Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi) bilishi zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarning hajmi


Download 176.75 Kb.
bet47/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

12.1 Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi) bilishi zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarning hajmi

Hozirgi vaqtda baxtsiz hodisa va to‘satdan kasal bo‘lib qolishda tez tibbiy yordam ko‘rsatish yuqori darajaga yetdi. Ammo juda yaxshi tashkil qilingan shiforkorlik davosi ham, agar shikastlangan kishiga o‘z vaqtida kerakli bo‘lgan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, samarasiz va kechikkan bo‘lishi mumkin. Chunki hamma baxtsiz hodisalarda shikastlanish to‘satdan va hayot uchun xavfli bo‘lishi xarakterlidir. Shikastlanish natijasi, ayniqsa, og‘ir va xavfli bo‘lgan shikastlanishlarda, ilk daqiqalardayoq hal bo‘ladi. Shuning uchun ham baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan joydagi kishining tez va samarali birinchi yordam ko‘rsatish qobiliyati juda muhim va hayotiy ahamiyat kasb etadi.


Har bir Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko‘rsatish usullari va qoidalarini bilishi muhimdir, chunki ular voqea sodir bo‘lgan joyga birinchilar qatorida yetib keladilar. Shuning uchun ham ular jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda har qanday ekstremal holatlarda, jumladan, jangovar harakatlarda ham bir-biriga va o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish usullarini to‘la hajmda bilishlari kerak.
Birinchi yordam vositalari. Jarohatlanganlarni tibbiy muassasaga olib borish usullari (Transportirovka).
Birinchi yordam vositalari Tez tibbiy yordam ko‘rsatishda birinchi yordam vositalari qo‘llaniladi. Ular tabel va qo‘l ostidagi vositalarga bo‘linadi. Birinchi yordam tabel vositalariga bog‘lov materiallari, bintlar, tibbiy bog‘lov paketi, steril bog‘lov materiallari, salfetkalar, paxta va boshqalar kiradi. Qon ketishini to‘xtatishda qon to‘xtatuvchi jgutlar, immobilizatsiya uchun fanerli, narvonsimon, to‘rsimon shinalar kabi tabel vositalari qo‘llaniladi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda ba’zi dori-darmonlar ham qo‘llaniladi: yodning 5 % spirtli eritmasi, brilliant ko‘ki (zelyonka)ning 1-2 % spirtli eritmasi, validol tabletkasi, valeriana tindirmasi, navshadil spirti, natriy gidrokarbonat tabletkasi yoki poroshogi, vazelin va boshqalar. Odatda, birinchi tibbiy yordam tabel vositalari jamoat transporti yoki shaxsiy transport haydovchilari aptechkasi tarkibiga kiradi hamda ommaviy dam olish joylarida ham bo‘ladi.
Birinchi yordam ko‘rsatish vaqtida tabel vositalari bo‘lmasa, qo‘l ostidagi vositalardan foydalaniladi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda bunday vositalar sifatida toza choyshab, ko‘ylak, mato (oq mato), karton, faner, taxta, yog‘och va boshqalarni qo‘llash mumkin.

Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling