Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 176.75 Kb.
bet10/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

Har kimning fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasiga ko‘ra, «Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin».
O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 apreldagi «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi. Har kimning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi.
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o‘zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonun hujjatlari bilan, shuningdek, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir.
Shaxsning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish huquqi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-moddasiga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim».
O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, har kim axborotni moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqiga ega.
Vijdon erkinligi huquqi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga ko‘ra, «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi».
Vijdon va din erkinligining mohiyati Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 18-moddasida hamda Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 18-moddasida quyidagi tarzda ochib berilgan:
- o‘z ixtiyoriga ko‘ra, din va e’tiqodni qabul qilish;
- din yoki e’tiqodga ega bo‘lish;
- din yoki e’tiqodni o‘zgartirish;
- dinga yakka holda yoki jamoa tarzda amal qilish, ommaviy yoki xususiy tartibda toat-ibodat qilish yoki ta’limot orqali e’tiqod qilish;
- ibodat qilish yoki diniy va an’anaviy marosimlarni bajarish;
- ota-onalar va qonuniy vasiylarga o‘z e’tiqodlaridan kelib chiqqan holda farzandlarini diniy va axloqiy tarbiyalash imkoniyatini kafolatlash.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 1 maydagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» (yangi tahrir)gi qonuniga ko‘ra, fuqaro o‘zining dinga, diniy e’tiqodga yoki undan voz kechishga, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda, dinni o‘rganishda qatnashish yoki qatnashmaslikda o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni biror-bir darajada majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
I. Dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqodlar millimy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi va axloq, huquq va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin.
II. Fuqarolarning siyosiy huquqlari. Shaxsning fuqarolik holati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, u tegishli davlatning o‘z fuqarolariga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi. Siyosiy huquqlarga faqat mamlakat fuqarosi ega bo‘lishi mumkin. Bu farqlarni konstitutsiyalar shaxsiy huquqlarni barchaga (har kim, hamma uchun), siyosiy huquqlarni esa fuqarolarga tegishli etib ko‘rsatish orqali aniq namoyon qiladi.
Fuqarolarning siyosiy huquqlari deyilganda, insonlarning bevosita siyosiy manfaatlariga tegishli huquqlari tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning quyidagi siyosiy huquq va erkinliklari aks etgan:
– fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish huquqi (32-modda);
– fuqarolarning qonunga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida o‘zlarining ijtimoiy faolliklarini amalga oshirish huquqi (32-modda);
– turli xil jamoat birlashmalariga uyushish va ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi (34-modda);
fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi (35-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari xizmat faoliyatida qonunlar, harbiy nizomlarning talablariga amal qiladilar va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat tashkilotlari va birlashmalarining faoliyatlari bilan aloqador bo‘lmasliklari lozim (Ichki xizmat nizomi 13-moddasi 1-qismi)2.
Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi. Fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida ishtirok etish shakllaridan yana biri bu davlat organlariga, muassasalariga, mansabdor shaxslarga, xalq vakillariga murojaat etish huquqidir. Murojaat orqali fuqarolar jamiyat va davlat ishlarida bevosita ishtirok etadi.
Konstitutsiyaning 35-moddasida: «Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.
III. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida quyidagi iqtisodiy va ijtimoiy huquq va erkinliklari belgilab qo‘yilgan:
– mulkdor bo‘lish huquqi (36-modda);
– mehnat qilish, erkin kasb tanlash va adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqi (37-modda);
– ishsizlikdan himoyalanish huquqi (37-modda);
– dam olish huquqi (38-modda);
– ijtimoiy ta’minot olish huquqi (39-modda);
– malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi (40-modda);
– bilim olish huquqi (41-modda);
– ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi huquqi (42-modda);

  • madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi (42-modda)3.




Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling