Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Muddatli harbiy xizmatga chaqirish tartibi
Download 176.75 Kb.
|
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.5 Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash
1.4 Muddatli harbiy xizmatga chaqirish tartibi
Muddatli harbiy xizmatga o‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, shuningdek muqaddam haqiqiy harbiy xizmatni o‘tamagan ofitserlar chaqiriladi. Fuqarolarni chaqirish, yig‘ish va ularni muddatli harbiy xizmatga jo‘natish va harbiy qismlarda qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish yoki undan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan chaqiriluvchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga (keyingi o‘rinlarda – Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom) muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Chaqiriluvchining tibbiy ko‘rik natijalariga muvofiq tuman (shahar) chaqiruv komissiyasi muddatli harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 1.5 Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga quyidagi talablarga javob beradigan fuqarolar qabul qilinadi: a) oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlariga – o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar va ayollar hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar; b) oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga – muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan oddiy askar va serjantlar tarkibidagi qirq yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar; v) oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibi lavozimlariga – muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan va oliy ma’lumotga ega o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar; g) oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari lavozimlariga – o‘n yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar, shuningdek o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar, shuningdek yigirma olti yoshgacha bo‘lgan va oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining talabalari; d) ofitserlar tarkibi lavozimlariga – qirq yoshgacha bo‘lgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan nomzodlarga qo‘yilgan maxsus antropometrik parametrlar vazirliklar tomonidan belgilanadi. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar lavozimlarini butlash uchun yuksak kasbiy tayyorgarlik va faoliyatida katta tajribaga ega bo‘lgan, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetmagan fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan kelishilgan holda vazirlik rahbarining qaroriga ko‘ra harbiy xizmatga qabul qilishga ruxsat etiladi. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun harbiy-kasbiy saralash (keyingi o‘rinlarda – saralash) tashkillashtiriladi. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi nomzodlarini saralash tanlov asosida o‘tkaziladi va vazirliklar zimmasiga yuklanadi. Fan, madaniyat va sport arboblari orasidan nomzodlar vazirlik tomonidan belgilangan tartibda saralashdan o‘tmasdan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishi mumkin. Nomzodlarni saralashni amalga oshirish uchun kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash komissiyalari tuziladi. Saralash komissiyalarini tuzish bo‘yicha vazirlik mansabdor shaxslarining vakolatlari va ularga bo‘ysunuvchi bo‘linmalarda saralashni o‘tkazish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi. Nomzod tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uning natijalari bo‘yicha nomzodning harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Download 176.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling