Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 176.75 Kb.
|
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги
V BOB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI HARBIY XIZMATCHILARINING JAMOAT TARTIBINI SAQLASH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA XIZMAT OLIB BORISH TARTIBI
5.1 O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari tomonidan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmat olib borish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (keyingi o‘rinlarda-Milliy gvardiya deb yuritiladi) harbiy xizmatchilarning jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmat olib borish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, me’yoriy hujjatlar, hamda Milliy gvardiya Qo‘mondonining 221-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Vaqtinchalik yo‘riqnoma asosida belgilangan. Jamoat tartibini saqlash patruli (keyingi o‘rinlarda – patrul deb yuritiladi) – belgilangan yo‘nalishlarda piyoda, xizmat otlari yoki avtomobil (mototsikl)larda patrullash usuli bilan xizmat olib boradigan, fuqarolar tomonidan jamoat tartibiga rioya etilishini ta’minlash hamda biriktirilgan hudud va unda joylashgan ob’ektlarda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tashkil etiladigan ichki ishlar organlari xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tarkibidan iborat bo‘lgan naryad turidir. Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchilari patrul (naryad) tarkibida xizmat olib borish jarayonida ichki ishlar organlari xodimlari yoki Milliy gvardiya harbiy xizmatchilaridan tayinlangan patrul (naryad) kattasiga bo‘ysunadi, o‘z majburiyatlarini uning bevosita rahbarligida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat olib boriladigan hududda joylashgan ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda bajaradi. Patrul tarkibida xizmatga jalb etilgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi quyidagilarni bilishi lozim: tezkor vaziyat va yo‘nalish (xizmat o‘tash joyi)ning tavsifini; qo‘shni patrul (naryad)lar yo‘nalishlarining (xizmat o‘tash joyi) joylashuvi, shu jumladan ular bilan hamkorlik qilish tartibini; yo‘nalish (xizmat o‘tash joyi)dagi ko‘chalar, yashash massivlari, parklar va boshqa ob’ektlar, tashkilot, korxona va savdo ob’ektlarining joylashuvini. Download 176.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling