Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI HARBIY XIZMATCHILARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


Download 176.75 Kb.
bet7/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI HARBIY XIZMATCHILARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


2.1 O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining huquqlari

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari harbiy xizmat shartlarida belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda shaxsiy huquq va erkinliklardan to‘liq foydalanadilar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining barcha majburiyatlarini bajaradilar.


Harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat shartlaridan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
Harbiy xizmatchilarning xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi va o‘zlariga topshirilgan uchastkalarda ularning erishgan natijalari qo‘mondonlik tomonidan intizomiy va moddiy rag‘batlantirish choralari bilan taqdirlanishi mumkin.
Harbiy burchni ado etishdagi mardligi va jasorati, jangovar-xizmat faoliyati, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikdagi yuqori ko‘rsatkichlari, yangi, murakkab jangovar texnikani a’lo darajada egallagani, qo‘shinlarga namunali rahbarlik qilgani hamda Vatan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari oldidagi boshqa mislsiz xizmatlari uchun harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlanishga taqdim qilinishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra bunday vakolatga ega bo‘lgan shaxslardan tashqari hech kim harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas.
Harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda qurolni saqlash, olib yurish va qo‘llash huquqiga egadirlar.
Harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat, pul, kiyim-kechak, uy-joy ta’minoti bilan ta’minlanadilar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan pensiya va tibbiy ta’minot hamda boshqa ijtimoiy kafolat va imtiyozlardan foydalanadilar.
Oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga:
yil yakunlariga ko‘ra yanvar oyida qo‘shinlar jangovar shayligini saqlab turgani, xizmat majburiyatlarini vijdonan bajargani uchun mukofot pulini to‘lash to‘g‘risidagi buyruq imzolangan kunda belgilangan me’yorlarga ko‘ra ikkita pul ta’minoti okladiga teng miqdordagi bir marta beriladigan pul mukofoti to‘lanadi;
bir yilda bir marta bitta pul ta’minoti okladiga teng miqdordagi moddiy yordam puli to‘lab beriladi.
Bunda, lavozim okladlari amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan oshirishlarsiz hisobga olinadi.
Harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarni o‘tash davrida oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta’minlanadilar, shuningdek harbiy-tibbiy bo‘linma, harbiy qism va muassasalarda bepul tibbiy ta’minotdan, shu jumladan dori vositalari va boshqa tibbiy mulk bilan bepul ta’minlanish huquqidan foydalanadilar.
Erkin harakatlanish huquqi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy qismlarning jangovar shayligini saqlab turish va xizmat joyiga o‘z vaqtida kelishni ta’minlash zaruratini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning bir haftalik harbiy xizmat vaqtining umumiy davomiyligi qonunchilikda belgilangan bir haftalik ish vaqtining normal davomiyligidan oshib ketmasligi kerak, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va Qurolli Kuchlarning Umumharbiy nizomlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
To‘liq sutkalik rejimda xizmatni o‘tash uch mahal ovqatlanish va kamida to‘rt soatgacha dam olish uchun vaqt ajratgan holda yigirma to‘rt soat mobaynida amalga oshiriladi.
Xizmatni o‘tashning to‘liq sutkalik rejimida harbiy xizmatchilarga, ularning xohishiga ko‘ra oziq-ovqat payogi uchun belgilangan me’yorlar bo‘yicha belgilangan tartibda qozon ta’minotiga qo‘yish yo‘li bilan xizmatni o‘tash joyi bo‘yicha tekin uch mahal ovqat taqdim qilinishi mumkin.
Dam olish va bayram kunlari harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish uchun jalb etilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga haftaning boshqa kunlari dam olish vaqti beriladi.
Muddatli harbiy xizmatchilar xizmat vaqtining davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlari talablariga muvofiq ravishda harbiy qism kun tartibi bilan belgilanadi.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va ular bilan birga yashovchi oila a’zolariga (eri, xotini, farzandlari, shuningdek ularning qaramog‘idagi shaxslar) yangi harbiy xizmat joyida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartib va me’yorlar bo‘yicha yashash uchun turar joy beriladi.
Harbiy xizmatchilar va ular bilan birga yashovchi oila a’zolari (eri, xotini, farzandlari, shuningdek ularning qaramog‘idagi shaxslar) turar joy bilan ta’minlanmagan taqdirda, ularga har oyda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan miqdorda turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kompensatsiya puli to‘lanadi.
Haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan (rezervga, iste’foga bo‘shatilgan) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar harbiy xizmatining umumiy davomiyligi o‘n va undan ortiq kalendar yiliga yetganda O‘zbekiston Respublikasining uy-joy qonunchiligida ko‘zda tutilgan me’yorlar va tartibga muvofiq o‘zlari egallab turgan turar joylarini bepul xususiylashtirib olish huquqiga egadirlar, yopiq harbiy shaharchalardagi xizmat turar joylari bundan mustasno.
Uy-joy bilan ta’minlanmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga ularning arizasiga binoan taqdim qilinayotgan uy-joy umumiy qiymatining 25 foizidan 50 foizigacha miqdordagi dastlabgi badal pulini davlat byudjeti mablag‘lari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to‘lash yo‘li bilan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti berish tizimi bo‘yicha turar joylar (er uchastkalari) berilishi mumkin.
Uzoq muddatli ipoteka krediti, shuningdek dastlabki badal miqdorini aniqlash tartibi va mexanizmi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari (eri, xotini, farzandlari, shuningdek qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar) boquvchisini yo‘qotgan taqdirda ularga boshqa qulay va shinam turar joy bepul ajratilgunga qadar egallab turgan turar joydan majburan ko‘chirib yuborilishi mumkin emas. Harbiy xizmatchi halok bo‘lgandan (vafot etgandan) so‘ng ularda qonunchilikka muvofiq turar joy sharoitlarini yaxshilash huquqi saqlanib qoladi.
Harbiy xizmatchilar harbiy-tibbiy bo‘linma, harbiy qism va muassasalarda bepul tibbiy yordam olish, shu jumladan tish protezlarini yasatish va ta’mirlatish (qimmatbaho metall va boshqa qimmat turuvchi materiallardan tayyorlangan protezlar bundan mustasno), dori vositalari, boshqa tibbiy mulk bilan bepul ta’minlanish huquqiga ega. Harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatni o‘tash, yashash joylarida harbiy-tibbiy muassasalar yoki ularda tegishli bo‘limlar yoxud maxsus tibbiy asbob uskunalar bo‘lmagan hollarda, shuningdek kechiktirib bo‘lmaydigan (shoshilinch) holatlarda tibbiy yordam mulkchilik shaklidan qat’i nazar tibbiy muassasalarda ko‘rsatiladi.
Muddatli harbiy xizmatchilar va oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga ko‘ra sanatoriya-kurort muassasalarida bepul davolanish bilan ta’minlanadilar.
Harbiy xizmatni o‘tash davrida halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy xizmatdan (harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgani, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yoki tashkiliy-shtat tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan) bo‘shatilgandan so‘ng halok bo‘lgan (vafot etgan) hamda harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lgan ofitser va generallarning boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolarida harbiy xizmatchining hayotligida bo‘lganidek tibbiy yordam ko‘rsatish, sanatoriya-kurortlarda davolanish, ushbu davolanish joyiga borish va qaytishda transportdan imtiyozli foydalanish huquqlari saqlanib qoladi.
Harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning ota-onalari, turmush o‘rtoqlari va farzandlariga (yigirma uch yoshgacha) harbiy-tibbiy muassasalarda bepul tibbiy yordam olish huquqi beriladi.
Harbiy xizmatchilar xizmat safariga, harbiy xizmatni o‘tash uchun yangi joyga o‘tkazilganligi munosabati bilan, yiliga bir marta asosiy (kanikulyar) ta’tilni, qo‘shimcha ta’tillarni o‘tkazish joylariga, davolanishga borish va qaytishda, harbiy xizmatdan bo‘shaganda o‘zi tanlagan yashash joyiga borishda temir yo‘l, havo, suv va avtomobil (taksidan tashqari) transportidan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lib, bunda oddiy askarlar tarkibiga mansub muddatli harbiy xizmatchilar, shuningdek oddiy askarlar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar qo‘shimcha ravishda shahar ichi, shahar atrofi va mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi jamoat transportining barcha turlaridan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar harbiy xizmatni o‘tashning yangi joyiga borishda va harbiy xizmatdan bo‘shatilganda o‘n tonnagacha bo‘lgan shaxsiy mulkni konteynerlarda oldingi turar joyidan yangisiga temir yo‘l transportida, temir yo‘l transporti bo‘lmagan joyda esa transportning boshqa turlari (havo transporti bundan mustasno) bilan bepul tashish huquqiga egalar. Shaxsiy mulkni alohida vagonda, bagaj qilib va kichik holda jo‘natilganda ularning haqiqiy xarajatlari qoplanadi, biroq bu miqdor o‘n tonnali yukni konteynerda tashish qiymatidan oshmasligi kerak.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining u bilan birga yashayotgan oila a’zolari harbiy xizmatchilar uchun belgilangan asoslarda: harbiy xizmatni o‘tashning yangi joyiga o‘tkazilgani munosabati bilan harbiy xizmatchining turar joyidan harbiy xizmat joyigacha; harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasiga ko‘ra davolash muassasalarida davolanishga borish va u yerdan qaytish; harbiy xizmatchi harbiy xizmatdan bo‘shatilganda, shuningdek harbiy xizmatchi halok bo‘lganda (vafot etganda) tanlangan yashash joyiga borishda transportdan bepul foydalanish huquqiga ega.
Harbiy xizmatchining oila a’zolari harbiy xizmatchining halok bo‘lganligi (vafoti etganligi) munosabati bilan tanlangan yashash joyiga ko‘chib borishda o‘n tonnagacha bo‘lgan shaxsiy mulkni konteynerlarda temir yo‘l transportida, temir yo‘l transporti bo‘lmagan joyda esa transportning boshqa turlari (havo transporti bundan mustasno) bilan bepul tashish huquqiga ega. Shaxsiy mulkni alohida vagonda, bagaj qilib va kichik holda jo‘natilganda ularning haqiqiy xarajatlar qoplanadi, biroq bu miqdor o‘n tonnali yukni konteynerda tashish qiymatidan oshmasligi kerak.
Harbiy yig‘inlarga chaqirilgan, harbiy xizmatni (harbiy yig‘inlarni) o‘tash vaqtida vafot etgan yoki tinchlik davrida shikastlanish (jarohatlanish, travma olish, kontuziya), kasallik natijasida vafot etgan harbiy xizmatchilarni, fuqarolarni, shuningdek harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgani, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, kontrakt muddatining tugagani yoki tashkiliy-shtat tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan harbiy xizmatdan bo‘shatilgandan so‘ng vafot etgan fuqarolarni dafn etish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatchi halok bo‘lganda (vafot etganda) uning oila a’zolari u dafn etiladigan joyga bepul borish va qaytish huquqiga ega. Halok bo‘lgan (vafot etgan) va O‘zbekiston Respublikasi hududida dafn etilgan harbiy xizmatchining oila a’zolari bir yilda bir marta dafn etilgan joyga bepul borish va qaytish huquqiga ega.
Harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasiga ko‘ra davolash yoki sanatoriya-kurort muassasasiga, kasalligi sababli ta’tilga, harbiy xizmatdan bo‘shaganda tanlangan yashash joyiga ketayotgan harbiy xizmatchini kuzatib boruvchi shaxs zarur bo‘lganda kuzatib boruvchi o‘zi kuzatib borayotgan shaxs uchun belgilangan asoslarda transportdan bepul foydalanish huquqiga ega.
Muddatli harbiy xizmatchilar harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan jo‘natiladigan xatlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab bepul yuborish huquqiga egadirlar.
Favqulodda vaziyat sharoitlarida va jangovar harakatlar olib borilayotganda vazifalarini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchining oila a’zolariga (eri, xotini, farzandlari, shuningdek uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga) urush davrida halok bo‘lgan harbiy xizmatchining oila a’zolariga nisbatan belgilangan imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalar tatbiq etiladi.
Fuqarolarning haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lgan davri O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ularning umumiy ish staji va ixtisoslik bo‘yicha ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Harbiy xizmatchilar quyidagi huquqlarga ega emas:
harbiy qismning mulki va moliyaviy mablag‘lari, shuningdek davlatning boshqa mulkini harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda ishlatish;
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq chiqishlar (ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar bundan mustasno) va nutqlar uchun gonorar olish;
boshqa haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanish, ilmiy, pedagogik va boshqa ijodiy faoliyat olib borish bundan mustasno, agarda u harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qilmasa;
shaxsan o‘zi yoki vakolatli shaxslar orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, shu jumladan xususiy tijorat tashkilotlarini boshqarishda ishtirok etish, shuningdek xizmat mavqeyidan foydalanib tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslarga yordam ko‘rsatish;
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarganligi uchun jismoniy va yuridik shaxslardan mukofotlar (sovg‘alar, pul mablag‘lari, ssudalar, xizmatlar, ko‘ngilochar, hordiq, transport xarajatlari uchun haq to‘lash va boshqa mukofotlar) olish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlariga muvofiq harbiy xizmatchilar taqdirlanadigan qimmatbaho (shu jumladan ismi yozilgan) sovg‘alar va pul mablag‘lari bundan mustasno;
jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan xorijiy xizmat safarlariga borish, xalqaro shartnomalarga muvofiq yoki davlat hokimiyati organlarining xorijiy davlatlarning tegishli davlat hokimiyati organlari yoki xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro kelishuvlari asosida amalga oshiriladigan xizmat safarlari bundan mustasno;
siyosiy partiyalar hamda ijtimoiy, shu jumladan diniy birlashmalarning manfaatlarida, shuningdek ularning g‘oyalarini targ‘ib qilishda o‘z xizmat mavqeyidan foydalanish.
Yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik holatlari va yetkazilgan zarar uchun harbiy xizmatchilar qonunchilikda belgilangan asoslar va tartibda intizomiy, ma’muriy, jinoiy, fuqarolik-huquqiy va moddiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Harbiy xizmatchilarning o‘z huquqlaridan foydalanishi jamiyatning, davlatning huquqlariga va qonuniy manfaatlariga, harbiy xizmatga, boshqa harbiy xizmatchilar va turli fuqarolarning huquqlariga putur yetkazmasligi lozim.
Harbiy xizmatchi Harbiy qasamyodni qabul qilmagunga qadar harbiy lavozimga tayinlanishi, jangovar topshiriqlarni bajarishga (jangovar harakatlarda ishtirok etishga, jangovar navbatchilikka, jangovar xizmatga, qorovullik xizmatini o‘tashga) jalb etilishi mumkin emas; harbiy xizmatchiga qurol-aslaha va harbiy texnika birkitilishi mumkin emas, unga bandi qilish tarzida intizomiy ta’zir berilishi mumkin emas.
Harbiy xizmatchilar harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish chog‘ida, zarur bo‘lgan xollarda esa xizmatdan tashqari vaqtda ham qurol saqlash, taqib yurish, qo‘llash va foydalanish huquqiga egadirlar.
Harbiy xizmatchilarning qurol saqlash qoidalari va qo‘llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Umumharbiy Nizomlari hamda boshqa rahbariy hujjatlar asosida belgilanadi.
Harbiy xizmatchilar:
agar boshqacha yo‘llar va vositalar bilan muhofaza qilish mumkin bo‘lmasa, qo‘riqlanadigan harbiy va davlat inshootlariga, shuningdek, harbiy qism va bo‘linmalar qarorgohlariga, harbiy qism imoratlari va inshootlariga, harbiy eshelonga, mashinalar kolonnalariga, yakka transport vositalariga va qorovulga to‘da bo‘lib yoxud qurolli hujumni qaytarish uchun;
agar boshqacha yo‘llar va vositalar bilan muhofaza qilish mumkin bo‘lmasa, qurol va harbiy texnikani zo‘ravonlik bilan egallab olishga urinishlarning oldini olish uchun;
agar boshqacha yo‘llar va vositalar bilan muhofaza qilishning iloji bo‘lmasa, harbiy xizmatchilarni va fuqarolarni ularning hayotiga va sog‘ligiga tajovuz qiladigan hujumlardan muhofaza qilish uchun;
agar boshqacha yo‘llar va vositalar bilan qarshilikni bostirish, jinoyatchini ushlash yoxud qurolni tortib olishning iloji bo‘lmasa, jinoyat sodir qilgan yoxud og‘ir va xavfli jinoyat sodir qilish ustida qulga tushganda qurolli qarshilik ko‘rsatgan shaxsni, shuningdek, qurolni topshirish to‘g‘risidagi qonuniy talabni bajarishdan bo‘yin tovlagan qurollangan shaxsni ushlash uchun eng so‘nggi chora sifatida qurolni shaxsan yoxud bo‘linma tarkibida qo‘llash huquqiga egadirlar.



Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling