Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
“Shaxsning huquqiy maqomi” tushunchasi va elementlari
Download 176.75 Kb.
|
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги
3.3 “Shaxsning huquqiy maqomi” tushunchasi va elementlari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra, inson, uning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadi. Huquqiy layoqat shaxsning konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishini bildiradi. Shaxsning huquqiy layoqati u tug‘ilgan vaqtda paydo bo‘ladi va vafot etishi bilan tugaydi. Muomala layoqati shaxsning o‘z harakatlari bilan huquqiy munosabatlarga kirishish va tegishli huquqlarga ega bo‘lish hamda ularni amalga oshirish layoqati, o‘zi uchun konstitutsiyaviy majburiyatlar vujudga keltirish va ularni bajarishidir. Qonun hujjatlari bilan belgilangan alohida hollarda voyaga yetgan fuqaro muomalaga layoqatsiz deb topilishi yoki uning muomala layoqati cheklanishi mumkin. Bu holat faqatgina sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga binoan yuzaga keladi. 1. Shaxs va fuqaroning huquq va erkinliklari sohasida xalqaro huquq normalarining ustunligi. Huquqiy maqomning ushbu prinsipi xalqaro huquq prinsiplari va normalaridan hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalaridan kelib chiqadi. 2. Asosiy huquq va erkinliklarning ajralmasligi. Bu qoida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasida shaxs huquqiy maqomining prinsipi sifatida mustahkamlab qo‘yilgan. Unda shunday deyiladi: «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konsti-tutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas». 3. Huquq va erkinliklarning bevosita amalga oshirilishi. Ushbu prinsip O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan, unda davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlashi aytilgan. Ushbu huquq va erkinliklar qonun hujjatlarining mohiyati va qo‘llanilishini, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini belgilab beradi va odil sudlov bilan ta’minlanadi. 4. Huquq va erkinliklarni majburan cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi. Huquq va erkinliklarni majburan cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi prinsipi umumiy tarzda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan: bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. «Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas» (19-modda). Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 12-moddasiga asosan, «hech kim insonning shaxsiy va oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashishi, insonning uy-joy daxlsizligiga, uning xatlaridagi sirlariga yoki or-nomusi va sha’niga o‘zboshimchalik bilan tajovuz qilishi mumkin emas. Har bir inson ana shunday aralashish yoki tajovuzdan qonun yordamida himoyalanish huquqiga egadir»4. 5.Shaxs va fuqaro huquq va erkinliklarining davlat tomonidan kafolatlanganligi davlatning shaxs va fuqaro Konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklaridan amalda foydalanishini (tegishli iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sharoitlar yaratish yo‘li bilan) ta’minlashidir. Ushbu prinsip O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida mustahkamlangan va unda shunday deyiladi: «Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi». 6. Teng huquqlilik prinsipi shuni bildiradi-ki, davlat jamiyatning har bir a’zosiga boshqa a’zolari bilan bir xil huquq va erkinlarni kafolatlaydi, undan bir xil majburiyatlarni bajarishni talab qiladi va unga boshqalar bilan bir xil bo‘lgan asoslarda huquq, erkinlik va majburiyatlar amalga oshirilishini ta’minlaydi. 7. Shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishi boshqalarning huquq va erkinliklariga putur yetkazmasligi shart ekanligi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasida: «Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart», – deyilgan. Hech bir jamiyat o‘z a’zolariga mutlaq erkinlik bera olmaydi, chunki bu holat ularning birgalikda yashash imkoniyatlarini yo‘qqa chiqaradi. Shu bois shaxs va fuqaroning huquq va erkinliklari tizimi ob’ektiv jihatdan barcha odamlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda ularning huquq va erkinliklari boshqa shaxslarning suiiste’mol qilishlari natijasida buzilishi holatiga barham berish nuqtai nazaridan shakllantiriladi. Download 176.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling