Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Siyosiy va boshqaruv sohadagi omillarga


Download 176.75 Kb.
bet45/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

Siyosiy va boshqaruv sohadagi omillarga esa quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiq:
-hokimiyat institutlari faoliyatining samarasizligi;
-huquqni muhofaza qiluvchi organlarning asosan davlat manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilganligi;
-uyushgan va korrupsiyaviy jinoyatchilikning ijtimoiy-huquqiy nazorat qilinishini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirishni tartibga soluvchi huquqiy asoslarning yetarli emasligi hamda bu sohada huquqiy tizimning takomillashmaganligi;
-huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatidagi suiiste’molliklar;
-uyushgan va korrupsiyaviy jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini yetarli darajada muvofiqlashtirishning hal etilmaganligi hamda ular funksiyalari chegaralarining aniq belgilanmaganligi;
-davlat xizmatini tashkil etish va nazorat qilish tizimining takomillashmaganligi hamda qonun darajasida huquqiy tartibga solinmaganligi;
-iqtisodiy subyektlarning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatiga davlatning, ayniqsa mahalliy davlat organlarining aralashuviga yo‘l qo‘yilayotganligi;
-davlat xizmatchilarini tanlash va lavozimlarga tayinlashning yangi zamonaviy tizimining to‘liq shakllanmaganligi;
-korrupsiyaga qarshi kurash olib boruvchi tashkilotlarning faoliyatida targ‘ibot-tashviqot va tashkilotchilikning yetarli emasligi;
-fuqarolarning korrupsiya bilan bog‘liq holatlar to‘g‘risida tegishli organlarga xabar bermasligi;
-huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning sudlov va tergov institutlaridan shaxsiy manfaatlarda foydalanishi;
-kadrlarni tayyorlovchi ayrim oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaning mavjudligi va boshqalar.
Ma’naviy-psixologik omillarga:
-mansabdor shaxsning korrupsiyaga bo‘lgan ichki psixologik moyilliklari;
-vakolatlari yuqori bo‘lgan mansabdor shaxsdagi axloqiy chegaraning yo‘qolishi;
-xizmatchining ish faoliyatiga mos bo‘lmagan maosh;
-xizmat vazifasi bo‘yicha yuqori lavozimlarga tayinlash jarayonida yuz beradigan adolatsizliklar;
-rahbarlarning o‘z xodimlariga qo‘pol munosabatda bo‘lishi;
-ayrim davlat muassasalaridagi rahbarlarning kasbiy mahorati, bilimi va dunyoqarashi o‘z lavozimiga mos kelmasligi;
-yaqin orada ishdan ketishini anglab yetgan xizmatchi tomonidan sodir etiladigan korrupsion harakatlar;
-jamiyatda, ayniqsa, davlat boshqaruv tizimida adolatsizlikning mavjudligi;
-to‘rachilik va mahalliychilikning, qarindosh-urug‘chilik va urug‘-aymoqchilikdagi salbiy jihatlarning kuchayib borayotgani;
-aholining, ayniqsa, yoshlarning muayyan qismi o‘rtasida molparastlik va g‘arazgo‘ylik xislatlarining kuchayib borayotgani;
-jamiyatda zo‘rlikni, axloqsizlikni va jinoiy yo‘llar bilan orttirilgan boylik hisobiga dabdabali hayot kechirishni targ‘ib-tashviq qiluvchi manbalarning keng ko‘lamda yoyilayotgani;
-aholi huquqiy ongi va huquqiy madaniyatining past darajadaligi kabilar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari qonuniylik; fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; ochiqlik va shaffoflik; tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; javobgarlikning muqarrarligidan iboratligi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari kuyidagilardan iborat:
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturam;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni konun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish hamda unga qarshi kurashish siyosatining mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori muhim ahamiyatga ega. Mazkur Qaror asosida 2017−2018 yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlandi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 may kunidagi PF-5729-sonli “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonning 1-Ilovasiga ko‘ra “2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi” tasdiqlandi.
Yuqorida ko‘rsatilgan Farmon hamda davlat dasturlarining ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2019-yil 19-avgust kunida 160-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha idoraviy chora-tadbirlar to’g’risida”gi buyrug’i ishlab chiqilgan.
Mazkur buyruq asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining komissiyasi tarkibi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha idoraviy chora-tadbirlar Dasturi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida Milliy gvardiya shaxsiy tarkibini huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan nazorat-rejalari tasdiqlangan.
Buyruqqa asosan, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – Komissiya)ning asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilangan:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarida (keyingi o‘rinlarda – bo‘linmalar) korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini kompleks o‘rganish;
bo‘linmalarda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish;
bo‘linmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar kiritgan holda Milliy gvardiya qo‘mondoniga muntazam ravishda axborot berib borish;
har yili Milliy gvardiya bo‘linmalarini korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy dasturlarini tasdiqlash;
bo‘linmalar zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini majburiy baholab borish;
korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan shaxsiy tarkibning faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari) ro‘yxatini shakllantirish;
har chorakda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy gvardiyaning idoraviy dasturi ijrosining monitoringini amalga oshirish va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga tushirish choralarini ko‘rish;
har yili Milliy gvardiya faoliyatida, shu jumladan, qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish orqali korrupsiya xavf-xatarlariga barham berish bo‘yicha Milliy gvardiya qo‘mondoniga takliflar kiritish.
Shuningdek, ushbu buyruq asosida Milliy gvardiya bo‘linmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi asosiy vazifalari ham mustahkamlab qo‘yilgan:
shaxsiy tarkibga oid qarorlarni qabul qilishga vakolatli komissiyalar (kengash va sudlar) mustaqilligini mustahkamlash, ularga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish shart-sharoitlarini istisno etish;
kadrlarni tanlov asosida saralab olish, kadrlarni lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko‘tarishning shaffofligini ta’minlash;
bo‘linmalarga nomzodlar uchun qo‘yiladigan cheklovlar va taqiqlashlar, shaxsiy tarkibni rag‘batlantirish (jazolash) choralarini ko‘rishda har doim korrupsiyani oldini olish mexanizmlarni belgilash;
kelgusida davlat xizmatchilarining daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etilishi munosabati bilan, ushbu jarayonga munosib tayyorgarlik ko‘rish va shaxsiy tarkibning ish haqini etarli darajada bo‘lishini ta’minlash;
korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslarni himoya qilish va rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;
bo‘linmalarda shaxsiy tarkibning huquqiy ongini, huquqiy madaniyatini va yuridik bilimlarini yanada oshirish;
bo‘linmalardagi shaxsiy tarkib tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishni kuchaytirish;
rahbarlar (komandir va boshliqlar)ning hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni ta’minlash va ularni korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashishda ishtirok etishga jalb qilish;
b) Milliy gvardiya tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, bo‘linmalarni hisobdorligi va faoliyatining ochiqligi mexanizmlarini joriy etish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar to‘qnashuvining oldi olinishini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish orqali tegishli sohalarda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo‘qotish – Milliy gvardiya bo‘linmalari rahbarlarining (komandirlarning va boshliqlarning) birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanishini belgilab qo‘yish;
v) Milliy gvardiya bo‘linmalari rahbarlari (komandir va boshliqlar) o‘zlari rahbarlik qilayotgan bo‘linmalarda korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlamaganliklari va bunday holatlarga huquqiy baho bermaganliklari, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish holatlariga yo‘l qo‘yganliklari yuzasidan shaxsan javobgar bo‘lishini belgilash.
Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2018 yil 20 iyulda 195-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xarbiy xizmatchilarining Odob-axloq qoidalari tasdiqlangan bo‘lib, Ushbu Qoidalar shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari zimmasiga yuklatilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda, umuminsoniy va kasbiy ma’naviy qadriyatlarga, fuqarolik za harbiy burchga rioya etish orqali Milliy gvardiyaning jamiyatdagi nufuzi va obro‘sini oshirish, harbiy xizmat jarayonida xalqning mustahkam ishonchiga sazovor bо‘lishga qaratilgan hujjat hisoblanadi.

Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling