Ўзбекистон Республикаси Маданият ва спорт ишлари вазирлиги
Ushbu faslda ilmiy kuzatishlar natijalari quyidagicha umumlashtirildi
Download 80.32 Kb.
|
Nutq Maftuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shoir musammatlarining mavzu kolami, shakl va mazmun muvofiqligi
- Ushbu faslda ilmiy kuzatishlar natijalari quyidagicha umumlashtirildi
Ushbu faslda ilmiy kuzatishlar natijalari quyidagicha umumlashtirildi:
Shoir muayyan mavzuga doir gazal yozar ekan, oradan vaqt otib, shu mavzuga qaytishga ehtiyoj sezgan va shu tariqa oz gazallarini muxammas holiga keltirgan. Ogahiy oz gazaliga taxmis boglash natijasida mumtoz adabiyotimizga Alisher Navoiy tomonidan olib kirilgan ananalarga yangicha ruh baxsh etib, ozining izdoshlik salohiyatini namoyon etgan. Shoir taxmis boglash uchun oz gazallarini tanlar ekan, ulardagi ruhning yoshlikka xos joshqin va shiddatkor ekanligiga alohida etibor qaratgan. Ogahiy istedodli shoir. Uning qarashlari, idrok kolami ulkan. Ularning badiiy talqinlari diltortar, jozibali. Ularning har birida Ogahiyning ogoh kongli bor. Shoirning ozi ham bunga: Ne tong ogoh bolsa Ogahiy ishqing siridin kim, /Onga behuda ermas osmondin bu laqab paydo, deya ishonch bilan ishora qilgan. Shoir musammatlarining mavzu kolami, shakl va mazmun muvofiqligi nomli faslda “Taviz ul-oshiqin devonidagi musammatlarda shakl va mazmun oygunligi tadqiq etilgan. Ogahiy umrining oxirgi yillarida tuzgan lirik kulliyoti «Taviz ul-oshiqin» («Oshiqlar tumori», 1872) bizgacha tola yetib kelgan. Devon ananaviy tartibda tuzilgan, 470 gazal, 3 mustazod, 89 muxammas, 5 musaddas, 2 murabba, 4 musamman, 4 tarjeband, 7 qita, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma, 4 chiston, 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri tavil, 1 munojot, 1 oshiq va mashuq savol-javobi, 20 tarix, 19 qasida jami 18000 misradan iborat. Devonga «Ashori forsiy» nomi bilan Ogahiyning fors tilidagi 1300 misra sheri ham kiritilgan. Devondagi asarlar mazmun-mundarijasi markazida ishq mavzusi turadi. Masalan: Oshnoligni uzub mandin tuman ozor ila, Kuydi yuz begonalarga shevayi raftor ila, Tuzdi aysh-u, kom-u, rohat bazmini agyor ila, Ichdi ishrat bodasini sogari sarshor ila, Sochti lazzat nuqlini lali shakar guftor ila, Mast olub shoru alolo boshladi ashror ila, Emdi man kokni necha yiqsam figon- uzor ila, Ul mahi sarxush eshitmak ermas imkon, ey kongul. Ushbu bandda oshiq kongliga mashuqaning unga qilgan sitamlari haqida yozgiradi. Uning oshiqqa iltifot korsatmayotganligi, raqib bilan shod-u xursandchilik qilishi, bazmlarda may ichib, mast bolishi tasvirlanadi.Oshiq olamga qanchalik dod-u figon solsa ham sarxush yor uni eshitmaydi. Tasavvufda may Allohga bolgan ishqning timsoli hisoblanadi.Ushbu bandda ham may, sarxushlik orqali Yaratganga bolgan ishq nazarda tutilmoqda. Shoir nazarida kishining boshiga keladigan balolar ham, ezguliklar ham uning amallari va xatti-harakatlariga bogliq. Zero, har qanday yomonlik bu dunyoda javobsiz qolmaydi. Ushbu faslda ilmiy kuzatishlar natijalari quyidagicha umumlashtirildi: Ogahiy musammatlarida ham Sharqning, umuman, dunyoning katta shoirlari kabi bosh mavzu inson, uning betakror, hassos, umidvor kongli, uning kim ekanligi, dunyodagi orni masalasi. Shoir inson mohiyatini anglash yolida charchamaydi. Ishqning iztiroblari ichra ortanib kul bolgan kongilning hasratlaridan ozini izlab yozaveradi. Shu bois ularning marifiy qimmati ulkan, ayni paytda, jozibasi, siri, sehri bor. Ogahiy musammatlarida oshiqning oz yoriga - mashuqasiga bolgan muhabbati samimiy, ham nihoyatda chuqur ekanligi tasvirlangan. Oshiqning sevgi tuygulari, orzulari nihoyat darajada tabiiy, bu tufayli oquvchiga chuqur tasir qiladi. Bu tabiiy va reallik gazalga uzoq umr baxsh etadi. Download 80.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling