Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


XI BOB. MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHI VA XODIMLARIDA KORRUPSIYAGA QARSHI XULQ-ATVORNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI


Download 176.75 Kb.
bet44/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

XI BOB. MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHI VA XODIMLARIDA KORRUPSIYAGA QARSHI XULQ-ATVORNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI
Korrupsiya ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatida davlat hamda uning boshqaruv sohasidagi mansabdor shaxslari paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Bu borada qadimgi yunon faylasufi Arastu shunday degan edi: “Har qanday davlat tuzumida eng muhimi – bu qonunlar va tartib-qoidalar vositasida ishni shunday tashkil etish-ki, mansabdor shaxslar qing‘ir yo‘l bilan boylik orttira olmasin. Davlat faoliyatining barqarorligini faqatgina korrupsiyani bartaraf etish hisobidangina ta’minlash mumkin”.
Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro miqyosdagi kabi respublikamizda ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Chunki korrupsiya jinoyatchilik, ayniqsa uyushgan jinoyatchilik bilan bevosita bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasining VIII s’ezdidagi ma’ruzasida «Bugungi kunda yana bir ustuvor vazifamiz – mamlakatimiz rivojiga to‘siq bo‘layotgan yovuz illat, ya’ni, korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarini samarali hal etishdan iborat”, deya ta’kidlab o‘tganlar.
Transparency International Corruption Perceptions Index (CPI) 2014 yil e’lon qilgan ma’lumotda O‘zbekiston korrupsiyalashgan davlatlar ro‘yxatida 185 ta mamlakatdan 166-o‘rinni egallagan. Mintaqada esa Turkmanistondan keyin, ikkinchi o‘rinda e’tirof etilgan. Oradan ikki yil o‘tib, davlat korrupsiya reytingida 10 pog‘ona yuqoriladi, ammo 2017 yilda O‘zbekiston 157-o‘rinda, 2018 yilda 158-o‘rinda e’tirof etildi.
Shuni aytish lozimki, korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi faoliyatning qonunchilik asoslarini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun muhim ahamiyat kasb etadi.
Korrupsiya” atamasi lotincha «corruptio» so‘zidan tarjima qilinganda “poraxo‘rlik”, “buzish”, “pasayish” ma’nolarida tushunilsa, ilmiy adabiyotda ingliz tilidagi «corruption» atamasi u bir necha ma’nolarga ega: 1) korrupsiya; 2) buzilish; 3) xato, yanglish, buzilish; 4) chirish, aynish; 5) zarar; 6) axloqsizlik; 7) sotqinlik; 8) buzilish, yo‘ldan ozish; 9) chirish, buzilish kabilar.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunida korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish deya ta’riflangan.
Shuningdek, Qonunga binoan, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik deganda, korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish tushunilsa, manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat sifatida tavsiflangan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida javobgarlik belgi­langan quyidagi ijtimoiy xavfli qilmishlar korrupsiyaviy jinoyatlar hisoblanadi:
1) JK 167-modda. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish;
2) JK 171-modda. Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish;
3) JK 1841-modda. Budjet intizomini buzish;
4) JK 205-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish;
5) JK 206-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolati doira­sidan chetga chiqish;
6) JK 208-modda. Hokimiyat harakatsizligi;
7) JK 210-modda. Pora olish;
8) JK 211-modda. Pora berish;
9) JK 212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish;
10) JK 213-modda. Xizmatchini pora evaziga og‘dirish;
11) JK 214-modda. Tovlamachilik yo‘li bilan haq berishni talab qilish;
12) JK 235-modda. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash;
13) JK 236-modda. Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish;
14) JK 238-modda. Yolg‘on guvohlik berish (2-qismi);
15) JK 243-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromad­larni legallashtirish;
16) JK 301-modda. Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hoki­miyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakat­sizligi.
Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning belgilari quyidagilardan iborat:
1) mansab mavqeyidan foydalanib, mulkni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish;
2) hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish;
3) poraxo‘rlik.
Din nuqtai-nazaridan olganda shariatda ham korrupsiya va poraxo‘rlik qattiq qoralangan.
“Pora” arab tilida “rishva” deb atalib, shar’iy istiloxda, haqni yo‘qqa chiqarish va botilni yuzaga chiqarish uchun beriladigan narsaga aytiladi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sallollohu alayhi vasallam hukmda pora beruvchini va pora oluvchini la’natladilar”.
Odatda, pora oluvchini qoralash ma’nosida ko‘p gapiramizu, pora beruvchi to‘g‘risida gapirmaymiz. Holbuki, ushbu xadisi sharifda pora beruvchi oldin zikr qilinmokda. Chunki, pora deb nomlangan iqtisodiy, axloqiy, ijtimoiy jinoyatni boshlovchi pora beruvchidir.
Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi rivoyat qilgan hadisi sharifda: “Alloh pora beruvchini, pora beruvchini va ikkovlari o‘rtasida yuruvchi porasini la’natlasin”, deyilgan.
Shariatda, qozilarning faoliyatida korrupsiyaning oldini olish xususida shunday deyiladi: agar odil qozi fisq yo‘liga kirsa, masalan, pora olsa, zino qilsa yo xamr ichsa - hokim uni ishdan chetlatur.
Qozi hech kimdan hadya olmas, o‘zi uchun maxsus tashkil qilingan ziyofatga bormas, agar ko‘pchilik chaqirilgan bo‘lsa, borur.
Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida jinoyat va jazo masalalarini hal etishda “Temur tuzuklari” alohida o‘rin egallagan. Tuzuklarda mulkni, xususan, davlat mulkini o‘zlashtirganlik uchun javobgarlikni belgilashda o‘ziga xos yondashuv mavjud bo‘lgan. Xususan, “Mamlakat xazinachilari bo‘lmish moliya vazirlari, moliya ishlarida xiyonat qilsalar va (boylikning bir qismini) o‘zlashtirib olgan bo‘lsalar, (tekshirib ko‘rilsin). Agar o‘zlashtirib olgan pul mablag‘i o‘ziga tegishli haq miqdoridan oshmasa, mazkur mablag‘ unga in’om o‘rnida qoldirilsin. Agar o‘zlashtirib olgan mablag‘i maoshidan ikki barobar ortiq bo‘lsa, ortig‘i oladigan maoshi hisobidan ushlab qolinsin. Agar maoshidan uch barobar ko‘p mablag‘ olgan bo‘lsa, hammasi (saltanat xazinasiga) tortiq sifatida olinsin”.
Kriminologik adabiyotlar va ommaviy axborot vositalari ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda korrupsiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishida bir nechta asosiy, o‘zaro aloqada bo‘lgan va bir-biriga ta’sir etuvchi omillar mavjud.
Xususan, ijtimoiy-iqtisodiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-davlat hokimiyati organlarining iqtisodiy subyektlar faoliyatiga o‘rinsiz aralashishining keng tarqalganligi;
-soliq va boj to‘lovlarini belgilash tizimining takomillashmaganligi;
-xufiyona iqtisodiyot hajmining kattalashgani;
-narxlarning o‘sib borayotgani va pulning qadrsiz­lanishi;
-ishsizlik muammosining kuchayib borayotgani;
-aholi o‘rtasida tabaqalanishning chuqurlashayotgani;
-yashash darajasining pasaygani;
-giyohvandlik miqyosining kengayib borayotgani va boshqalar.

Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling