республикаси Маданият ва спорт ишлари вазирлиги
Download 80.32 Kb.
|
Nutq Maftuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Mustaqil musammatlar. 2. Tazmin musammatlar. Ushbu faslda ilmiy kuzatishlar natijalari quyidagicha umumlashtirildi
- 1.2. faslda Musammatlar Ogahiy nazmiy merosining tarkibiy qismi sifatida o
- 2 ta murabba, 90 ta muxammas, 6 ta musaddas, 4 ta musamman
- 1) tabi xud muxammaslar; 2) salaflar va zamondoshlar gazallariga taxmis; 3) oz gazallariga taxmis.
- 60 ta taxmis
Nоtо‘liq tаzmin musаmmаtlаrdа ibоrа, jumlа, misrа yоki fаqаt bir bаyt shе’r ichigа kiritilаdi. Tаzmin musаmmаtlаr bоrаsidа yаnа bir jihаtni аlоhidа аytib о‘tishni lоzim dеb tоpаmiz. Tаzmin fаqаt о‘zgа shоir shе’ridаn оlinmаydi. Hоh о‘z g‘аzаlidаn, hоh о‘zgаning g‘аzаlidаn, jumlа, misrа yоki bаytidаn shе’rgа iqtibоs оlinishi mumkin Musammatlarni quyidagicha tasnif qilishni lozim topamiz:
1. Mustaqil musammatlar. 2. Tazmin musammatlar. Ushbu faslda ilmiy kuzatishlar natijalari quyidagicha umumlashtirildi: Musammatning yozma adabiyotdagi ilk namunalari dastlab XI asr fors tojik shoirlari Manuchehriy va Qatron Tabriziy ijodida kozga tashlansa, turkiy mumtoz sheriyatda musammat yozish Hofiz Xorazmiy va Gadoiy devonlarida uchraydi. Musammat janrining paydo bolishida saj sanatining roli katta. Musammat janrining mustaqil musammatlar (tabu xud) va tazmin turlari bor. Tazmin musammatlar toliq va notoliq tazmin korinishlariga ega. Mumtoz adabiyotimiz tarixida musammatlarning murabba, muxammas, musaddas va musamman turlari keng tarqalgan bolsa, musabba va mutassa turlarida yozish ancha kam uchraydi. 1.2. faslda Musammatlar Ogahiy nazmiy merosining tarkibiy qismi sifatida ozbek mumtoz adabiyoti tarixida adabiy merosi kolamining kengligi jihatidan Alisher Navoiydan keyingi yirik ijodkor Muhammad Rizo Ogahiydir. XIX asr va undan keyingi davr adabiyoti, jumladan, Xorazm adabiy muhiti ijodkorlari uchun Ogahiyning poyetik merosi oziga xos ijod maktabi vazifasini otagan deya olamiz. Ogahiy musammatlari shoir nazmiy merosining tarkibiy qismi bolib, ular turkiy va fors-tojik tillarida bitilgan 2 ta murabba, 90 ta muxammas, 6 ta musaddas, 4 ta musamman kabi sheriy shakllardan iborat hamda ulardan nashrga chiqqanlarining umumiy hajmi 3525 misrani tashkil etadi1. Ogahiy adabiy merosidan korinib turibdiki, shoirning eng kop ijod etgan musammat turi bu muxammas ekanligi ayon boladi. Ularni yaratilish xususiyatlariga kora uch guruhga ajratish mumkin: 1) tabi xud muxammaslar; 2) salaflar va zamondoshlar gazallariga taxmis; 3) oz gazallariga taxmis. Ogahiyning tabi xud muxammaslari ishqiy mavzuda bolib, yorga murojaat tarzida yozilgan. Ularda nido sanati yetakchilik qilgan. mumtoz adabiyotimiz namoyandalari oz salaflari boy merosidan bahramand bolib asarlar yaratishar ekan, Ogahiy ham bundan istisno emas. Salaflar va zamondoshlar gazallariga bitilgan taxmislar esa shu gazallardagi goya, mazmun hamda poetik uslubning uzviy davomi sifatida korish mumkin. Shuni takidlash joizki, taxmischilik mavjud fikrni kengaytirish, rivoj toptirish, tolaroq his qilish imkonini beruvchi noyob tuhfadir. Ogahiy salaflari gazaliga Alisher Navoiyga 30 ta, Muhammad Fuzuliyga 7 ta, Rojiy Xorazmiyga 7 ta, Munis Xorazmiyga 5 ta, Muhammad Rahimxon Feruzga 5 ta taxmis boglagan. Shoir zamodoshlari Umarxon Amiriyga 2 ta, Vaziriyga 1 ta, Dilovarga 1 ta, Goziyga 1 ta, Xon (Madalixon)ga 1 ta, jami salaflar va zamondoshlar gazallariga 60 ta taxmis boglagan. Shoir taxmislari orasida eng salmoqlisi Alisher Navoiy gazallariga boglangan. Olima D.Yusupovaning fikricha, oz gazallariga tazmin, xususan, taxmis boglash mumtoz adabiyotimiz tarixida Alisher Navoiygacha kuzatilmagan. Navoiydan keyin esa bunday holat bazi shoirlar, jumladan Xiva adabiy muhiti ijodkorlarida korinadi. Ogahiyning oz gazallariga boglagan taxmislarini gazal bilan bogliq holda quyidagi jadvalni havola etamiz:
Yuqoridagi jadvaldan malum boladiki, Ogahiyning oz gazallariga bitgan 10 ta taxmisidan faqat bittasida gazal va muxammas hajmi orasida tafovut mavjud. Odatda, gazalga taxmis boglanayotganda uning bandlari soni gazal baytlariga mos holga keltiriladi. Lekin bazan shoirning xohishiga kora, gazaldagi ayrim baytlarga taxmis bitilmasligi, yani ular qisqartirilishi mumkin. Aynan shu holat yuqoridagi taxmisda ham kuzatiladi. Taxmisga asos bolgan gazal aslida hajman 11 baytdan iborat. Ammo taxmis boglanganda uning ikki bayti qisqartirilib, 9 band holiga keltirilgan. Download 80.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling