Ўзбекистон Республикаси Маданият ва спорт ишлари вазирлиги


Ushbu faslda ilmiy kuzatishlar natijalari quyidagicha umumlashtirildi


Download 80.32 Kb.
bet3/7
Sana17.11.2023
Hajmi80.32 Kb.
#1782509
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nutq Maftuna

Ushbu faslda ilmiy kuzatishlar natijalari quyidagicha umumlashtirildi:

  1. Shoir muayyan mavzuga doir g‘azal yozar ekan, oradan vaqt o‘tib, shu mavzuga qaytishga ehtiyoj sezgan va shu tariqa o‘z g‘azallarini muxammas holiga keltirgan. Ogahiy o‘z g‘azaliga taxmis bog‘lash natijasida mumtoz adabiyotimizga Alisher Navoiy tomonidan olib kirilgan an’analarga yangicha ruh baxsh etib, o‘zining izdoshlik salohiyatini namoyon etgan. Shoir taxmis bog‘lash uchun o‘z g‘azallarini tanlar ekan, ulardagi ruhning yoshlikka xos jo‘shqin va shiddatkor ekanligiga alohida e’tibor qaratgan.

  2. Ogahiy –iste’dodli shoir. Uning qarashlari, idrok ko‘lami ulkan. Ularning badiiy talqinlari diltortar, jozibali. Ularning har birida Ogahiyning ogoh ko‘ngli bor. Shoirning o‘zi ham bunga: Ne tong ogoh bo‘lsa Ogahiy ishqing siridin kim, /Onga behuda ermas osmondin bu laqab paydo, – deya ishonch bilan ishora qilgan.

    1. Shoir musammatlarining mavzu ko‘lami, shakl va mazmun muvofiqligi nomli faslda “Ta’viz ul-oshiqin” devonidagi musammatlarda shakl va mazmun o‘yg‘unligi tadqiq etilgan.

Ogahiy umrining oxirgi yillarida tuzgan lirik kulliyoti — «Ta’viz ul-oshiqin» («Oshiqlar tumori», 1872) bizgacha to‘la yetib kelgan. Devon an’anaviy tartibda tuzilgan, 470 g‘azal, 3 mustazod, 89 muxammas, 5 musaddas, 2 murabba, 4 musamman, 4 tarje’band, 7 qit’a, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma, 4 chiston, 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri tavil, 1 munojot, 1 oshiq va ma’shuq savol-javobi, 20 ta’rix, 19 qasida — jami 18000 misradan iborat. Devonga «Ash’ori forsiy» nomi bilan Ogahiyning fors tilidagi 1300 misra she’ri ham kiritilgan. Devondagi asarlar mazmun-mundarijasi markazida ishq mavzusi turadi. Masalan:
Oshnolig‘ni uzub mandin tuman ozor ila,
Kuydi yuz begonalarg‘a shevayi raftor ila,
Tuzdi aysh-u, kom-u, rohat bazmini ag‘yor ila,
Ichdi ishrat bodasini sog‘ari sarshor ila,
Sochti lazzat nuqlini la’li shakar guftor ila,
Mast o‘lub sho‘ru alolo boshladi ashror ila,
Emdi man ko‘kni necha yiqsam fig‘on- uzor ila,
Ul mahi sarxush eshitmak ermas imkon, ey ko‘ngul.
Ushbu bandda oshiq ko‘ngliga ma’shuqaning unga qilgan sitamlari haqida yozg‘iradi. Uning oshiqqa iltifot ko‘rsatmayotganligi, raqib bilan shod-u xursandchilik qilishi, bazmlarda may ichib, mast bo‘lishi tasvirlanadi.Oshiq olamga qanchalik dod-u fig‘on solsa ham sarxush yor uni eshitmaydi. Tasavvufda may Allohga bo‘lgan ishqning timsoli hisoblanadi.Ushbu bandda ham may, sarxushlik orqali Yaratganga bo‘lgan ishq nazarda tutilmoqda. Shoir nazarida kishining boshiga keladigan balolar ham, ezguliklar ham uning amallari va xatti-harakatlariga bog‘liq. Zero, har qanday yomonlik bu dunyoda javobsiz qolmaydi.
Ushbu faslda ilmiy kuzatishlar natijalari quyidagicha umumlashtirildi:

  1. Ogahiy musammatlarida ham Sharqning, umuman, dunyoning katta shoirlari kabi bosh mavzu – inson, uning betakror, hassos, umidvor ko‘ngli, uning kim ekanligi, dunyodagi o‘rni masalasi. Shoir inson mohiyatini anglash yo‘lida charchamaydi. Ishqning iztiroblari ichra o‘rtanib kul bo‘lgan ko‘ngilning hasratlaridan o‘zini izlab yozaveradi. Shu bois ularning ma’rifiy qimmati ulkan, ayni paytda, jozibasi, siri, sehri bor.

  2. Ogahiy musammatlarida oshiqning o‘z yoriga - ma’shuqasiga bo‘lgan muhabbati samimiy, ham nihoyatda chuqur ekanligi tasvirlangan. Oshiqning sevgi tuyg‘ulari, orzulari nihoyat darajada tabiiy, bu tufayli o‘quvchiga chuqur ta’sir qiladi. Bu tabiiy va reallik g‘azalga uzoq umr baxsh etadi.


Download 80.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling