Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt boshqarmasi


O’qituvchining kasbkorlik sifatlari


Download 1.7 Mb.
bet58/138
Sana19.06.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1606669
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   138
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma Texnalogiya 2

3.2. O’qituvchining kasbkorlik sifatlari
O’qituvchining shaxsiy fazilatlari. Ta’lim va tarbiya jarayoni o’sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablarini o’zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Ta’lim va tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to’plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko’nikmalarini o’zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o’zining munosib o’rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.
O’qituvchiga qo’yiladigan kasbiy talablar majmui pedagogik faoliyatga tayyorlik darajasi sifatida belgilanadi. Birinchi tomondan uning tarkibida psixologik, psixofiziologik va jismoniy tayyorgarlikni, ikkinchi tomondan ilmiy-nazariy va amaliy qobiliyatlarni kasbiy maxorat asosi sifatida alohida ajratib ko’rsatish mumkin.
O’qituvchilarga qo’yiladigan asosiy talablar
Umuminsoniy xususiyatlar;

  • vatanparvarlik ma’suliyati va ijtimoiy faollik;

  • bolalarga bo’lgan mehr, ularga o’z yuragini baxshida etishga bo’lgan talab va qobiliyat;

  • xaqiqiy ziyolilik, ruhiy madaniyat, o’zgalar bilan ishlashga bo’lgan hohish va qobiliyat;

  • yuqori darajadagi kasbiy mahorat, yangi uslubdagi ilmiy-pedagogik fikrlash, ijodiy xulosalarni qabul qilish va yangi g’oyalarga tayyorlik;

  • doimiy ravishda o’z ustida ishlashga bo’lgan ehtiyoj va bunga tayyorlik;

  • jismoniy va ruhiy sog’lik, kasbiy bilimdonlik ishonch;

  • kasbiy kompetenlik darajalarini rivojlantirishga intilish;

  • individual sifat va xislatlarni shakllantirishga bo’lgan yextiyojning o’sib borishi va.h.

O’qituvchi kasbining alohida jihatlarini belgilovchi xususiyatlar: Didaktik, loyihalay olishlik, istiqbolni belgilay olishlik, tezkor natijaga erishishlik, kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari kiradi. Shuningdek, u umuminsoniy xususiyatlar, ma’naviy-psixologik, ijtimoiy-psixologik, individual-psixologik qobiliyatlar, amaliy bilim va ko’nikmalar ya’ni umumpedagogik (axborot, rivojlantiruvchi), umummehnat (loyihalash, tashkilotchilik), mustaqil tashkil bo’luvchi (bilimlarni tizimlashtirish va umumlashtirish) xususiyatlar o’qituvchi shaxsining psixologiyasi tarkibida alohida ajralib turishi kerak.
Pedagogik odob ko’p jihatdan pedagogning shaxsiy xususiyatlari ya’ni dunyoqarashi, madaniyati, irodasi va kasbiy mahoratiga bog’liq. Pedagogik odob o’quvchilar va o’qituvchi orasida ishonchli munosabatlarning vujudga kelishida asos bo’lib xizmat qiladi. Pedagogik odob o’qituvchining e’tibor va adolatlilik muhim bo’lgan nazorat va baholash faoliyatida yaqqol namoyon bo’ladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling