Zbekiston respublikasi navoiy davlat konchilik instituti


Download 0.77 Mb.
Sana12.11.2020
Hajmi0.77 Mb.
#144432
Bog'liq
Metrologiya mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI

ENERGO-MEXANIKA fakulteti

METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH

VA O`ZAROALMASHINUVCHANLIK

fanidan


Mustaqil ish



Bajardi:15B-19 MT guruh Shavqiddinov Ubaydullo

Qabul qildi: ____________________________

Navoiy-2020

Mavzu:O’tkazmalar turlari haqida umumiy ma’lumot

Reja:

  1. Teshik tizimidagi o’tkazmalar

2.Val tizimidagi o’tkazmalar

3.Val

4.Foydalanilgan adabiyotlar

GOST 25346-82 (ST SEV 145-75) GOST 25347-82 (ST SEV 144-75) va GOST 25348-82 (ST SEV 177-75) larga muvofiq ISO va ESDP tuzimida 1 mm dan 500 mm gacha o`lchamlar uchun, 500 mm dan yuqori 3150 mm gacha o`lchamlar uchun, ESDPda esa shuningdek 3150 mm dan yuqori 10000 mm gacha o`lchamlar uchun cheklamalar va o`tkazmalar belgilangan. ESDP da 1 mm dan kichik o`lchamlar uchun cheklama maydonlari aloxida ajratib ko`rsatilgan. Tajriba, nazariy va eksperimental tadqiqotlar asosida qonuniy tuzilgan va andozalar ko`rinishida va rasmiylashtirilgan quyimlar va o`tkazmalar qatorlarining majmuasiga cheklamalar va o`tkazmalar tizimi deyiladi. Tizim minimal zarur, ammo mashina detallarini tipaviy (umumiy) birikmalari cheklama va o`tkazmalarning amaliyot uchun etarli variantlarni tanlash uchun mo`ljallangan, qirquvchi asboblar va kalibrlarning andozalashtirish imkoniyatini beradi. Buyumlar va ularning qismlarini loyixalash, ishlab chiqarish va o`zaro almashinuvchanligiga erishishini engillashtirish, shuningdek, ular sifatini oshirishni asoslaydi. Bizning mamlakitimizda ilgari umuittifok (OST) va davlat (GOST) standartlari bilan rasmiylashtirilgan cheklama va o`tkazmalar tizimlari qo`llanilgan edi.

Hozirgi vaqtda dunyoning ko`p mamlakatlarida ISO-ning cheklama va o`tkazmalari tizimlrini qo`llayaptilar. ISO tizimlari metallga ishlov berish sanoatida xalqaro texnik aloqalarni engillashtirish maqsadida cheklama va o`tkazmalarning milliy tizimlarini unifikatsiya qilish uchun yaratilgan. ISO ning xalkaro tavsiyalarini milliy andozalarga kiritish bir tipli detallar, tarkibiy qismlar va buyumlarning (turli mamlkatlarda tayyorlangan) o`zaro almashinuvchanligini ta`minlash uchun sharoitlar yaratadi. UIEK ga a`zo mamlakatlar cheklama va o`tkazmalarning yagona tizimiga (ESDP) va o`zaro almashinuvchanlikning ISO ning andozalari va tavsiyalariga asoslanadigan asosiy me`yorlariga o`tdilar. ESDP detallar silliq elementlar o`lchamining cheklamalariga va bu detallarni biriktirishda hosil bo`ladigan o`tkazmalarga tarqaladi. O`zaro almashinuvchanlikning asosiy me`yorlari rez’balarga, tishli uzatmalarga, konuslarga va boshqalarga cheklamalar va o`tkazmalarining tizimlarini o`z ichiga oladi. O`tish turli mamlakatlar sanoatini ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirishni rivojlantirish, xalqaro savdoni rivojlantirish va bunga MDH ichida ham, undan tashqarida ham texnik to`siqlarni yo`kotish zarurati bilan bog’liq. Bu shuningdek MDH ga a`zo mamlakatlar mahsulotlarining raqobat qobiliyatini oshirishni ta`minlaydi. MDH andozalarini joriy qilish O`zbekiston Respublikasida MDH ning o`xshash andozalariga mos keladigan GOSTlar orqali amalga oshiriladi, hozirgi vaqtda O`zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan xalqaro savdo va ilmiy - texnik aloqalari imkoni boricha kengayapti, shu munosabat bilan Uzbekistonda ISO ning cheklamalar va o`tkazmalar tizimlari qo`llaniladi.

Masalan: Andijon viloyati Asaka shaxrida UzGM avtomobil’ zavodi avtomobillarini asosan ISO ning cheklama va o`tkazmalar tizimlarini qo`llash bilan ishlab chiqaradi.



ISO va ESDP ning cheklama va o`tkazmalar tizimi tipoviy mashina detallari uchun yagona printsiplar bo`yicha tuzilgandir. Teshik tizimida (TT) (SO) va val tuzimida (VT) (SV) o`tkazmalari ko`zda tutilgandir. (3.3-shakl).

Teshik tizimidagi o`tkazmalar - turli tig’izmaslik va tig’izliklar turli vallarni (N bilan belgilanadigan) asosiy teshik (3.5– shakl) bilan biriktirish natijasida hosil bo`ladigan o`tkazmalar.

Val tizimidagi o`tkazmalar - turli tig’izmaslik va tig’izliklar turli teshiklarni (h bilan belgilanadigan) asosiy val (6.1.–shakl) bilan biriktirishdan xosil bo`ladigan o`tkazmalar.



3.5–shakl. Teshik va val tizimi-dagi o`tkazmalar uchun cheklama maydonlarining joylashish misollari (namunalari).

Hamma o`tkazmalar uchun teshik tizimida asosiy teshikning quyi chetlanishi EJ=0 ya`ni asosiy teshik cheklama maydonining quyi chegarasi doimo nul’ chizig’i bilan ustma-ust tushadi. Hamma o`tkazmalar uchun val tizimida asosiy valning yuqorigi chetlanishi es=0 ya`ni val cheklama maydoning yuqorigi chegarasi hamisha nul’ chizig’i bilan ustma-ust tushadi. Asosiy teshikning cheklama maydonini nul’ chizig’idan yuqoriga asosiy valning cheklama maydonini - pastga (kuyiga) ya`ni detal’ materialiga joylashtiriladi. Bunday cheklamalar maydonini bir tomonlama chegaraviy deyiladi. Teshik tizimi va val tizimidagi bir nomli o`tkazmalar (ya`ni chegaraviy tigizmasliklar va tigizmasliklar)-ning xarakteri taxminan bir xil. U yoki bu o`tkazmalar uchun teshik va val tizimlarini tanlash konstruktiv texnik va iqtisodiy mulohozalar bilan aniqlanadi. Aniq teshiklar qimmat turadigan kesuvchi asboblar (zenkerlar, razvetkalar (kengaytirgich), protyajkalar (tortkichlar) bilan ishlov beriladi. Ulardan har biri ma`lum cheklama maydonini faqat bir o`lchamdagi teshikka ishlov berish uchun qo`yiladi. Vallar ularning o`lchalaridan qat`iy nazar bir va o`sha keskich yoki silliklov asbobi bilan ishlov beriladi. Teshik tizimida val tizimga qaraganda chegaraviy o`lchamari bo`yicha turlicha teshiklar kam, demak, teshikka ishlov berish uchun zarur bo`ladigan kesuvchi asboblar turi oz. SHu munosabat bilan teshik tizimi nisbatan keng tarqalgan. Nomenklaturaning kamayishi tayyorlanayotgan asbob partiya (to`da) sini oshirishga mahsuldor maxsus uskuna qo`llashga va shuning o`zi bilan asbobni kam chiqimlar bilan chiqarishni ko`paytirishga imkon beradi. Ammo ba`zi hollarda konstruktiv mulohozalarga ko`ra val tizimini qo`llashga to`g’ri keladi, masalan, qachonki bir xil nominal o`lchamli, ammo bir valda turli o`tkazmani bir nechta teshiklar birikmasini almashtirishi zarur bo`lib qolsa. Val tizimini shuningdek tortqichlar, o`qlar va vallarni sovuqlayin tortilgan (prokatlangan) aniq prutoklardan, ularning tashqi sirtlariga mexanik ishlov bermasdan, tayyorlanishi mumkin bo`lganda qo`llash foydalidir. O`tkazmalar tizimini tanlashda shuningdek, standart detallar va buyumlarning tarkibiy qismlariga quyimlarni hisobga olish zarur. Masalan, dumalash podshipnigining ichki halqasi bilan biriktiriladigan valni doimo teshik tizimi bo`yicha, podshipnik o`rnatiladigan uyani – val tizimi buyicha tayyorlashga to`g’ri keladi.

1 mm dan 500 mmgacha bo`lgan nominal o`lchamlar uchun teshik tizimida quyidagi o`tqazmalarga ustunlik beriladi: N7/e8; N7/f7; N7/g6; N7/h6; N7/ls6; N7/k6; N7/n6; N7/r6; N7/r6; N7/s6; N8/e8; N8/h7; N8/h8; N8/d9; N9/d9; N11/d11; N11/h1; val tizimida esa: F8/H6; N7/h6; Js7/h6; K7/h6; N7/h6; R7/h6; N8/h7: E9/h8; N8/h8; N11/h11.

CHeklamalar tizimlarini tuzish uchun cheklama birligi i(I) o`rnatiladi. U texnologik, konstruktiv va metrologik omillarning ta`sirini aks ettirgan holda cheklamaning cheklama bilan chegaralangan nominal o`lchamiga bog’liqligini (munosabatini) ifodalaydi va aniqlik o`lchovi (mezoni) bo`lib hisoblanadi. Metaldan yasalgan tsilindrik detallarga mexanik ishlov berish aniqligini muvofiqlashtirish maqsadida ISO va ESDP tizimi uchun quyidagi cheklama birliklari belgilangan.

500 mm gacha bo`lgan



500 mmdan yuqori (katta) 10 000 mm gacha bo`lgan o`lchamlar uchun



i=0,004D+2,1

bu erda D-xar bir interval chekka o`lchamlarining o`rta geometrigi mm i(I) - cheklama birligi mkm.

tenglamasidagi ikkinchi qo`shiluvchi o`lchash xatoligini hisobga oladi.

Istalgan kvalitet uchun cheklama

T=ai

bu erda a-kvalititgga bog’liq bo`lgan va nominal o`lchamga bog’liq bo`lmagan cheklama birliklari soni.



5–19 kvalitetlar uchun a ning qiymati quyidagicha: 7, 10, 16, 25, 40, 64, 100, 160, 250, 400, 640, 1000, 1600, 2500 i 4000.

Har bir buyumda turli vazifadagi detallar turlicha aniqlikda tayyorlanadi. Talab qilingan aniqlik satxlarini (birikmalar, tishli uzatmalar va boshqalar uchun aniqlik) me`yorlashtirish uchun detal va buyumlarni tayyorlash kvalititlari (rezbali birikmalar, tishli uzatmalar va boshqalar uchun aniqlik darajalari) o`rnatilgan. Kvalitet (o`xshashlik fransuzchadan gualite-sifat) deb berilgan diapozondagi (masalan, 1 dan 500 mm gacha) barcha nominal o`lchamlar uchun doimiy nisbiy aniqlik a-koeffitsient bilan xarakterlanadigan cheklamalan majmuasi tushiniladi. Bir (Bitta) kvalitet chegarasidagi aniqlik fakat nominal o`lchamiga bog’liq. ESDP (edinaya sistema dopuskov posadok) – (quyim va o`tkazmalarning yagona tizimi)da 19 kvalitet o`rnatilgan (aniqlangan). 01, 0, 1, 2 .... 17 (01 va 0 kvalitetlari 1 mm dan kichik o`lchamlar uchun kiritilgan). Kvalitet tayyorlov cheklamaini belgilaydi, demak mashina detallariga ishlov berish va nazorat qilishning tegishli usul vositalarini belgilaydi.

Detallar birikadigan sirtlar tutashuvchi sirtlar deyiladi. Qolgan sirtlar tutashmaydigan erkin sirtlar deyiladi. Shunga muvofiq tutashuvchi va tutashmaydigan (erkin) sirtlarning o`lchamlari farqlanadi. Biri boshqasining (ikkinchisining) ichiga kiradigan detallar birikmasidagi qamrovchi va qamraluvchi sirtlar mavjud.

Val – detallarning tashqi (qamraluvchi) elementlari (sirtlari) ni belgilash uchun qo`llaniladigan atama. Teshik va val atamalari nafaqat doiraviy kesimli (dagi) tsilindrik detallarga, balki boshqa shakldagi, Masalan ikkita parallel tekisliklar bilan chegaralangan (paz, shponka) detallarning elementlariga ham tegishlidir.

Asosiy val- yuqori chetlanishi nulga teng bo`lgan val (es=0).

Asosiy teshik- quyi chetlanishi nulga teng bo`lgan teshik (EJ=0).

Qamrovchi va qamraluvchi sirtlar o`lchamlarining cheklamalarini qiskartirilgan mos ravishda teshik cheklamasini TD va val cheklamasini Td deb belgilaymiz. O`rnatma deb detallar birikishining unda hosil bo`ladigan tig’izmasliklar yoki tigizliklar qiymati bilan aniqlanadigan xarakteriga aytiladi. O`rnatma birikadigan detallarning nisbiy siljish (ko`chish) erkinligini va ularning o`zaro siljishiga qarshilik darajasini xarakterlaydi. Teshik va val cheklama maydonlarining o`zaro joylashuviga qarab o`rnatma tig’izmaslikli (3.2-shakllga karang), tig’izlikli yoki o`tuvchi (unda ham tig’izmaslik, ham tig’izlik hosil bo`lishi mumkin) bo`lishi mumkin. Turli o`rnatmalar uchun cheklama maydonlarining sxemalari 3.2-shaklda berilgan.





3.2-shakl. 1 teshik va 2 valning cheklama maydonlari.

(chetlanishlar 40 mmli uchun berilgan)

Tig’imaslik 9 - tekislikning o`lchami val o`lchamidan katta bo`lgandagi kichik va val o`lchamlarining ayirmasi (farqi). Tig’izmaslik yig’ilma detallarning nisbiy siljishi imkoniyatini ta`minlaydi. eng katta, eng kichik va o`rtacha tigizmasliklar quyidagi formula bo`yicha topiladi:

Smax = Dmax -dmin;

Smin = Dmin - dmin;

Sm= (Smax + Smin) / 2





3.3–shakl. Turli o`tkazmalar uchun dopusk maydonlarining sxemasi:

atirqishli (zazorli); btig’izlikli (natyag); vo`tuvchi (perexodnoy)

Tig’izlik N - val o`lchami teshik o`lchamidan katta bo`lganda val va teshikning yig’ishgacha bo`lgan o`lchamlari ayirmasi. Tig’izlik detallarni yig’gandan keyin o`zaro qo`zgalmasligini ta`minlaydi. eng katta, eng kichik va o`rtacha tig’izmasliklar quyidagi formula bilan aniqlanadi.

Nmax = dmax - Dmin;

Nmin = dmin -Dmax;

Nm=(Nmax - Nmin ) / 2



Tig’izmaslik o`rnatma - birikmaslik tig’ismaslik ta`minlaydigan o`rnatma (teshikning quyi maydoni val cheklama maydonidan yuqorida joylashgan, 3.2.a-shakl). Tig’izmaslikli o`rnatmalarga shuningdek teshik cheklama maydoning quyi chegarasi val cheklama maydoning yuqorigi chegarasi bilan ustma-ust tushadigan, ya`ni Smin=0 bo`lgan o`rnatmalar kiradi.

Tig’izlik o`rnatmalar - birikmadan tig’izlik ta`minlaydigan o`rnatma (teshikning cheklama maydoni valning cheklama maydoni ostida joylashgan, 3.2. b-shakl)

Foydalanilgan adabiyotlar

1.R.R.Ravshanov, N.G.Molchanova "Uzaroalmashinuvchanlik, standartlashtirish va texnikaviy o`lchovlar" fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga uslubiy qullanma. Tosh DTU, Toshkent 2002 yil.



2.R.R.Ravshanov, N.G.Molchanova "O`zaroalmashinuvchanlik, standartlashtirish va texnikaviy o`lchovlar" fanidan laboratoriya ishlarining hisobot qaydnomalarini rasmiylashtirish uchun uslubiy kursatma. ToshDTU. Toshkent 2006-186

3. R.R. Ravshanov, N.G. Molchanova, "O'zaroalmashinuvchanlik standartlashtirish va texhikaviy o'lchovlar" fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga uslubiy ko'rsatma ToshDTU, Toshkent 2008

R.R. Ravshanov, N.G. Molchanova, "O'zaro almashinuvchanlik standartlashtirish va texnikaviy o'lchovlar" fanidan laboratoriya ishlarining hisobot Kaydnomalarini rasmiylashtirish uchun uslubiy ko'rsatma. ToshDTU, Toshkent 2007

www.ziyonte.uz



2. www.referat.uz
Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling