Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish


Download 176.75 Kb.
bet38/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 26-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish - shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib olingan ashyoni sotish harajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir.
O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.
Musodara qilish. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 27-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish mazkur ashyoni haq to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat bo‘lib, ushbu chora ma’muriy ishlar bo‘yicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan qo‘llaniladi. Huquqbuzarning shaxsiy mulki bo‘lmagan ashyo musodara qilinishi mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno.
O‘qotar qurollar va o‘q dorilarni, boshqa ov qurollarini musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.
Musodara qilish chorasini qo‘llanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
Maxsus huquqdan mahrum etish. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 28-moddasiga binoan muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi tomonidan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerak.
Nogironligi sababli transport vositalaridan foydalanadigan shaxslarga nisbatan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qo‘llanilishi mumkin emas, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 1283-moddasining beshinchi qismida, 1284-moddasining uchinchi qismida, 131-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir sodir etilgan hollar bundan mustasno.
Masalan, transport vositalarini alkogol ichimlikdan, giyohvandlik vositasi ta’siridan mast bo‘lgan holda yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan holda boshqarish hollari, shuningdek o‘zlari ishtirokchi bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan joydan ketib qolish hollari bundan mustasnodir. Asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan ov qilish huquqidan mahrum etish chorasi qo‘llanilishi mumkin emas.
Maxsus huquqdan mahrum etish muddati – kunlar, oylar, yillar bilan hisoblanadi.
Transport vositasini boshqarish hamda ov qilish – shaxsda maxsus huquqning mavjud bo‘lishini talab etadi. Jumladan, transport vositasini boshqarish huquqini olish uchun, belgilangan tartibda malakaviy imtihonni topshirish va haydovchilik guvohnomasini olish lozim.
Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish – bunday huquqqa ega bo‘lgan jismoniy shaxsga nisbatan qo‘llanilib, ma’lum bir muddatda tegishli faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin emasligini belgilab beradi.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 125-moddasiga binoan transport vositalariga – barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, boshqa xil o‘ziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek, mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalari kiradi. Maxsus huquqdan mahrum etish – mazkur huquqdan foydalanish tartibining bir necha marotaba yoki qo‘pol buzilishi uchun qo‘llaniladi.
Ma’muriy qamoqqa olish. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 29-moddasida ko‘rsatilgan bo‘lib unga ko‘ra, ma’muriy qamoqqa olish uch sutkadan o‘n besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun – o‘ttiz sutkagacha muddatga qo‘llaniladi. Ma’muriy qamoqqa olish tuman (shahar) ma’muriy sudi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig‘i tomonidan belgilanadi.
Ma’muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxslarga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.

Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling