Qoidalarning 3-bobi Manfaatlar to‘qnashuviga bag‘ishlangan bo‘lib, unga ko‘ra, milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘z xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladigan shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.
Manfaatlar to‘qnashuvi – Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining shaxsiy manfaatlari ularning o‘z xizmat vazifalarini xolisona va beg‘araz bajarishiga ta’sir ko‘rsatadigan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarda paydo bo‘ladi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining shaxsiy manfaatdorligi ularning shaxsan o‘zi yoki yaqin qarindoshlari, shuningdek ular yaqin yoki ishbilarmonlik munosabatlarida bo‘ladigan boshqa shaxslar uchun har qanday naf ko‘rish yoki afzalliklarga ega bo‘lishni o‘z ichiga oladi.
Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘z rahbarini (komandirini va boshlig‘ini) darhol xabardor qilishi kerak. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotni olgan rahbar (komandir va boshliq) uni tartibga keltirish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.
Korrupsiyani tag-tomiri bilan quritish uchun har bir inson o‘z Vatani va xalqiga sadoqat bilan xizmat qilish – oliy saodat ekanligini anglab, halol yashashi va ishlashi lozim. Korrupsiyani esa, qonun ustuvorligi, vatanparvarlik, imon va e’tiqod hamda fuqarolarning bunday illatga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi yengadi.
Xulosa qilib aytganda, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunning tub zamirida, qonun ustuvorligi tamoyilini yanada rivojlantirish orqali jismoniy va yuridik shaxslarning davlat himoyasiga bo‘lgan huquqlarini samarali ta’minlanishiga, kafolatlanishiga erishish, shaxslarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini o‘z vaqtida tiklash imkonini yaratish orqali, korrupsiya jinoyatlarining tub ildizini yo‘qotish, umuman bunday jinoyatlarning subyektlariga keskin choralar ko‘rish orqali jamiyatda qonun ustuvorligi hamda adolat tamoyillarni yanada mustahkamlash yotadi.
XII BOB. BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH TAMOYILLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |