Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari patrul (naryad)larining fuqarolar bilan muomala madaniyati


Download 176.75 Kb.
bet15/55
Sana16.02.2023
Hajmi176.75 Kb.
#1204192
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bog'liq
ҚЎЛЛАНМА УМУМИЙ охирги

5.2 Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari patrul (naryad)larining fuqarolar bilan muomala madaniyati

Patrul (naryad) tarkibida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (keyingi o‘rinlarda - patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi deb yuritiladi) fuqarolar bilan muloqotda bo‘lganida har qanday vaziyatda xushmuomala, odobli bo‘lishi, fuqarolarga «Siz» deb murojaat qilishi, tanbeh va talablarni imkon qadar qat’iy va tushunarli shaklda bayon etishi, tortishuvga (baxs-munozaraga) yul qo‘ymasligi, fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini haqoratlovchi harakatlarni sodir etmasligi lozim.


Patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi fuqarolar bilan muomalada bo‘lganda o‘z harbiy unvoni va familiyasini aytishga, fuqaro talabiga ko‘ra xizmat guvohnomasini ko‘rsatishga, undan so‘ng murojaat sababi va maqsadi bo‘yicha xabardor etishga majburdir.
Patrul tarkibidagi harbiy xizmatchiga fuqarolar murojaat etgan taqdirda, uni diqqat bilan tinglashi, (zarurat tug‘ilganda harbiy unvoni va familiyalarini aytishi), vakolatlari doirasida tegishli chora ko‘rishi yoki ushbu masalani hal etish kimlarning vakolatiga kirishini tushuntirishi lozim.
Fuqarolar bilan muomala jarayonida, patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi og‘ir, bosiq va vazmin bo‘lishga majbur. Gap talashish, esankirab qolish, qo‘pollikka qo‘pollik bilan javob berish va o‘z harakatlarida shaxsiy yomon hissiyotlarga berilmasliklari lozim.
Agar tartibbuzar patrul tarkibidagi harbiy xizmatchining tanbehlariga nisbatan asabiy holda javob qaytarsa, unga tinchlanish uchun vaqt berishi va huquqbuzarlik harakatlari yuzasidan tushuntirishga imkoniyat yaratishi kerak, so‘ngra qonun yoki boshqa normativ - huquqiy hujjatlarga muvofiq o‘zini noto‘g‘ri tutganligini tushuntirishi lozim.
Yonida farzandlari bor tartibbuzarga imkon qadar farzandlari eshitmaydigan tarzda tanbeh berishi lozim.
O‘smirlar bilan kattalar kabi muloyim munosabatda bo‘lish kerak. Bolalarga tanbeh (nasihat) berganda ularning yoshi inobatga olinishi lozim.
Patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi tekshiruv vaqtida fuqarolarning hujjatlari bilan ehtiyotkor bo‘lishi, ularda hech qanday yozuvlarni qayd etmasliklari lozim. Agar hujjat ichida pul yoki boshqa qimmatbaho qog‘oz bo‘lsa, hujjat egasiga ularni shaxsan o‘zi olishini taklif etishi shart.
Patrul tarkibidagi harbiy xizmatchi tomonidan jismoniy kuch faqatgina huquqbuzarlik sodir etilishini to‘xtatishning boshqa choralari bo‘lmaganda qo‘llaniladi.
Diplomatik daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslarning daxlsizligi ularning huquqbuzarlik harakatlarini, shu jumladan jinoyat sodir etishi va jamoat tartibi buzilishining oldini olish uchun tegishli choralarni qo‘llashni istisno etmaydi.



Download 176.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling