Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 176.75 Kb.
|
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги
SH.M.Mirziyoyev
Jamiyatda barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish, inson huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish, huquqiy demokratik davlat qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan ko‘zlangan maqsadlarga erishishning muhim sharti hisoblanadi. Mamlakatimizning harbiy qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi va zamonaviy yondashuvlarini o‘zida mujassam etgan 2017-2021 yillar uchun belgilangan Harakatlar strategiyasi dasturiga muvofiq qabul qilingan Mudofaa doktrinasi va shu kabi harbiy sohadagi yangilanishlar milliy armiyamizning qiyofasi va jangovar imkoniyatlarini, harbiy jamoalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni tubdan o‘zgartirish imkonini berdi. Shuningdek, amalga oshirilgan va oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi o‘laroq Qurolli Kuchlarimiz bugungi kunda, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, «...jamiyatimizning ajralmas bir qismiga, mamlakatimiz barqarorligi va taraqqiyotining kafolatiga, harbiy xizmatchilar va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim institutiga aylanmoqda». Davlatimizning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, armiyamizning jangovar qudrati va salohiyatini oshirish Qurolli Kuchlarni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan ta’minlash ham eng muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi kerak. Ayniqsa, Milliy gvardiya bo‘linmalarining mahalla, ovul, qishloq va shaharlarda jamoat tartibini saqlash vazifalarini bajarishlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilishi kerak. Albatta, mazkur masalalarni to‘liq ro‘yobga chiqarilishi, qisqa vaqt mobaynida aniq natijalarga erishish, Milliy gvardiyaning kelgusidagi qiyofasini belgilab beradigan strategik tamoyillar va ana shu maqsadga erishishga qaratilgan keng ko‘lamli kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va samarali amalga oshirishni talab etadi. Download 176.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling